Nazorat savollari
Iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligi nimalardan iborat?
Iqtisodiyot tarmoqlarining uzuksiz ishlashiga ta’sir etadigan omillarni ayting?
Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uslublarini tushuntirib bering?
4. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish usullari nimalardan iborat?
11-MA’RUZA.
11-Mavzu. Temir yo’l transportida fuqaro muhofazasini tashkil qilish
MA’RUZA REJASI:
Fuqaro muhofazasi omillarini (harbiy hamda tinchlik davrda rejalashtiriah.
Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar, rejalashtirish uchun kerakli meyoriy- huquqiy hujjatlar.
Tayanch sо‘z va iboralar: struktura, tarmoq, vazirlik, tuzilma, ma’lumot almashuv, umummaqsadli, muhofaza, chora-tadbir, qutqatuv, tibbiy yordam, sanitariya, obrabotka, dizenfeksiya, dezaktivatsiya, radioktiv, texnogen, tabiiy, zilzila, mognituda, ball, o’lchov ishlari, avariya-qutqaruv, maxsus tayyorgarlik.
Fuqaro muhofazasi omillarini (harbiy hamda tinchlik davrda rejalashtiriah.
Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida”gi va “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi qonunlarini amalda qо‘llanilishi va fuqaro muhofazasining asosiy vazifalarini bajarilishini ta’minlash, fuqaro muhofazasi rejasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Fuqaro muhofazasi rejasi deyilganda - qо‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradigan muhofaza tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Bunday tadbirlarga: favqulodda vaziyatlarni oldini olish, aholini va hududlarni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish, qutqaruv va tiklov ishlarini о‘tkazishga kuch va vositalarni tayyorlash hamda kо‘riladigan zarar va talofotlarning miqyosini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalari kiradi. Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosda ishlab chiqiladi. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari oldindan tuzilib, ular respublika miqyosidan tortib, to obyekt darajasigacha alohida tuziladi. Rejalashtirish har qanday FV lar uchun (tinchlik yoki harbiy davr) alohida ishlab chiqiladi.FVda fuqaro muhofazasi rejalari respublika miqyosida Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tomonidan, hududlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqarish hamda ijtimoiy obyektlarni muhofaza qilish rejalari esa korxona, tashkilot va muassasalarning boshliqlari tomonidan tuziladi.О‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Ayni chog‘da О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat FM boshlig‘i hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi bо‘yicha favqulodda vaziyatda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini rejalashtirish hamda FMni boshqarish Favqulodda Vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.О‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar muhofazasi tо‘g‘risida” gi qonunning 7-moddasida Respublika Vazirlar Mahkamasining FM sohasidagi quyidagi vakolatlari belgilab qо‘yilgan:
fuqaro muhofazasi sohasidagi yagona davlat siyosati о‘tkazilishini ta’minlaydi;
О‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasini rejalashtirish va takomillashtirishning asosiy yо‘nalishlarini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga о‘tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;
fuqaro muhofazasi respublika ma’muriy hududiy tuzilishiga muvofiq hududiy - ishlab chiqarish prinsipida tashkil etilib, milliy iqtisodiyotni hamma tarmoqlarini qamrab oladi;
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa obyektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy texnika oziq ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini tо‘plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Fuqaro muhofazasi rejasiga qо‘yiladigan talablar. Fuqaro muhofazasining tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy xususiyatlarini, geografik joylashgan о‘rni hamda FV xavfi qanchalik aniqligini hisobga olgan holda, oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
FM ning rejalariga quyidagi talablar qо‘yiladi:
1) Tо‘liq, mukammal ishlangan bо‘lishi;
2) Mazmuni qisqa va lо‘nda bо‘lishi;
3) Vaqt har tomonlama qat’iy hisobga olinishi;
4) Aniq va real bajariladigan bо‘lishi;
5) Iqtisodiy tomondan maqbul bо‘lishi kerak.
Rejaning mukammal tо‘liq ishlanganligi - aholi va moddiy boyliklarni muhofaza qilinishini ta’minlaydigan tadbirlar majmuasini ishlab chiqilishini va uning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun rejada bajariladigan aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va boshqaruvchilari kо‘rsatiladi.
Reja mazmuni qisqa bо‘lishligi - rejadagi tadbirlardan foydalanish oson bо‘lishi uchun qilinadi. Buning uchun hamma bajariladigan tadbirlar grafik-sxemalar tarzda amalga oshiriladi. Bunda sxema-xaritada obyektlar, bajariladigan vazifalar va ularning hajmi shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Tushuntirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, sur’atli belgilar tushuntirish xatlari orqali beriladi.
Vaqtni har tomonlama qat’iy hisobga olinishi - rejalashtirilgan har bir tadbirni tо‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
Reja aniq va real bо‘lishi - rejaning bajarilish darajasini xarakterlaydi. Buning uchun falokat va halokat ma’lumotlari tо‘liq о‘rganiladi. Jumladan: vayronaliklar, talofot darajasi, moddiy zararlar imqyosi oldindan bashoratlanadi, uning oqibatlarini yо‘qotish uchun kerakli FMning kuch va vositalari hisoblab chiqiladi.
Iqtisodiy maqbullik - har qanday FVda (tinchlik davrda ham, harbiy davrda ham) muhofazalanish inshootlaridan foydalanishni hisobga olishdir.
FM rejasi 4 ta bosqichli ishlardan tashkil topadi:
1) birinchi bosqichda rejani tuzishda ishtirok etuvchilarning tarkibi, ularning malakasi aniqlanadi, ular tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, hujjatlar о‘rganiladi, tо‘plangan ma’lumotlar umumlashtiriladi va kalendar reja ishlab chiqiladi;
2) ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va uning hujjatlari tuziladi;
3) uchinchi bosqichda bajariladigan hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi, zarurat bо‘lsa tuzatiladi va tasdiqlanadi;
4) tо‘rtinchi bosqichda hamma rejalashtirilgan tadbirlar, tasdiqlangandan keyin (tasdiqlangan reja) tegishli ijrochilarga yetkaziladi.
FM rejasini ishlab chiqish bevosita FM boshlig‘iga yuklatiladi, reja tadbirlarini ishlab chiqishda FM bо‘yicha shtatli xodimlar ishlari bilan shug‘unlanuvchi hay’at, FM tizimlari, evakuatsiya komissiyasi va iqtisodiyot tarmoqlarini yetakchi mutaxassislari ishtirok etadilar.
Fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqishda kerakli ma’lumotlar. FM rejasini va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FM ning yuqori tashkilotlari va bо‘limlaridan quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak:
1) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasiga oid qaror va kо‘rsatmalari;
2) О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomlari, kо‘rsatmalari va tavsiyalari;
3) Iqtisoditot tarmog’i yuqori organlarining kо‘rsatmalari va tavsiyalari;
4) Fuqaro muhofazasi tizimlarini, undagi odamlar soni, hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlar;
5) Boshpanalarning soni, ularning odamlarni qabul qilish imkoniyatlari, hamda boshqa boshpanalar qurish imkoniyatlari;
6) Obyektning xususiyati, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati;
7) Toifalangan shaharlarga FV da yordam berish imkoniyatlari;
8) Toifalangan shahar iqtisodiyot tarmog’larining rо‘yxatlari:
a) FV da о‘z ishini davom ettiradigan obyektlar;
b) evakuatsiya qilinadigan obyektlar.
9) Yuqori xavfli hamda tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi bor obyektlar, KTZM va zaharli moddalar tashiladigan temir yо‘l magistrallari, aeroportlar va boshqa obyektlar rо‘yxati.
10) Xavfli hududlardagi aholi punktlari haqidagi ma’lumotlar.
11) FM vazifalarini bajarilishiga ta’sir etadigan mahalliy, xususiyatli ma’lumotlar (hududning geografik о‘rni va tabiiy iqlim sharoiti);
12) Favqulodda vaziyatlardan chiqariladigan xulosalar.
FM rejasini tuzishda Respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan barcha tarmoq va korxonalar о‘z ma’lumotlari bilan bir-birlarini ta’minlashlari kerak. Bu xususda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida ta’kidlab о‘tilgan. Ya’ni О‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi, Energetika va elektorlashtirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qо‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi, «Uzsanoatkontexnazorat» davlat qо‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, «О‘zbekneftgaz» milliy xoldind kompaniyasi, «О‘zkimyosanoat» uyishmasi va «Boshgidromet» boshqarmasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligining hududlar, obyektlardagi tabiiy iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, epifitotik, geologik va texnogen vaziyatlar hamda ularning istiqboldagi о‘zgarish ehtimollari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni о‘z vaqtida, muntazam ravishda ta’minlashlari lozim deb takidlangan.
FM rejalarini ishlab chiqishda va bajarishda FM kuchlariga katta e’tibor beriladi. Masalan, avariya-qutqarish ishlarini rejalashtirishda quyidagi tartibdagi vazifalar belgilanadi:
a) shikastlangan о‘choqlarni va ofat joylarini razvedka qilish, qidiruv-qutqaruv ishlari kompleksini о‘tkazish;
b) aholini, hayvonot va о‘simlik dunyosini va iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
v) zararlangan aholini hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bо‘lganlarni hisobga olish va kо‘mish, yaradorlarni kasalxonaga yotqizish;
g) karantin-observatsiya, sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi tadbirlar;
d) mahalliy organlar bilan hamkorlik qilish.8
Yana bir misol. Aholini, moddiy-madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarni rejalashtirishda:
Shikastlangan hududlardan transport yoki piyoda olib chiqiladigan aholining sonini;
Zarur bо‘ladigan transport sonini;
Odamlarning transportda olib chiqish tartibi;
Qimmatbaho uskunalar, moddiy boyliklar, oziq-ovqatlarni olib chiqish tartibi;
Xom-ashyolar, о‘g‘itlar va boshqa kerakli moddiy resurslarni xavfli hududlardan olib chiqish tartiblari;
Qishloq xо‘jalik hayvonlarini xavfli hududdan xavfsiz hududga uzoqlashtirish tartib qoidalari va boshqa vazifalar belgilanadi.
Fuqaro muhofazasini boshqa tadbirlarini rejalashtirishda ham muayyan tartibdagi vazifalar belgilanadi. Albatta, bularda har bir qilinadigan amal tadbirning mohiyatidan, xususiyatidan va imkoniyatlardan kelib chiqib, reja tadbirlari belgilanadi. Har bir holat uchun tuzilgan FM rejalari FVV ga taqdim etilishi zarur. Mabodo tuzilgan rejalarga о‘zgartirishlar kiritish kerak bо‘lsa, yilning birinchi choragi davomida kiritiladi. Reja ikki nusxada tuzilib, uning bir nusxasi obyektning boshqarish punktida, ikkinchisi yuqori tashkilotlarda saqlanadi.
Tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi rejasini tuzish. Tinchlik davrida kuzatiladigan FVni bartaraf etish rejasi - FV yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilish, atrof-muhitga yetkazilgan moddiy zararlar miqdorini kamaytirish, shikastlangan hududlarni halqaga olish va bu hududlarda xavfli omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan QBTI ishlar majmuasidan tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |