Manzil
Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga bo’linadi.
Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli 90 % xulosalar
modifikatsiyalanmagan xulosalardir.
Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim
etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan, degan xulosaga kelgan bo’lsa,
modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi.
Agar auditor:
(a) olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib ko’rsatishlardan
holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa; yoki
(b) unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar
mavjud emas, degan xulosaga
kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa,
auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni modifikatsiyalashi
lozim.
Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar bilan fikr bildirilgan
auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini o’z ichiga oladi.
Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan
moliyaviy hisobotlar
haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan
muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va
masala qanday hal qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq
modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan bo’lsa, auditor
moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni qay darajada ta’minlashini baholashga majbur emas.
Biroq, kamdan-kam uchraydigan vaziyatlarda, agar auditor mazkur moliyaviy
hisobotlar yanglish
tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor bu masalani
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur masala qanday hal etilishiga
qarab, buni auditorlik hisoboti (xulosasi)da ko’rsatish kerakmi, agar ko’rsatish kerak bo’lsa, buni
qay tarzda amalga oshirish zarur, degan savollarga javob berishi lozim.
Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash zarurki,
modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo’lgan
vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim.
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan
kelib chiqib auditorlik
xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos",
"Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq
bu band auditorning fikridan oldin joylashtiriladi.
Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar
diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi
mumkin:
auditorlik tashkilotining fikri bo’yicha moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarning
moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega,
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga;
auditorlik
tashkilotining
javobgarligini
yoki
auditorlik
xulosasining
mazmunini
moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo’lgan,
moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga.
Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga ta’sir
etmasdan
shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. Masalan, amaliyotdan quyidagi
misolni ko’rsak.
Do'stlaringiz bilan baham: