O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-MAVZU
:
:AUDITORLIK FAOLIYATINING 
HUQUQIY ASOSLARI 


 
2-MAVZU: AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI 
 
 
R
R
E
E
J
J
A
A
:
:
 
 
 
 
1.“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar sharhi 
2.Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi 
3.Auditorlik kasbiga qo’yiladigan malakaviy talablar 
4.Auditorlik faoliyatini tartibga solishda professional tashkilotlar roli. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Auditorlik faoliyatining me’yoriy huquqiy asoslari, auditorlik 
faoliyatini litsenziyalash, malaka sertifikati, auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish, audit standartlari, 
ichki standartlar, auditor etikasi, auditor va auditorlik tashkilotlarining mustaqilligi, auditorlik 
tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Malakaviy talablar, ahloqiy talablar, 
auditor malakasini oshirish shartlari, kasb etikasi, auditor kompetentligi, maxfiylik, mustaqillik, 
vijdonlilik, adolatlilik, litsenziya talablari, litsenziyani bekor qilish va to‘xtatish, auditor ish sifatini 
nazorat qilish 
 
1. “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
sharhi
Buxgalter-auditor Buyuk Britaniyada 19-asrning o’rtalarida vujudga kelgan. 1862 yilda 
Angliyada “Majburiy audit to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan, Frantsiyada 1867 yilda, AQShda 
1937 yilda buyuk depressiyadan so’ng ushbu turdagi qonunlar qabul qilingan. 
XX asrning birinchi yillarida moliyaviy hisobotlardan foydalangan korxonalar balansni 
kompaniyaning ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkich sifatida bilar edilar. Shu sababli, 
auditorlar o’z ishlarida ko’p hollarda asosiy e’tiborni balansga qaratar edilar. AQShda savdo 
bo’yicha Federal komissiya iltimosiga ko’ra Amerika buxgalter-ekspertlar instituti (bu institut 
bugungi kunda Amerika diplomga ega buxgalterlar instituti – AICPA deb yuritiladi) tomonidan 
tayyorlangan audit to’g’risidagi birinchi rasmiy qaror 1917 yilda chop etilgan bo’lib, “balans 
auditi”ga bag’ishlandi. Ushbu qarorning qayta ko’rib chiqilgan nashri 1929 yilda e’lon qilinib, 
“Moliyaviy hisobotlarni tekshirish” nomini oldi. Garchi, ushbu hujjatda asosiy e’tibor hali ham 
balans auditiga qaratilgan bo’lsa-da, unda foyda va zararlar hisoboti to’g’risida batafsil fikr 
yuritilgan edi. Bu esa, xo’jalik operatsiyalari natijalariga qiziqish ortayotganligidan dalolat berar 
edi. 1929 yildagi nashrda bitimlar tuzish amaliyoti, shuningdek, ichki nazoratning muhimligi 
to’g’risida so’z boradi.
1936 yilda “Mustaqil auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tekshirish” deb 
nomlangan risola chop etildi. Bu risolaning mazmuniga so’nggi yillarda yuz bergan ko’plab 
voqealar o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu voqealar orasida eng ahamiyatlisi bitimlar tuzish standartlarini 
takomillashtirishga yo’naltirilgan AICPAning Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik 
munosabatlarining yo’lga qo’yilishi, shuningdek, 1933 yilda qabul qilingan “Qimmatli qog’ozlar 
to’g’risida”gi va 1934 yilda qabul qilingan “Birjalar to’g’risida”gi Qonunlarning kuchga kiritilishi 
bo’ldi. Bu qonunlar ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarga moliyaviy hisobotning tegishli shakllarini 
tuzishlarini talab qilar edi. 
Auditni standartlashtirishning zamonaviy shakli 1939 yildan boshlanadi. Mazkur yilda 
AICPA auditorlik tekshirishlari bo’yicha Qo’mita ta’sis etdi va auditorlik jarayonlari to’g’risida 
Qoidalarni (SAF) chop etdi. 1972 yilga qadar 54 qoida e’lon qilindi. Qo’mita esa bu davrda yangi 
nomga ega bo’ldi: Auditorlik standartlari bo’yicha Ijroiya Qo’mitasi (keyinchalik bu qo’mita 
auditorlik standartlari bo’yicha Kengash deb yuritila boshlandi). Bu Qo’mita barcha Qoidalarni 
kodlashtirdi va ularni auditorlik jarayonlari bo’yicha qoida (SAF) №1ga birlashtirdi. Bu Qoida 
hozirgi kunda ham amal qilmoqda. XX asrning 70 va 80-yillari jamoatchilikning auditorlar ishlari 
va majburiyatlari doirasiga qiziqishining oshishi bilan tavsiflanadi.
Germaniyada auditorlik faoliyati 1961 yil 27 iyulda qabul qilingan “Auditorlarning 
professional Nizomi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Qonunga muvofiq, 


auditor deganda, ushbu kasbni ochiq tarzda ijro etadigan va o’zining shaxsiy hamda kasbiy 
layoqatliligini tegishli imtihonni topshirish yo’li bilan tasdiqlagan shaxs tushuniladi.
Auditorning kasbiy faoliyati mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik tekshirishlarini amalga 
oshirishda, soliq masalalari bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatishda, ishlab chiqarishni 
boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashida o’z aksini topadi. 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, majburiy tekshirilishi lozim bo’lgan 
kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish bilan keng tarqalgan. Bundan tashqari, 
majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar ham o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi 
shaxslarga (masalan, kreditorlarga) hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda, auditorlarni 
o’zlarining yillik balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning hisoboti va ish 
yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning maxsus uslublarini qo’llash 
natijasida, auditor, moliyaviy hisobot ham shakl nuqtai nazaridan, ham mazmunan qonun 
talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
1867 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun Frantsiyada ham qabul qilindi. Mazkur 
qonunda “Hisoblar bo’yicha komissarlar” nomli maxsus taftishchilar tomonidan aktsiyadorlik 
jamiyatlari balanslari majburiy tekshirilishi va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. 
Mulkdor-kapitalistlar tobora kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan shug’ullana 
boshladilar. Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar yoki qandaydir jamiyatning 
aktsiyalari yoki obligatsiyalariga egalik qilganliklaridan oladigan daromadlari evaziga yashovchi 
mulkdorlarga aylanib bordilar. Qimmatli qog’oz egalari uchun aktsiyadorlik jamiyatlarida hisob va 
hisobotni taftish qiluvchi buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning 
faoliyatidan olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning kafolati bo’lib hisoblanar 
edilar.
1982 yilda Xalq vakillarining Umumxitoy yig’ilishi (XVUY)da Xitoyning yangi 
Konstitutsiyasi e’lon qilindi. Bu konstitutsiya hukumatdan auditorlik ma’muriyatini tashkil etishni 
talab qilar edi. 1983 yilning sentyabr oyida 3000dan ko’proq auditorlik tashkilotlari ro’yxatga 
olindi, ularda 30 mingdan ortiq shtatli a’zolar ishlar edi. Shunday qilib, konstitutsiya auditorlik 
ma’muriyatining mustaqilligini kafolatlaydi. Auditorlik ma’muriyati o’z funktsiyalarini 
muvaffaqiyatli bajarishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaning 91-moddasida shunday yozilgan: 
“Davlat kengashi boshlig’ining ko’rsatmasiga ko’ra auditorlik tashkiloti qonunga muvofiq audit 
o’tkazish yo’li bilan maslahat berish huquqini mustaqil amalga oshiradi. Hech qanday ma’muriy 
organlar yoki jamoat tashkilotlari va shaxslar tomonidan ularning faoliyatiga aralashishga yo’l 
qo’yilmaydi”. 
Xitoy iqtisodiyotining sog’lomlashuvi va bozorlarining barqarorlashuvida auditorlik 
xizmatlari katta rol o’ynadi. Faqat 1989 yilda tekshirishlar natijasida auditorlar tomonidan 24 mlrd 
yuan, yoki yalpi milliy daromadning 2 foizi miqdorida “muammoli pullar” aniqlandi. Bu pullar 
keraksiz ob’ektlarni qurishni moliyalashtirish, ishlanmagan mukofotlarni to’lash, ulkan “vakillik” 
xarajatlariga sarflanishi ko’zda tutilgan edi. 1990-1992 yillarda Xitoy auditorlik tizimining 
rivojlanishida katta taraqiyot yuz berdi. Xitoy iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish 
ko’lamining kengayishi bilan biznes sektorini ko’proq kuzatish va moliyaviy nazorat qilish talab 
etiladi. Jahon iqtisodiyoti, biznes va savdoda kuzatilayotgan baynalminallashuv tendentsiyalari 
munosabati bilan xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotining ahamiyati va hajmi oshib bormoqda, 
buxgalterlarning xalqaro kasbiy tashkilotlari tuzila boshlandi, o’z vakolatlari doirasida hisob va 
auditorlik standartlarini muvofiqlashtirish jarayoniga jalb etilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar 
ana shular jumlasidandir. 
Xitoyda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun 1994 yil 31 avgustda qabul qilingan 
bo’lib, u 55ta moddadan iborat. 
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, auditorlik faoliyati 
to’g’risidagi qonundan va boshqa ilmiy manbalar asosida ularni turlicha guruhlashtirish mumkin. 
Yuqorida keltirilgan manbalar va chet el tajribasi asosida auditorlik faoliyatini, fikrimizcha, 
quyidagi pog’onalarga bo’lish mumkin.



Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish