Bahs-munozara va nazorat uchun savollar
• Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarni tarkibiy jihatdan qayta qurish deganda nimalar
tushuniladi va u nimalarni taqozo etadi?
• Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish nimalar bilan uzviy bog'liq?
• Iqtisodiyotning ijtimoiy yo'naltirilganligiga javob beruvchi ishlab chiqarishning
152
tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish uchun, eng avvalo nimalarni amalga
oshirmoq lozim?
• Xo'jalik yurituvchi suyu’ektning innovatsion-investitsion strategiyasi deganda
nimalar tushuniladi?
• Qattiq pul va moliya-kredit siyosatining hayotga tadbiq etilishi sifat jihatidan
iqtisodiy o'sishga o'tishning, faol tuzilmaviy qayta qurishning va ishlab chiqarish
taraqqiyotining investitsion jihatdan ta’minlashning mustahkam yo'nalishi bo'la
oladimi?
153
13-mavzu. INVESTITSIYALARNI BAHOLASH USULLARI
Reja:
13.1. Sof keltirilgan qiymat;
13.2.
Ichki daromadlilik stavkasi;
13.3.
Qoplash davri;
13.4.
Investitsiyalarni baholash usullaridan foydalanish amaliyoti.
13.1. Sof keltirilgan qiymat
Qaror qabul qilish uchun asoslar
Kompaniyalar tomonidan qabul qilinayotgan investitsiyaviy qarorlarning
muhimligini hisobga olib, taxmin qilish mumkinki, menejerlar yuzaga kelayotgan
investitsiyaviy imkoniyatlarni baholashning mantiqiy va amaliy protsedurasiga
muhtoj
sanaladi.
Mazkur
protsedura
aksiyadorlar
farovonligini
maksimallashtirishga ko‘maklashishi lozim. Shu bilan birga, yakuniy qaror qabul
qilishda boshqa maqsadlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Biz ikkinchi bobda agar zayomlar va kreditlar, shuningdek, kompaniyalar va
xususiy shaxslar uchun foiz stavkalari bir xil bo‘lsa, u holda muayyan vaqt davrida
alohida olingan ixtiyoriy aksiyadorlik kompaniyasining xarid imkoniyatini
oshiruvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyiha
boshqa har qanday vaqt davrida qolgan aksiyadorlarning xarid qobiliyatini ham
oshiradi. (2-bobning 2.2-misolida uchta aksiyador pullarni turli vaqt davrida sarf
qilmoqchi bo‘lganligiga qaramay, X loyihani qabul qilishdan ularning barchasi
foyda olganligini eslatib o‘tamiz.)
Shunday qilib, taxmin qilish mumkinki, bizning baholash protseduramiz
hozir, bir yil keyin yoki vaqtning boshqa istalgan davrida erishilgan farovonlikka
qaratilishi ahamiyatga ega emas. Agar mazkur loyihaning amalga oshirilishi joriy
farovonlikni yaxshilasa, unda kelgusidagi farovonlik ham yaxshilanadi; joriy
farovonlikni yuqori darajada yaxshilagan jarayon kelgusi farovonlikni ham yuqori
darajada yaxshilaydi. O‘z navbatida, loyihani qabul qilish yoki uni rad etish uchun
va ularni jozibadorlik jihatiga qarab tartiblashtirish uchun barqarorlik ta’minlangan
holatda farovonlikka bo‘lgan ta’sir vaqtining qaysi davriga nisbatan baholanishi
ahamiyatga ega emas.
Biz qarorlarni aniq, “joriy” davrda qabul qilishimiz sababli loyihani joriy
farovonlikka bo‘lgan ta’sirini ko‘rib chiqish mantiqliroq ko‘rinadi. Aynan shunday
yondashuv amaliyotda qo‘llaniladi.
154
Do'stlaringiz bilan baham: |