2. Soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosi va soliq siyosati
Ishlab chiqilayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatining asl
mohiyatini soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosisiz to‗g‗ri idrok
etib bo‗lmaydi. Shu munosabat bilan ta‘kidlash lozimki, soliqqa tortish nazariyasi
tarixida eng dolzarb muammo sifatida quyidagi savolning javobini izlab topish
sanaladi: byudjet daromadlarini shakllantirishda sof fiskal uslublardan foydalanish
maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni pasay-tirish orqali tadbirkorlik faoliyatini
rag‗batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning qaysi
biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq?
Albatta, bizning sharoitimizda hamma ham (hatto shu sohaning mutaxassislari
ham) bu savolga qat‘iy qilib bir xil tarzda javob beraolmaydi. Lekin sirtdan
qaralganda bu savolning javobi uncha murakkab ko‗rinmaydi. Chunki savolning
o‗zida uning javobi mavjud. Faqat uning murakkabligi shundaki, savolning ikki xil
javobi berilgan. Birinchi javobga ko‗ra byudjet daromadlarini shakllan-tirishda
faqat sof fiskal uslublardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi javobga
ko‗ra esa, byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlarni pasaytirish orqali
tadbirkorlik faoliyatini rag‗batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish
afzaldir. Shunday bo‗lishga qaramasdan har ikki javobning qay biri tanlanishidan
46
qat‘i nazar, undan so‗ng «Nima uchun aynan shu variantni tanladingiz?», - degan
navbatdagi savolning kun tartibiga qo‗yilishi, tabiiydir. Bu savolga javob berish
esa ancha murakkab hisoblanadi.
Quyida keltirilgan fikrlar muammoning asl mohiyatini to‗g‗ri idrok etishga va
to‗g‗ri javobni tanlashga yordam beradi deb o‗ylaymiz:
1.
Soliq yukini real pasaytirish hukmdorning xohish-istagiga emas, balki
mustahkam iqtisodiy asosga tayanadi. Aks holda bu narsa butunlay teskari
natijalarga olib kelishi mumkin
25
.
2.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Germaniyaning davlat arbobi,
professor L.Erxardning fikricha, barcha fuqarolar va xo‗jalik yurituvchi
toifalarning soliq yukini pasay-tirishga yo‗naltirilgan istaklarini adolatli deb
tan olmoq lozim. Bir vaqtning o‗zida u, maqsadga erishishning vositalarini
ham ko‗rsatib beradi: xarajatlarning talab qilingan barqarorligiga va
unumdorlikning rivojlanishini belgilangan sur‘atlarda amalga oshirilishiga
erishilsa, soliqlarni qanday pasaytirish imkoniyatini hisoblab topish va
tasavvur qilish mumkin. Faqat shu yo‗l bilangina bizning hammamizni ezib
kelayotgan soliq muammosini haqqoniy va realistik tarzda echishga
erishishimiz mumkin.
Ta‘kidlash joizki, L.Erxardning Germaniya xo‗jalik vaziri, so‗ngra esa
kantsleri bo‗lgan davrlarida uning tashabbusi yordamida qabul qilingan tadbirlar
orasida uning soliq siyosati urushdan keyin Germaniya iqtisodiyotini ko‗tarishda
hal qiluvchi rolni o‗ynadi.
3. XX asrning 70-80-yillarida G‗arb mamlakatlarida Amerika iqtisodchisi A.
Lafferning byudjet kontseptsiyasi tan olindi. Uning fikricha, soliq tushumlari ikki
asosiy omilning mahsulidir: 1. Soliq stavkasi. 2. Soliq bazasi.
Soliq yukining og‗irlashuvi (o‗sishi) faqat ma‘lum bir chegaraga etgunga
qadar davlat daromadlarining ko‗payishiga (oshishiga) olib kelishi mumkin. Bu
chegara milliy ishlab chiqarish soliqqa tortiladigan qismining qisqarishi bilan
boshlanadi. Agar ana shu chegaradan bosib o‗tilsa, soliq stavkasining o‗sishi
byudjet daromadlarining o‗sishiga emas balki, aksincha, qisqarishiga olib keladi.
A.Laffer egri chizig‗i davlat byudjeti daromadlarining soliq stavkasi
darajasiga (o‗lchamiga) bog‗liqligini ko‗rsatadi. Undan soliq stavkalarining o‗sishi
ma‘lum bir kritik (maksimal) nuqtaga etgunga qadar davlat byudjeti
daromadlarining o‗sishiga (ortishiga) olib kelishi mumkin-ligini aniqlash qiyin
emas. Ana shu kritik (maksimal) nuqtadan so‗ng soliq stavkalarining yana
oshirilishi (ko‗tarilishi) teskari natijalarga olib keladi: korxonalar olingan foydani
qanday qilib bo‗lsa ham soliqdan «qochirish», uni yashirib qolish yo‗llarini qidira
25
Bu tasdiqning to‗g‗ri ekanligini isbot qilaolasizmi?
47
boshlaydilar (afsuski, bu «yo‗llar»ni qidirib topadilar ham), ishlab chiqarish va
investitsiyalar hajmi qisqaradi. A.Lefferning fikricha, soliq stavkalari maksimal
darajasining (kritik nuqtasidagisining) pasaytirilishi (kamaytirilishi) tadbirkorlikni
(jumladan, xususiy tadbirkorlikni ham) rivojlanishi uchun yaxshi, qulay vaziyatni
vujudga keltiradi. Bu, o‗z navbatida, ishlab chiqarishning rivojlanishiga,
investitsiyalarning o‗sishiga, bandlikka erishishga, daromadlarning ko‗payishiga
va nihoyat davlat byudjetiga soliq tushumlarining ortishiga olib keladi. Bu
pirovardida byudjet defitsitining qisqarishi va inflyatsion jarayonlarning susayishi
demakdir.
Shunday ekan, tadbirkorlik faoliyatini jonlantirish vazifasini soliq «zulmi»ni
engillatish orqali hal qilish lozim. Soliqqa tortish stavkasining pasaytirilishi ishlab
chiqarishning o‗sishiga va bu esa, o‗z navbatida, kelajakda soliq tushumlarining
vaqtinchalik kamayishini kompensatsiya qilinishiga (qayta tiklanishiga) olib
keladi. Inflyatsiyasiz ishlab chiqarishning o‗sishiga, eng avvalo, soliq stavkalari,
soliq imtiyozlari va soliqqa tortishning progressivligini oqilona manipulyatsiya
qilish hisobiga erishiladi
26
.
XX asr 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshlarida dunyoning
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Shvetsiya va boshqa bir
qator etakchi mamlakatlari kapital jamg‗arilishini tezlashtirishga va ishbilarmonlik
faolligini rag‗batlantirishga yo‗nalti-rilgan soliq islohotlarini amalga oshirdilar.
Ana shu maqsadlar uchun korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliqning stavkasi
birmuncha pasaytirildi. Masalan, AQShda korporatsion soliqning stavkasi
46,0%dan 34,0%gacha pasaytirildi; Buyuk Britaniyada – 45,0%dan 35,0%gacha,
so‗ng esa 33,0%gacha, Frantsiyada - 1986 yilda 50,0%dan 45,0%gacha, 1991 yilda
42,0%gacha, so‗ng esa 34,0% foizgacha; Yaponiyada - 1989 yilda 42,0%dan
40,0%gacha (prefektura va mahalliy soliqlarni hisobga olgan holda). 1994 yilda
Daniyada soliq islohotini sekin-astalik bilan amalga oshirish boshlandi. Parallel
ravishda bu mamlakatlarda jismoniy shaxslar shaxsiy daromadlarini soliqqa
tortishning yuqori darajasi pasaytirildi va soliqqa tortilmaydigan daromadning
intervallari kengaytirildi.
To‗g‗ri soliqlarning kamaytirilishi qo‗shilgan qiymat solig‗i va sotuvdan
olinadigan soliq singari egri soliqlarning oshirilishni taqozo etganligini qayd etib
o‗tishimiz kerak. Masalan, 90-yillarning o‗rtalarida Germaniyada qo‗shilgan
qiymat solig‗ining umumiy stavkasi 14% dan 15% ga, Yaponiyada esa sotuvdan
olinadigan soliqning stavkasi 3% dan 5% ga ko‗tarildi. Shveytsariyada ham
26
Amaliyotda haqiqatan shularga erishildimi? A.Laffer byudjet kontseptsiyasining ―taqdiri‖ nima bo‗ldi? Bu
to‗g‗rida batafsilroq bilimga ega bo‗lishni istaysizmi? Unda darsligimiz 7-bobining 3-paragrafiga qarang.
48
qo‗shilgan qiymat solig‗i joriy etildi. Ba‘zi bir mamlakatlarda er solig‗ining ortib
borayotganligi kuzatilmoqda
27
.
Soliq sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishida tartibbuzar yuridik
va jismoniy shaxslarga nisbatan soliq qonunchiligiga rioya qilish ustidan
nazoratning kuchaytirilayotganligi va iqtisodiy hamda ma‘muriy jazolarning
og‗irlashayotganligi ham xarakter-lidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |