Korporatsiyalar –
o`z aksiyadorlaridan alohida bo`lganligi uchun, ular
sherikchilik va yakka tadbirkorlar qilaolmaydigan faoliyat bilan
shug`illanishlari mumkin.
Masalan, ular kapital yig`ish maqsadida yangi aksiyalarni chiqarib
investorlarga sotishi yoki aksincha aksiyalarini qaytarib sotib olishi mumkin.
Bir Korporatsiya boshqa birini sotib olishga pul tikib, keyin ikkala bizznes
birlashishi mumkin.
Korporatsiyalarni yuridik jihatdan boshqarish va aksiyadorlar bilan
munosabatlarni tashkil etish vaqt va mablag’ talab etadi;
Bundan tashqari, ko`pchilik davlatlardan soliqdan noqulaylikar mavjud;
Korporatsiyalar mustaqil yuridik shaxs bo`lganligidan ular alohida soliqqa
tortiladi;
Korporatsiyalar o`z daromadlaridan soliq to`laydilar;
117
Bunga qo`shimcha sifatida, aksiyadorlar Korporatsiyadan dividend sifatida
olgan daromadlaridan soliq to`laydilar;
2.Transmilliy korporatsiyalar korporativ strategiyasi
Transmilliy korporatsiyalarda birlashish va qushib olish korporativ
strategiyasi 3 xil kurinishda amal qiladi:
gorizantal birlashuv
-vertikal birlashuv
-konglomerant
AQSH, YI, Kanadada bir kompaniyaning boshqasi bilan birlashuvining 3
xil yo`li amal qiladi:
1) birlashish yoki konsolidatsiya;
2) aksiyalarning nazorat paketini sotib olish orqali birlashish;
3) kompaniyaning aktivlarini sotib olish orqali birlashish.
TMKlar quyidagi xususiyatlari bilan boshqa kompaniyalardan farqlanadi:
1.
Xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchilari ekanligi;
2.
Xalqaro ishlab chiqarish majmualarini yaratib, qo`shimcha imkoniyatlariga
ega bo`lish;
3.
Global ishlab chiqarish kuchlari va resurslaridan foydalanishi;
4.
Ommaviy is`temolchilar uchun ishlashi ;
5.
Kapitalni bazaviy mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga bog’liq
bo`lmagan holda amalga oshirishi;
6.
Yuqari texnologiyali va fan sig’imkorligi yuqaroi bo`lgan tarmoqlarda
faoliyat olib borishi.
7.
Iqtisodiy adabiyotda xalqaro Korporatsiyalarning ikki xil shakli farqlanadi:
transmilliy va ko`p millatli Korporatsiyalar.
118
8.
Ko`pmillatli Korporatsiyalar — ishlab chiqarish va ilmiy – tadqiqot
ishlari asosida bir necha davlat milliy Korporatsiyalarni birlashtiruvchi
xalqaro Korporatsiyalardir.
9.
Bunga 1907 yildan buyon faoliyat ko`rsatib kelayotgan Angliya —
Gollandiyaning «Royal-Dutch Shell» konsernini misol qilish mumkin.
Ushbu kompaniyaning hozirgi kundagi kapitali 60:40 nisbatda taqsimlangan.
Yaponiyada esa, korporativ tuzilmalar keyretsu va syudanlar deb nomlanadi.
Keyretsu (masalan, “Matsushita”, “Toyota” va boshq.) yirik sanoat
kompaniyalari, yirik banklar, sug’urta kompaniyalari hamda savdo kompaniyalari
atrofida tashkil etilgan.
Ular Bosh firma rahbarligida ko’pchilik unga bo’ysunuvchi sho’balar va
firmalar bilan birgalikda vertikal integratsiya asosida faoliyat yuritadi
Janubiy Koreya korporatsiyalari (“chebol”- koreyscha) nomi bilan mashhurdir.
Chebollar - Yaponiyadagi yetakchi TMKlariga (syudanlar) o’xshaydi. Farqli
jihati Koreya guruhlarini asosan oilaviy kapitalga asoslanganligi bilan bog’liq.
Hukumat yirik korporatsiyalar o’sishini, ularning ishlab chiqarish va
moliyaviy bazasini kengaytirish, qo’shish va yiriklashtirish yo’li bilan
rag’batlantiradi.
Rivojlangan davlatlarda, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarish sohasida,
mulkchilikning ana shu shakli asosiy o‘rin egallaydi. Bu boradagi amaliy
tajribamiz shuni ko‘rsatdiki,O‘zbekistonda mahalliy aksiyadorlar bilan birga chet
ellik investorlarning ham aksiyalarga ega bo‘layotgani mulkchilikning eng maqbul
va o‘zini oqlayotgan shaklidir.
Hozirgi vaqtda yurtimizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali
ishtirokida tashkil etilgan 6 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat
yuritmoqda.
119
Bunday samarali loyihalar haqida gapirganda, mashinasozlik sohasida
AQSHning “General motors”, Germaniyaning “MAN”, “Klaas”, Yaponiyaning
“Isuzu” kompaniyalari, neft gaz sohasida Janubiy Koreyaning “Lotte kemikal” va
“Kogaz” kompaniyalari, kimyo sanoatida Ispaniyaning “Maksam” kompaniyasi,
to‘qimachilik sanoatida Singapurning “Indorama”, Janubiy Koreyaning “Deu
tekstil”, “Yang von”, Shveysariyaning “Riter” kompaniyalari, axborot
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Xitoyning “Xuavey” va “ZTЕ”, oziq-
ovqat sanoatida Shveysariyaning “Nestle” kompaniyasi, qurilish materiallari ishlab
chiqarishda Germaniyaning “Knauf”, Xitoyning “Peng Sheng”, farmatsevtika
sanoatida Shveysariyaning “Nobel” kompaniyalari va shuningdek, boshqa ko‘plab
xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar haqida so‘z
yuritish mumkin.
120
Do'stlaringiz bilan baham: |