Testlar
1. Faoliyatni tashkil etish uchun zarur boʻlgan asosiy resurslar toʻgʻri
koʻrsatilgan javobni belgilang.
a) moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar;
b) inson resurslari va innovatsion resurslar;
c) xomashyo va tabiiy resurslar;
d) aqliy, moliyaviy va madaniy resurslar
2. Kapital bahosini aniqlash tartibi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a)
;
b)
;
c)
;
d)
.
3. Kapital tarkibi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) xususiy kapital va qarz kapitali;
b) zayom kapital va uzoq muddatli kapital;
c) moliyaviy kapital va qisqa muddatli kapital;
276
d) asosiy va qoʻshimcha kapital.
4. Xususiy kapital tarkibi qaysi javobda toʻgʻri belgilangan?
a) ustav kapitali, qoʻshimcha kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda;
b) asosiy va qoʻshimcha kapital;
c) zayom kapital va uzoq muddatli kapital;
d) moliyaviy lizing, oddiy aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, kredit.
5. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha kapital bahosini aniqlashda e’tiborga
olinadigan jihatlar quyidagilar:
a) foiz stavkasi, emissiya xarajatlari, nominaldan past bahoda
joylashtirilganda oʻrtadagi salbiy farq;
b) dividend, qoʻshimcha bonuslar, emissiya xarajatlari;
c) emissiya xarajatlari, royalti, gudvill;
d) nominaldan past bahoda joylashtirilganda oʻrtadagi salbiy farq va
toʻlanadigan dividendlar.
6. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha kapital bahosini aniqlashda qaysi
koʻrsatkichlardan foydalaniladi?
a)
qat’iy
belgilangan dividend summasi, aksiyani joylashtirish bahosi,
emissiya xarajatlari;
b)
qat’iy
belgilangan foizli toʻlovlar, aksiya bozor bahosi;
c) emission xarajatlar, imtiyozli aksiya nominal bahosi;
d) emission xarajatlarning imtiyozli aksiya bozor bahosiga nisbatining
foizdagi ifodasi.
7. Kredit bahosi aniqlanayotganda nima uchun foyda soligʻi stavkasi hisobga
olinadi?
a) foiz xarajatlari foyda soligʻi bazasidan chegirilganligi uchun;
b) foyda soligʻi foydaga nisbatan hisoblangani uchun;
c) foyda soligʻi va kredit bahosi oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq;
d) foizli daromadlar foyda soligʻi stavkasida soliqqa tortilganligi uchun.
8. Kredit bahosi tarkibiy jihatdan quyidagi xarajatlar hisobiga shakllanadi:
a) kredit foiz stavkasi va bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar,
sugʻurta xarajatlari, kredit olish bilan bogʻliq biznesni tashkil etish xarajatlari;
b) qayta moliyalash stavkasi, kredit stavkasi, sugʻurta mukofoti boʻyicha
xarajatlar;
c) biznes-reja tuzish bilan bogʻliq xarajatlar va kreditlar boʻyicha
chegirmalar;
d) foiz stavkasi, tashkiliy xarajatlar, kredit tanlovi boʻyicha xarajatlar.
9. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning pul-kredit
siyosati, qayta moliyalash stavkasining oʻzgarishi, banklararo raqobat muhiti,
kreditga boʻlgan talab darajasi, inflyatsiya darajasi, soliq yuki darajasi qaysi kapital
277
bahosiga ta’sir etuvchi tashqi omillar hisoblanadi?
a) kredit bahosiga;
b) munitsipal obligatsiyalar bahosiga;
c) imtiyozli aksiya bahosiga;
d) oddiy aksiya bahosiga.
10.Dividendlarni diskontlashning turli xil modellari (
DDM
), kapital
aktivlarni baholash modeli (
CAPM
), Modilyani – Miller modeli (MM),
koeffitsientli model kabilar qaysi kapital bahosini aniqlashga xizmat qiladi;
a) oddiy aksiyalar;
b) imtiyozli aksiyalar;
c) korporativ obligatsiyalar;
278
Do'stlaringiz bilan baham: |