O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


har bir soliq to„lovchi necha so„m, qachon va nima uchun soliq to„lashi



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

har bir soliq to„lovchi necha so„m, qachon va nima uchun soliq to„lashi 
lozimligini bilmog„i kerak
.
Nazarimizda, soliq to‗lovchilarning bu narsalardan ogoh bo‗lishlari ham ko‗p 
jihatdan soliq siyosatini ishlab chiqaruvchilar va uni hayotga tatbiq etuvchilarning 
faoliyatlari bilan bevosita bog‗liq. Chunki ular tomonidan tayyorlangan tegishli 
qonun va yo‗riqnomalarda yuqorida qayd etilgan holatlar aniq va sodda ravishda 
o‗z ifodasini topmog‗i lozim. Ammo, ming afsuski, ayrim hollarda tegishli 
me‘yoriy hujjatlarda shunday iboralar uchraydi-ki, ularni o‗qigan har bir soliq 
to‗lovchida ularga nisbatan bir necha o‗nlab savollar tug‗iladi va ularning aniq 
javobini topish amri maholdir. Ayni paytda, o‗sha hujjatga izoh berishni so‗rab 
soliq tizimi mutaxassislariga murojaat qilgan tomonning (odatda soliq 
to‗lovchilarning) talabi qondirilmayotir yoki o‗sha hujjatning tegishli moddasi turli 
mutaxassislar tomonidan bir necha variantda talqin qilinayotir. 
Yana bir narsaga alohida to‗xtalmoqchimiz. Gap shundaki, hukumat 
tomonidan amalga oshirilayotgan soliq siyosatini hayotga tatbiq etuvchilar - soliq 
tizimi xodimlari, fikrimizcha, bu borada ma‘lum darajada sustkashlikka yo‗l 
qo‗ymoqdalar. Garchi keyingi yillarda ular tomonidan shu sohada ancha-muncha 
31
Soliq to‗lovchilar soliqlar nima uchun to‗lanayotganligini aniq biladilarmi? Bilmasalar, bilish uchun nima qilish 
kerak? 
32
Bu narsa ularning vazifalariga kiradimi yoki yo‗qmi? Kirishi kerakmi o‗zi yoki yo‗qmi? 


51 
ishlar qilingan bo‗lsa-da, ularni hali etarli darajada deb bo‗lmaydi. To‗g‗ri, shu 
mavzuga bag‗ishlab turli seminarlar o‗tkazilayotir, radio va televidenielarda 
chiqishlar qilinayotir, vaqtli matbuot sahifalarida tegishli maqolalar e‘lon 
qilinayotir va hokazo. Lekin hanuzgacha biror-bir soliq tizimi xodimining mehnat 
jamoasiga borib, har bir soliq to‗lovchi necha so‗m, qachon va nima uchun soliq 
to‗lashi 
lozimligi 
to‗g‗risida 
kuyib-pishib 
gapirayotgani 
yoki 
tushuntirayotganligiga guvoh bo‗layotir-mizmi?
33
Shu o‗rinda yana bir savol tug‗iladi: qanday ish tutilsa, ko‗zlangan maqsadga 
iloji boricha to‗liqroq va tezroq erishiladi? Nazorat qilingandami yoki tegishli 
tushuntirish ishlari olib borilgandami? Bu savollarga javob berish jarayonida 
byudjet daromadlarini shakllantirishning hozirgi ahvolini inobatga olsak, u holda 
birinchi variantni qo‗llash orqali ko‗zlangan maqsadga erishish ancha og‗ir 
kechayotganligiga shohid bo‗lamiz. Balki tegishli tushuntirish ishlarini oldindan 
olib borish ko‗zda tutilgan maqsadlarga erishishni biroz osonlashtirar. Agar 
masalaga vaqt nuqtai nazaridan qaraydigan bo‗lsak, ikkinchi variant anchagina 
afzalliklarga egadir. Chunki boshqa sharoitlar teng bo‗lgan taqdirda bu variant 
daromadlarning byudjetga o‗z vaqtida tushib turishini ta‘minlaydi hamda soliq 
siyosatiga nisbatan asossiz norozilik kayfiyati vujudga kelishining oldi olinadi.
Ayrim ommaviy axborot vositalarining xodimlari har bir soliq to‗lovchi necha 
so‗m, qachon va nima uchun soliq to‗lashi lozimligi masalasini soliq to‗lovchilarga 
tushuntirib berish niyatida turli iqtisodchilarga, tegishli sohaning mutaxassislariga 
murojaat etib, reportajlar, munozaralar va mulohazalar e‘lon qilayotirlar va 
hokazo. Achinarli joyi shundaki, ularning bu xayrli ishlarida ishtirok etayotgan 
ayrim iqtisodchilar va tegishli mutaxassislar ko‗zda tutilayotgan vazifani 
ko‗ngildagidek bajarishni uddasidan chiqa olmayotirlar, masalani ayrim hollarda 
esa noto‗g‗ri talqin ham etayotirlar
34

Soliqlarning (soliqqa tortishning) adolatli bo‗lishi va teng sharoitlarda turli 
soliq to‗lovchilar bir xil soliqlarni to‗lashi lozimligi soliq tizimining (soliqqa 
tortishning) oldiga qo‗yilgan to‗rtinchi printsipdir. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish