Pulning vaqt qiymati Faraz qilaylik, kompaniya 10 mln f.st.ni investitsiya qilish imkoniyatiga ega
va buning natijasida u naqd 12 mln f.st. olishi mumkin. Bu investitsiyani amalga
oshirish kerakmi? Albatta kerak. Agar pul xarajatlari va uning tushumlari bir
vaqtning o‘zida sodir bo‘lsa (ammo bu holat real hayotda bo‘lish ehtimoli juda
qiyin), unda mazkur investitsiya omadli hisoblanadi. Chunki u aksiyadorlar
farovonligini maksimallashtirishga qaratilgan maqsadni amalga oshirishda
qo‘maklashadi. Bu operatsiya kompaniya aktivlari qiymatini 2 mln f. st.ga
ko‘paytiradi.
Endi faraz qilaylik, ushbu imkoniyat kompaniya bir yildan keyin 12 mln f. st.
olishi uchun zudlik bilan 10 mln f. st. investitsiya qilishi lozimligini taqozo etadi.
Bunday holatda qaror bir xil bo‘lmaydi. Chunki hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan 1 f.
st.ni bir yildan keyin (yoki bo‘lmasa har qanday boshqa vaqt davridan keyin) biz
ega bo‘ladigan 1 f. st. bilan tezkorlik bilan taqqoslay olmaymiz. Joriy
xarajatlarimizning har bir funt sterlingi o‘zining qiymati bilan kelgusidagi
tushumlarning har bir funt sterlingiga teng bo‘lmaydi. Bu uchta sabab bilan
izohlanadi.
•
Qo‘ldan boy berilgan foizlar (interest forgone). Agar 1 f. st. 1 yil
muddatga aniq investitsiyaga kiritilgan bo‘lsa, unda kompaniya uni boshqa hech
qayerga kirita olmaydi; natijada kapitalning muqobil zararlari yuzaga keladi;
•
Inflyatsiya. Agar iqtisodiyotda inflyatsiya mavjud bo‘lsa (inflyatsiya
keyingi 50 yil davomida Buyuk Britaniyada va aksariyat boshqa mamlakatlarda
yuzaga kelish holatlari kuzatilgan) unda pulning xarid kuchi pasayib ketishi sababli
kelasi yili 1 f. stga xuddi joriy yildagi hajmda mahsulotni xarid qilib bo‘lmaydi;
•
Risk. Bugun to‘langan bir funt sterlingning qiymati keyingi yilda olinishi
mo‘ljallangan 1 f. st. qiymatidan ancha yuqori turadi. Biz daromad olishimizga
qancha ishonmaylik baribir 100% unga erishishga ko‘zimiz yetmaydi. Ko‘p
holatlarda kelgusi mablag‘larga nisbatan noaniqlik darajasi yuqori bo‘ladi.
Dastlabki uchta sabablarga ya’ni “qo‘ldan boy berilgan foizlar”ga batafsil
to‘xtalamiz. Inflyatsiya va risk bilan bog‘liq masalalarni esa keyingi bobda ko‘rib
chiqamiz. Bu yerda shu narsani qayd qilish kerakki, hatto inflyatsiya sodir
bo‘lmaganda ham va investitsiyalar risksiz deb hisoblanganda ham, bugungi funt
sterling faqat yo‘qotilgan foizlar tufayligina ertangi funt sterlingga muqobil bo‘la
olmaydi.
Bugungi 10 mln f. st.ni va bir yildan keyingi 12 mln f. st.ni qanday taqqoslash
kerak (ya’ni joriy yil 1 f.st. ma’lum vaqtdan so‘ng 1 f.st.ga muqobil bo‘la olmaydi)
va pul “vaqtinchalik qiymatga“ (
time value ) ega ekanligini hisobga olib, natijada
qanday qaror qabul qilish lozim?