IRR va NPV usullarini taqqoslash
• IRR farovonlikni maksimallashtirish mezoni bilan bevosita bog‘liq emas.
IRR daromadliligining chegaraviy stavkasi ssudali foiz bo‘lsa, unda ko‘p hollarda
ikkala uslub ham bir xil natija beradi.
Shubhasiz, bu odatda loyihani qabul qilish yoki rad etish, ya’ni investitsiya
kiritish yoki investitsiya kiritmaslik masalasi yuzaga kelganda aniq qaror qabul
qilish kerak holatlarda sodir bo‘ladi. Loyiha raqobotda bo‘lganda har ikkala usul
ham ba’zida ziddiyatga olib keladi. Bir-birini inkor qiluvchi loyihalar
investitsiyalar ko‘lami bilan farq qilganda bu holat yuzaga kelishi mumkin.
3.4-misol
Bir-birini inkor qiluvchi ikkita loyiha quyidagi xususiyatlarga ega:
Pul to‘lovlari
A loyiha, f.st.
B loyiha, f.st.
Yil 0
(10 000)
(6 000)
1
6 000
3 650
2
6 000
3 650
NPV 10%
413
334
IRR
(taxminan)
13%
14%
Loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun moliyalashtirish xarajatlari yiliga 10%
(moliyaviy cheklovlar bo‘lmasligi sharti bilan) bo‘lsa, ushbu ikkita loyihadan qaysi
biri afzal bo‘lishi kerak?
Yechim
To‘qnashuvlar aniq. NPV ham, IRR ham pul oqimlarini diskontlanishiga
asoslangan. A loyiha uchun ham, B loyiha uchun ham IRR 10% dan oshadi, biroq
NPV va IRR manbalardan olinayotgan ma’lumotlar boshqacha. 3.1-rasmda ushbu
167
ikki loyiha uchun diskont stavkasiga NPVning bog‘liq grafigi taqdim etilgan.
Ajablanarli emaski, diskontlash stavkasi oshishi bilan NPV kamayadi. Qiyshiq
chiziqlar gorizontal o‘qni kesib o‘tgan nuqtalar – bu tegishli loyihalar uchun
IRRdir.
Har bir loyiha uchun‚ har qanday muayyan diskont stavkasi uchun NPVni
hisoblash mumkin. Masalan, diskont stavkasi 8% bo‘lganda A loyihasi uchun NPV
taxminan 700 p.ni, B loyiha uchun taxminan 500 f. stni tashkil etadi. Diskont
stavkasi 11,3% gacha bo‘lganda, A loyihasi uchun NPV yanada yuqori bo‘ladi.
Diskont stavkasi 11,3 foizdan yuqori bo‘lganda, B loyihasi uchun NPV yuqori
bo‘ladi.
Agar
loyihani
tanlash
masalasiga
qaytsak,
to‘g‘ri (farovonlikni
maksimallashtrish nuqtayi nazardan) javob: A loyihasiˮ. Garchi loyiha
moliyalashtirish xarajati 11,3 foizdan oshsa, V loyiha yanada jozibador ko‘rinadi.
Gap shundan iboratki, 3.4-misolda ular 10 foizni tashkil etadi, va kompaniya o‘z
boyligini maksimallashtirishni ko‘zlagan sharoitda A loyihani tanlashi kerak.
Qarama-qarshilik IRR metodikasini ishlatgan kishilar tomonidan noto‘g‘ri
qilingan taxminlardan kelib chiqadi. NPVni hisoblashda foydalaniladigan diskont
stavkasi muqobil moliyalashtirish xarajatlariga teng bo‘lishi kerak.
Boshqacha aytsak, bu loyihani amalga oshirish uchun tashqaridan jalb
qilingan kapitalning qiymati, yoki agar mablag‘ mavjud bo‘lsa, bu muqobil
ishlatilishdagi mazkur mablag‘larni ta’minlaydigan daromadlilikdir. Ushbu
bobning yuqorida aytib o‘tilgan NPVning asosiy prinsiplariga muvofiq, bu qarz
olish / kreditlash stavkasidir.
Boshqa tomondan, IRRning qo‘llanilishi moliyalashtirishning muqobil
xarajatlari IRRga tengdir degan fikrdan kelib chiqishi kerak. Natijada, loyihadan
olinayotgan mablag‘larni IRR hisobiga jalb qilingan mablag‘lar summasini
qoplashga, yoki o‘sha foiz stavkasiga teng miqdorda reinvestitsiyalash kerak.
Ko‘rinib turibdiki, bu mantiqsiz holat: nima uchun 3.4-misolda loyihani
amalga oshirish uchun moliyalashtirishning muqobil xarajatlari 13 foizni tashkil
etganda, B loyihasini amalga oshirishda esa ular to‘satdan 14 foizga aylanadi?
Kompaniyaning muayyan loyiha foydasiga yon bosishi iqtisodiy muhitning keskin
o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lmaydi.
3.4-misolda IRR hisobga ololmaydigan holat mavjud, ya’ni agar qarz olish
stavkasi 10% bo‘lsa, daromadlilik 14%ni va investitsiya summasi 6 000 f. st.ga
nisbatan daromadlilik 13%ni va investitsiya summasi 10 000 f. st.ga teng
bo‘lganda kompaniya boyligi sezilarli oshib boradi.
NPVva IRR bularni hisobga olmaydi, chunki u mutlaq qiymatlarni ko‘rib
chiqmaydi, faqat foizda ifodalangan daromadlilik bilan ishlaydi.
168
•
NPV singari IRR to‘liq ravishda ham pul oqimini, ham pulning vaqt
qiymatini hisobga oladi.
•
IRR qaror haqidagi nafaqat barcha ma’lumotlarni, balki ushbu
metodologiyaning ahamiyatsiz yoki, aniqroq qilib aytganda, noto‘g‘ri, taxminlarni
(yuqorida muhokama qilingan) ham hisobga oladi. Agar hisob-kitob qo‘lda
bajarilsa, IRR metodikasi foydalanish uchun noqulay bo‘lishi mumkin. Biroq,
amalda bu muammo ahamiyatsiz, chunki IRR hisoblangan kompyuter dasturlari
keng tarqalgan bo‘lib, mavjud elektron jadvallarni qayta ishlov beruvchi
dasturlarning aksariyati bu vazifani bajarishga imkon beradi. IRRni hisoblash
uchun ma’qul bo‘lgan yagona sinov va xato usullari uzoq muddatli loyihalar
baholanganda, hisob-kitoblar qo‘lda bajarilganda mehnat sig‘imli bo‘lishi mumkin.
•
Kompyuterlar ham sinov va xato usullar bilan ishlaydi, lekin ular
odamlardan ko‘ra tezroq ishni bajaradi, shuning uchun amalda IRR hisoblash katta
qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Talab qilinadigan daromadlilik me’yorining qiymatlari
(to‘siq stavka) farqlanganda IRR qo‘llanilmaydi. IRR muayyan investitsiya
loyihasi uchun o‘rtacha to‘siq stavkani taklif qiladi.
Loyihani baholash uchun odatda u talab qilinadigan daromadlilik me’yori
bilan solishtiriladi. Loyihaning hayot sikli davomida xarajatlar o‘zgarishi
kutilayotgan bo‘lsa, bunday taqqoslash qiyin bo‘lishi mumkin. Talab qilinuvchi
stavka yildan-yilga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan sabablar bozor foiz stavkalarini
vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini qamrab oladi.
Agar ma’lum bir holatda IRR bir necha yillar davomida daromad
me’yorlaridan doimo yuqori bo‘lsa va boshqa vaqtlari past bo‘lsa, unda qaror
qabul qiluvchi oldida yechilmaydigan muammo yuzaga keladi‚ ishda qiyinchiliklar
bo‘lmaydi. NPV uchun bu holat muammo emas, chunki ushbu bobning 3.2-
bo‘limida ko‘rib chiqilgandek, har yili pul oqimlari uchun har xil diskont
stavkalaridan foydalanish to‘la mantiqiydir.
• IRR modeli har doim aniq natijalarni bermaydi. Ko‘rib turganimizdek,
ma’lum bir loyiha uchun IRRni hisoblash faqat bitta noma’lum qiymatli
tenglamani yechimi hisoblandi. Biroq, noma’lum parametr loyiha amalga
oshiriladigan vaqt davri miqdoriga mos keluvchi darajaga ko‘tariladi. Shunday
qilib, vaqtining bir davridan ortiqcha (aslida bir necha yildan ko‘p) davom etadigan
har qanday loyihada odatda, qancha vaqt davrlari bo‘lsa shuncha IRR bo‘ladi.
Amaliyotda bu ko‘pincha muammoga sabab bo‘lmaydi, chunki bitta ildizdan
tashqari barcha ildizlar (IRRning ildizlari) xayoliy yoki salbiy bo‘lib (masalan,
salbiy so‘nning kvadrat ildizi), iqtisodiy qiymatga ega emas. Biroq, ba’zan barcha
haqiqiy ildizlar xayoliy bo‘lishi mumkin. Bunday holatda loyiha IRR bo‘lmaydi.
Biroq, ba’zan loyihada bir nechta haqiqiy ildizlar bo‘lishi mumkin (IRR).
169
Bu muammolar va IRRning mavjud emasligi nostandart (
unconventional)
pul
oqimlari bor loyihalarda yuzaga kelishi mumkin. Odatiy bo‘lmagan pul oqimlari
bilan loyihalarda paydo bo‘lishi mumkin. 3.4-misoldagi A va B loyihalar standart
pul oqimlariga ega, xronologik jihatdan salbiy oqimlardan keyin ijobiy oqimlar
keladi, ya’ni jami pul oqimida belgi bir marta o‘zgaradi (dastlabki birinchi va
ikkinchi yil o‘rtasida minusdan plyusga).
Endi yana ikkita loyihani ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |