8-topshiriq:
1.
Kapital bahosi deganda nimani tushunasiz va u qanday iqtisodiy asosga
ega?
2.
Kapital bahosi qanday aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi omillarni izohlab
bera olasizmi?
3.
Korporativ moliyani boshqarishda kapital bahosi qaysi jarayonlarda
bevosita qoʻllanadi?
4.
Qarz mablagʻlari orqali moliyalashtirishda kapital bahosini aniqlash
tartibini izohlab bera olasizmi?
5.
Kredit bahosini aniqlash tartibi va unga ta’sir etuvchi omillarni izohlab
bering.
6.
Imtiyozli aksiyalar boʻyicha kapital bahosini aniqlashda qaysi
koʻrsatkichlardan foydalaniladi?
7.
Oddiy aksiyalar boʻyicha kapital bahosini aniqlashda qoʻllaniladigan
metodlarni izohlab bering.
8.
Obligatsiyalar boʻyicha kapital bahosini aniqlashning oʻziga xos
xususiyatlarini qanday tavsiflash mumkin?
246
AMALIY MASHG’ULOT
5-mavzu:
Xoʼjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari va
foydasi
Testlar
1. Korxonani rivojlantirishning umumiy vazifalarida belgilangan investitsion
faoliyatning uzoq muddatli maqsadlari va investitsion yondashuvlari tizimi,
shuningdek, qoʻyilgan maqsadlarga erishishning yuqori darajada samarali
yoʻllarini tanlash nimani anglatadi?
a) investitsion strategiyani;
b) raqobat strategiyasini;
c) innovatsion strategiyani;
d) antimonopol strategiyani.
2. Korxonaning investitsion faoliyat yoʻnalishlari va shakllarini, korxona
investitsion resurslarini shakllantirish yoʻllarini, investitsion maqsadlarni amalga
oshirish bosqichlarini oʻzida aks ettiruvchi strategiya qanday strategiya
hisoblanadi?
a) investitsion strategiya;
b) iqtisodiy strategiya;
c) ijtimoiy strategiya;
d) tuzilmaviy strategiya.
3. Investitsion faoliyat ob’ektlari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.
a) yaxlit korxona, xoʻjalik yuritishning strategik zonalari, strategik
markazlar;
b) erkin iqtisodiy zona, erkin savdo zonasi;
c) offshor zonasi, xizmat koʻrsatish sohasi;
d) erkin iqtisodiy-industrial zona, bojxona ittifoqlari, transmilliy
kompaniyalar.
4. Investitsion strategiyada “invayronmentalizm” tushunchasi nimani
anglatadi?
a) investitsion munosabatlarning ochiqligi va faolligini;
b) korxonaning yopiq tarzda faoliyat yuritishini;
c) passiv tarzda investitsion faoliyat yuritishni;
d) investitsion imkoniyatlarning chegaralanganligini.
5. Quyidagilardan qaysilari investitsion strategiyani amalga oshirishni
ta’minlovchi operatsion faoliyat bazaviy strategiyalar hisoblanadi?
a) cheklangan oʻsish, jadallashgan oʻsish, qisqartirish (siqish), birlashtirish
(kombinatsiyalash) strategiyalari;
b) ajralgan holda oʻsish, birlashgan holda oʻsish, qisqartirish,
kombinatsiyalash strategiyalari;
247
c) jadallik bilan oʻsish, sekin oʻsish, siqish, qoʻshib olish strategiyalari;
d) operatsion oʻsish, moliyaviy oʻsish, tor koʻlamda rivojlanish, birlashuv
tarzida rivojlanish strategiyalari.
6. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash koʻrsatkichlari
keltirilgan javobni belgilang.
a) sof joriy qiymat, investitsiyalar rentabelligi, daromadlilikning ichki
me’yori, investitsiyalarni qoplash muddati, yillik foiz stavkasi;
b) aksiyalar daromadliligi, moliyaviy lizing muddati, investitsion
daromadlilik;
c) investitsion qaytim, kelgusi qiymat, joriy qiymat;
d) pul oqimlari prognozi, diskont me’yori, investitsiyani qoplash davri.
7. Sof joriy qiymat (
NPV
)ni aniqlangan holatlardan qaysi birida loyiha
amalga oshirish uchun qabul qilinadi?
a)
NPV ˃ 0
holatida;
b)
NPV ≥ 0
holatida;
c)
NPV ˂ 0
holatida;
d)
NPV ≤ 0
holatida.
8. Investitsiyalar samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan
koʻrsatkichlardan biri keltirilgan javobni belgilang.
a) daromadlilikning ichki me’yori;
b) bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan daromad miqdori;
c) qayta moliyalash stavkasi;
d) inflyatsiya darajasi;
9.
NPV
nolga teng boʻlganda investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining
sof joriy qiymatini aniqlashga xizmat qiluvchi diskontlashning koeffitsiyentlari
yoki foiz stavkalarini anglatadigan koʻrsatkichni belgilang.
a)
IRR;
b)
fc;
c)
EPS;
d)
CIF.
10.
IRR
qanday holatda loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinadi?
a)
IRR ˃ r;
b)
IRR ˃ NPV;
c)
IRR˂r;
d)
IRR≠r.
248
Do'stlaringiz bilan baham: |