263
Keys stadi
Investitsiya uchun optimal portfel rejasini tuzish
G’aznachi sifatida, siz keyingi yil uchun investitsiya oqimlarining
strategiyasini tuzushingiz kerak. Firma Amerikaniki hisoblanib, xozirda faoliyat
yritmaydi. Quyidagi miqdorlarni bugungi deb tasavvur qiling.
Valyuta Ayirboshlash darajasi Yillik
foiz darajasi
Avstraliya dollari .75
13.00
Britaniya funti 1.70
12.5
Kanada dollari .86
11.0
Yaponiya iyenasi 006
8.0
AQSH dollari 1.00
9.0
Sizning taxminlaringiz bundan bir yil oldingi quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
kuchli reja stabil reja
kuchsiz reja
Avstaraliya dollari $66 $76
$85
Britaniya funti 1.58 1.73 1.83
Kanada dollari .85 .85 .91
Yaponiya iyenasi .0055 .0062 0072
AQSH dollari 1.0 1.0 1.0
Dollarning ehtimoli kuchli dollar bo‘ib, 30$ni tashkil qiladi. Stabil dollarning
ehtimoli esa 40%, kuchsiz dollarniki 30%ga teng. Quyidagi risklarni hisobga
olgan holda , portfel rejasi tuziladi:
5.
Neytral risk
6.
Balanslashgan
7.
Konservativ
8.
Ultrakonservativ
Quyidagi rejani to‘ldiring.
Kutilgan risk Kuchli reja stabil reja
kuchsiz reja kutigan moliyaviy
Qiymat
Risk-neytral portfel
Balanslashgan portfel
Konservativ portfel
Ultrakonservativ portfel
Firmangiz uchun quyidagilardan qaysi birini afal ko‘rasiz va nima uchun ?
Testlar
264
1.
LIBOR qisqartma soʻzi nimani anglatadi?
a) London banklararo oʻrtacha foiz stavkasi;
b) Lyuksemburg banklararo oʻrtacha foiz stavkasi;
c) banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan obligatsiyalarning oʻrtacha
daromadlilik darajasi;
d) London banklararo oʻrtacha qayta moliyalash stavkasi.
2.
Xorijiy bank kreditlari taqdim etish jarayonida suzib yuruvchi foiz
stavkalariga qoʻshimcha tarzda belgilanadigan individual mukofot miqdori toʻgʻri
koʻrsatilgan javobni belgilang.
a) 0,5 foizdan 5 foizgacha;
b) 0,7 foizdan 7 foizgacha;
c) bu jarayonda suzib yuruvchi foiz stavkalarining oʻzi qoʻllaniladi;
d) 0,2 foizdan 2 foizgacha.
3.
Xorijiy bank kreditlari olish uchun belgilangan majburiy talablar toʻgʻri
koʻrsatilgan javobni belgilang.
a) biznes-reja, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar,
dunyoga mashhur, masalan “katta toʻrttalik”ka kiradigan auditorlik tashkilotlari
xulosalari,
qat’iy
belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarning ta’minlanganligi,
korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va tashkiliy tuzilishining shaffofligi;
b) biznes-reja, milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar,
yuqori darajadagi rentabellik va
qat’iy
belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarning
ta’minlanganligi, korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va tashkiliy tuzilishining
shaffofligi;
c) texnik asosnoma, balans, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot, dunyo
boʻyicha “katta toʻrttalik”ka kiradigan auditorlik tashkilotlari xulosalari, yuqori
darajadagi rentabellik, korxona tashkiliy tuzilishining shaffofligi;
d) korxonalar xorijiy bank krediti olish uchun davlat kafolat vazifasini
bajarishi kerak.
4.
Qarz oluvchiga taqdim etiladigan sindikatli kreditlar deganda nimani
tushunasiz?
a) bir necha xorijiy banklarning yirik loyihalarni moliyalashtirish uchun
kredit taqdim etishi;
b) bitta loyihani bir necha shaxslar birgalikda oʻz ulushini qoʻshgan holda
amalga oshirishi;
c) risklarni taqsimlash uchun turli mamlakatlarga kredit taqdim etish
amaliyoti;
d) korxonalarni moliyalashtirishda sindikatli kreditlardan jahon amaliyotida
foydalanilmaydi.
5.
Jahon amaliyotida ta’minlanmagan qarz mablagʻlari ajratish usuli sifatida
koʻzga tashlanadigan xorijiy kapital jalb etish usuli toʻgʻri koʻrsatilgan javobni
belgilang.
a) kredit notalari;
b) xorijiy bank kreditlari;
c) yyevroobligatsiyalar;
d) xalqaro kredit liniyalari.
265
6.
Mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalar nima
deb ataladi?
a) yyevroobligatsiyalar;
b) opsion obligatsiyalar;
c) amerika opsionlari;
d) fyuchers opsionlari.
7.
Yyevroobligatsiyalar asosiy savdo markazi tarixan qaysi shahar
hisoblanadi?
a) London;
b) Lyuksemburg;
c) Parij;
d) Chikago.
Do'stlaringiz bilan baham: |