O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toshkent viloyati Quyi chirchiq tumani 2-son kasb xunar maktabi
дастурлаш тўплам 08 (2)
Mavzu :Dasturni ishlab chiqish sikli Reja : Hayotiy sikl jarayonining tarkibi Masalaning qo’yilishi Talablarni tahlil qilish va xususiyatlarni aniqlash. Dasturiy ta’minotning hayotiy sikli deb, ayrim dasturiy ta’minotni yaratish g’oyasi boshlangan vaqtdan uning ishlab chiquvchi – firma yoki kuzatuvchi vazipredmeti bajaruvchi firma tomonidan qo’llab – quvvatlash tugagan vaqtgacha bo’lgan davrga aytiladi. Hayotiy sikl jarayonining tarkibi xalqaro standart ISO / IEC 12207:1995 “Information Technologe – Software Life Cycle Processes” (“Axborot texnologiyalari – dasturiy ta’minot hayotiy siklining jarayoni”) bilan tartibga solinadi. ISO – International Organization for Standardization - Standartlashtirish xalqaro tashkiloti. IEC – International Electro technical Commission – Elektrotexnika bo’yicha xalqaro komissiya. Ushbu standart dasturiy ta’minot hayotiy siklining tuzilmasini va uning jarayonini tavsiflaydi. Hayotiy sikl jarayoni ayrim kirish ma’lumotlarining chiqish ma’lumotlariga o’zgaruvchi o’zaro bog’lik bo’lgan amallar majmui kabi aniqlanadi. 1.9 – rasmda standartbo’yicha hayotiy sikl jarayonlari ko’rsatilgan. Har bir jarayon aniq vazifalar va usullarningxulosalari, shuningdek, dastlabki ma’lumotlari va natijalari bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqish jarayoni (Development process) standartiga muvofiq ishlab chiquvchi tomonidan bajarilayotgan amallar va vazifalarni ko’zda tutadi, hamda, berilgan talablargamuvofiq dasturiy ta’minot va uning komponentlarni yaratish bo’yicha ishlarni jumladan,loyiha va ekspluatatsion hujjatlarni rasmiylashtirishni, shuningdek, ishlash qobiliyatini vaxodimlarni o’qitish uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minot materiallar sifatigamuvofiqligini tekshirish uchun zarur materiallar tayyorlashini qamrab oladi. Standart bo’yicha ishlab chiqish jarayoni quyidagi amallarni o’z ichiga oladi: tayyorgarlik ishi – standartlar, usullar va ishlab chiqish vositalari hayotiy siklining modelini tanlash, shuningdek, ishlar rejasini tuzish; tizimga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish – uning funksional imkoniyatlarini, ishonchlilik va xavfsizlikka qo’yiladigan talablar, tashqi interfeyslarga qo’yiladigan talablar va hokazo aniqlash; tizim arxitekturasini loyihalashtirish - zarur uskuna, dasturiy ta’minot tarkibi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan bajariladigan amallarni aniqlash; dasturiy ta’minotga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish – funksional imkoniyatlarni jumladan, ishlab chiqarish tavsifi, komponentlar, tashqi interfeyslarning ishlash muhitini, ishonchlilik va xavfsizlik talablarni foydalaniladigan ma’lumotlarga, o’rnatishga, qabul qilishga, foydalanish uchun hujjatlarga, ekspluatatsiya qilishga va kuzatishga qo’yiladigan talablarni aniqlash; dasturiy ta’minot arxitekturasini loyihalash – dasturiy ta’minot tuzilmasini aniqlash, interfeyslar, uning komponentlarini hujjatlashtirish, foydalanish hujjatlarning dastlabki versiyasini, shuningdek, testlarga qo’yiladigan talablarni va integratsiya qilish rejasini ishlab chiqish; dasturiy ta’minotni batafsil loyihalash – dasturiy ta’minot va ular o’rtasidagi interfeyslar komponentlarining batafsil izohi, foydalanish hujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot komponentlarining testlash rejasi va testlarga qo’yiladigan talablarni hujjatlashtirish, komponentlar integratsiya rejasini yangilash; dasturiy ta’minotni kodlash va testlash – har bir komponentni, shuningdek, testli protseduralarning jamini va ularni testlash uchun ma’lumotlarni ishlab chiqish va hujjatlashtirish, komponentlarni testlash, foydalanish hujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot integratsiya rejasini yangilash, dasturiy ta’minotni integratsiya qilish – integratsiya qilish rejasiga muvofiq dasturiy komponentlarni yig’ish va o’z xususiyatlarigamos keluvchi, hamda, berilgan ekspluatatsiya qilish sharoitlarida foydalanishga tayyor sifatida dasturiy mahsulotni kvalifikatsiyalash zarur bo’lgan mezonlar to’plamini yoki sharoitlardan iborat kvalifikatsion talablarga muvofiqligiga dasturiy ta’minotni testlash; dasturiy ta’minotni malakaviy (kvalifikatsion) testlash - dasturiy ta’minotnibuyurtmachi ishtirokida uning ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiqligi va tayyorgarligini namoyish qilish uchun testlash, bunda texnik va foydalanish hujjatlarinining tayyorgarligi va to’liqligi tekshiriladi; tizimning integratsiyasi - barcha tizim komponentlarini, jumladan, dasturiy ta’minot va uskunani yig’ish; tizimni malakaviy testlash – talablarning tizimga muvofiqligi uchun tizimnitestlash va hujjatni rasmiylashtirilishi va to’liqligini tekshirish; dasturiy ta’minotni o’rnatish - dasturiy ta’minotni buyurtmachining uskunasiga o’rnatish va uning ishlash qobiliyatini tekshirish; dasturiy ta’minotni qabul qilish - dasturiy ta’minotni malakaviy testlashnatijalarini va butun tizimni baholash, hamda, buyurtmachi bilan birgalikda baholashning natijalarini, buyurtmachiga dasturiy ta’minotni oxirgi uzatishni hujjatlashtirish. Ushbu ko’rsatib o’tilgan amallarni dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning quyidagi asosiy bosqichini shartli ajratgan holda, guruhlanishi mumkin [10] (qavslarda GOST 19.102 – 77 “ishlab chiqish bosqichi” bo’yicha tegishli ishlab chiqish bosqichlari ko’rsatilgan): masalaning (vazipredmeting) qo’yilishi (“texnik topshiriq bosqichi”); talablarni tahlil qilish va xususiyatlarni ishlab chiqish (“Eskizli loyiha” bosqichi); amalga oshirish (“Ishchi loyiha” bosqichi). Ishlab chiqish jarayoni an’anaviy tarzda kuzatish bosqichini o’z ichiga oladi (ushbu bosqichning boshlanishi GOST bo’yicha “Tadbiq qilish” bosqichi mos keladi). Biroq dasturiy ta’minotni ishlab chiqish industriyasida sodir bo’ladigan o’zgartirishlarga muvofiq xalqaro standart bo’yicha ushbu jarayon alohida ko’rib chiqiladi. Bosqichlarni ajratish shartlilik oldin qabul qilingan qarorlarni istalgan bosqichida bog’liq bo’ladi. Masalaning qo’yilishi. Vazifalarni qo’yish jarayonida dasturiy ta’minot vazifalari aniq shakllantiriladi va ularga qo’yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. Har bir talab dasturiy ta’minotning zarur yoki kerakli xususiyat bayonidan iborat. Ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotni bajaradigan funksiyalarni aniqlaydigan funksional talablarga va uning faoliyat ko’rsatish xususiyatini aniqlaydigan ekspluatatsion talablarga bo’linadi. Prototiplarga ega dasturiy ta’minotga qo’yiladigan talablar amaldagi dasturiy ta’minotning tuzilmasini va tavsifini hisobga olgan holda, analogiya bo’yicha aniqlanadi. Analogiyalarga ega bo’lmagan dasturiy ta’minotga qo’yiladigan talablarni shakllantirish uchun loyihadan oldingi, deb nomlanadigan maxsus tadqiqotlarni o’tkazish zarur. Bunday tadqiqotlar jarayonida vazifalarning hal etilganligini aniqlaydi, ular xulosalarining usullarini ishlab chiqadi (agar ular yangi bo’lsa) va ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minotning ahamiyatli tavsifini belgilaydi. Loyihadan oldingi tadqiqotlarni bajarish uchun ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarishga shartnoma tuziladi. Vazifalarni qo’yish jarayonining istalgan bosqichida qayd etadigan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va asosiy loyiha qarorlarni qabul qilish bilan tugallanadi. Talablarni tahlil qilish va xususiyatlarni aniqlash. Xususiyatlar deb, funksiyalar va ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot cheklanishlarining aniq tavsifiga aytiladi. Mos ravishda funksional va ekspluatatsion xususiyatlarga bo’linadi. Barcha xususiyatlar loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotning umumiy mantiqiy modeldan iborat. Xususiyatlarni olish uchun texnik topshiriq talablari tahlil qilinadi, mazmunli vazifalar qo’yilishini shakllantiriladi, matematik shaklga keltirish apparati tanlanadi, predmet sohasining modeli quriladi, kichik topshiriqlar aniqlanadi va ularni hal etish usullari tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Xususiyatlarning qismi loyihalashtirishdan oldingi tekshirishlar jarayonida aniqlanishi mumkin va mos ravishda texnik topshiriqda qayd etiladi. Ushbu bosqichda loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotda, kutilayotgan natijani ko’rsatgan holda, xatolarni izlash uchun testni shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 0,62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |