2.Xususiy kapital va qarz kapitalini baholash
112
Xususiy kapitalning bahosi - bu aksioner kapital uchun dividendlar
summasi, yoki ulushli hissa uchun to‘lanadigan foyda va ular bilan bog‘liq
xarajatlar miqdori.
Korporatsiyaning moliyaviy potensialini xususiy kapitali tashkil etadi.
Uning tarkibiga:
-ustav kapitali
-AJ tomonidan bekor qilish yoki qayta sotish maqsadida aksiya egalaridan
sotib olingan o‘z aksiyalari
-rezerv kapital
-ustama (qo‘shimcha) kapital
-taqsimlanmagan foyda
-maqsadli moliyalashtirish resurslari
Ustav kapitali bilan korp. mulkining minimal miqdori aniqlanadi, qaysiki
kreditorlar qiziqishlarini kafolatlaydi. UK o‘z ichiga asosiy vositalarni, boshqa
mol-mulklarni, nomoddiy aktivlarni, shuningdek, pul qiymatiga ega bo‘lgan korp.
ta’sischilari tomonidan qo‘yilgan mulkiy huquqlarni oladi.
Ustav kapitalini shakllantirish O’zR FK bilan tartibga solinadi. Korxonaning
tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra ustav kapitali miqdori va shakli o‘zgaradi.
Masalan, amaldagi qonunchilikka ko‘ra O’zRda AJ ustav kapitalining minimal
miqdori 400 ming AQSh dollaridan iborat. Shuningdek, AJ ustav kapitali oddiy va
imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidan iborat.
Rezerv kapitalini shakllantirish korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
Rezerv kapitali sof foydadan shakllantiriladi.
Qo‘shilgan kapitalga mulkni qayta baholagandan qiymat o‘sishi, emission
daromad hamda qaytarib olmaslik sharti bilan berilgan qiymatliklar va hokazolar
kiradi. QK tarkibiga quyidagi elnmentlar kiradi:
-AJning emission daromadi(xarajatlardan tashqari aksiyalarni nominal
qiymatidna yuqori joylashtirishdan kelgan miqdor)
-boshqa tashkilotlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulk
-boshqalar
Taqsimlanmagan foyda korporatsiya xususiy mablag‘larining eng asosiy
manbai hisoblanadi.
Korporatsiyaning emission siyosati moliyaviy direktorning vazifasiga
kiruvchi keng ko‘lamli tashkiliy-texnikaviy, informatsion, konsultatsion ishlardan
iborat.
Ushbu siyosat aksiyalarni chiqarish orqali korporatsiyaning ustav (aksioner)
kapitalini shakllantirishda fond bozorida amalga oshiriladi. Korporativ
obligatsiyalarni emissi qilish qarz mablag‘larini boshqarishga taalluqlidir.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat
nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va
tasdiqlash;
b) risolani tasdiqlash;
v) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni va risolani
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (tijorat banklari uchun) kelishish;
113
g) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
d) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Qimmatli qog‘ozlar markaziy
depozitariysida hisobga olish;
e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlari
va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish;
j) chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
z) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari
to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etish.
Korporatsiya uchun qarz kapitalini baholash muhim ahamiyatga ega.
Chunki, korporatsiya olayotgan qarzining qanchaga tushishini bilsagina to‘g‘ri
qaror qabul qiladi.
Kapital bahosi deyilganda kapitalning ma’lum bir qismini jalb qilish uchun
qancha pul resurslari to‘lash lozimligi tushuniladi. Qarz kapitalining bahosi - bu
kredit yoki zayom obligatsiya uchun to‘lanadigan foiz va ular bilan bog‘liq
xarajatlar summasi.
Korporatsiyaning qarz kapitaliga qisqa muddatli kredit va qarzlar,
uzoq muddatli kredit va qarzlar, hamda kreditor qarzdorlik kiradi.
Qisqa muddatli kredit va qarzlar aylanma aktivlarni qoplashning manbasi
bo‘lib xizmat qiladi.
Qarz oluvchi kompaniyaning qarz beruvchidan olgan kredit va qarzi
buxgalteriya hisobida muddatli hamda muddati uzaytirilgan guruhlarga bo‘linadi.
So‘ndirish muddati 12 oydan oshmagan kredit va qarzlar qisqa muddatli
hisoblanadi. So‘ndirish muddati 12 oydan oshgan kredit va qarzlar esa uzoq
muddatli hisoblanadi.
Muddatli kredit va qarzlar bo‘lib shartnomada belgilangan qaytarish muddati
hali kelmagan yoki uzaytirilganlari hisoblanadi. Muddati uzaytirilgan kredit va
qarzlar bo‘lib shartnomada belgilangan qaytarish muddati o‘tib ketganlari
hisoblanadi.
Qarz oluvchi kompaniyaning bankka qarzini qaytarishi buxgalteriya
hisobida kreditor qarzdorlikning kamayishi (so‘ndirilishi) sifatida hisobga olinadi.
Shuningdek, kreditni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar operatsion xarajatlarga
kiritiladi.
Korporatsiya uchun fond bozori orqali qarz jalb qilish (korporativ
obligatsiyalarni emissiya qilish) ga nisbatan bankdan uzoq muddatli kredit jalb
qilishning bir qancha ustunlik tomonlari mavjud:
1)
hujjatli emission qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish, moliyaviy
vositachilarga xizmat haqi to‘lash xarajatlaridan ozod bo‘ladi;
2)
qarzdor va bank o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar ko‘pchilikka
tushunarli;
3)
fond bozoridan mablag‘ jalb etishga nisbatan bankdan kredit olish
muddati qisqaroq hisoblanadi.
Qarz kapitalini baholashning xususiyatlari:
1) asosiy ko‘rsatkich bo‘lib kreditga xizmat ko‘rsatiladigan foiz miqdori
hisoblanadi;
114
2) kreditni foizi bilan qaytarish operatsion xarajatlar tarkibiga kiritilib, foyda
solig‘i miqdorini kamaytiradi;
3) risk hisobga olinib, uzoq muddatli qreditning foiz miqdori qisqa muddatli
kreditga nisbatan yuqori bo‘ladi;
4) qarz kapitalini jalb qilishning bahosi kredit oluvchining kreditni qaytarish
qobiliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Kreditni qaytarish qobiliyati qanchalik yuqori
bo‘lsa, shunchalik qarz kapitalining bahosi arzon bo‘ladi.
Qarz kapitali bahosi bankdan kredit olinganda foyda solig‘i kamayishi
hisobiga quyidagi formula orqali aniqlanadi:
QK=FS*(1-S)/(1-XM)
6
Bu yerda: QK – bank krediti ko‘rinishida jalb qilinadigan karz kapitali
miqdori; FS – bank krediti uchun foiz stavkasi miqdori; S – foyda solig‘i miqdori,
birlikda; XM – bank krediti summasiga nisbatan bank kreditini jalb etish
xarajatlari, birlikda.
Masalan, FS=27,5%; S=0,24; XM=0,02. Demak,
QK=27,5*(1-0,24)/(1-0,02)=21,3%
Demak, ushbu misolda qarz kapitali bahosi bankdan 27,5%lik kredit
olinganda foyda solig‘i kamayishi hisobiga 21,3% ga tushadi.
Xulosa qilish mumkinki, korporatsiya jalb etayotgan qarz mablag‘ining
bahosini bilishi to‘g‘ri qaror qabul qilishida muhim rol o‘ynaydi.
Korporatsiyalarga qarz majburiyati hisoblangan korporativ obligatsiyalarni
chiqarish huquqi berilgan.
Obligatsiyalarni chiqarish orqali qarz kapitalini jalb etish AJga quyidagi
qulayliklarni beradi:
-
Obligatsiyalarni emissiya qilish jamiyat ustidan nazorat qilish huquqini
bekor qilmaydi;
-
Obligatsiyalar bank kreditlariga nisbatan kam miqdordagi foiz to‘lovi
bilan chiqarilishi mumkin. Obligatsiyalar jamiyat mulki bilan
kafolatlangan va soliq to‘lagunga qadar foydadan to‘lanadi.
-
Obligatsiyalar aksiyalarga nisbatan riski pastroq bo‘lganligi uchun
investorlar uchun ham jozibador hisoblanadi;
-
Korporativ obligatsiyalar asosan uzoq muddatga (5-10 yil) chiqarilganligi
uchun yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘ladi.
-
Fond bozorida korporativ obligatsiyalar boshqa qimmatli qog‘ozlarga
solishtirilganda nisbatan barqaror hisoblanadi.
Respublikamizda amaldagi qonunchilikka ko‘ra korporativ obligatsiyalarni
faqat tijorat banklari, shuningdek quyidagi shartlarga rioya etgan holda ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari chiqarishi mumkin:
7
- auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining
obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori
doirasida;
6
Bocharov V.V., Leontev V.Ye. Korporativnыe finansы / SPb.: Piter. – 2004, 271 str.
7
«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O’zbekiston
Respublikasining qonuni. (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 50-51-son, 531-modda)
115
- keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy
barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan
ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda mustaqil reyting bahosini olgan bo‘lsa;
- investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi
bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida.
2006 yilga qadar ushbu obligatsiyalarni barcha mulk shaklidagi korxonalar
chiqarishiga ruxsat etilgan edi.
Obligatsiyalarni emissiya qilish va joylashtirish jarayonida quyidagi
bosqichlar amalga oshiriladi:
-emitent tomonidan obligatsiya chiqarish to‘g‘risida qarorning qabul
qilinishi va tasdiqlanishi;
-emissiya prospektini tayyorlash;
-obligatsiya chiqarish va emissiya prospektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
-obligatsiya sertifikatini tayyorlash;
- emissiya prospektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bo‘yicha axborotni
e’lon qilish;
-obligatsiyaga obunani amalga oshirish;
-obligatsiya chiqarilishi yakui bo‘yicha hisobotni ro‘yxatdan o‘tkazish va bu
boradagi axborotni e’lon qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |