9-Topshiriq:
1.
Kompaniyalarda
investitsion strategiya shakllantirilishida e’tibor
qaratiladigan jihatlarni izohlang.
2.
Investitsion strategiya ishlab chiqish va amalga oshirishning ahamiyatli
jihatlarini tavsiflang.
3.
Investitsion strategiyani ishlab chiqish prinsiplarini izohlab bera olasizmi?
4.
Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholashga xizmat qiluvchi
koʻrsatkichlar tizimini koʻz oldingizga keltira olasizmi?
5.
Loyihaning sof joriy qiymatini qanday usullarda aniqlash mumkin?
6.
Tegishli koʻrsatkichlar aniq boʻlgan holatda loyiha boʻyicha sof joriy
qiymatni aniqlay olasizmi?
7.
Sof joriy qiymat orqali loyiha samaradorligini aniqlashning kamchiliklari
sifatida qaysi xususiyatlarni keltirish mumkin?
8.
Daromadlilikning ichki me’yori koʻrsatkichi qanday aniqlanadi va u
nimalarga xizmat qiladi?
9.
NPV va IRR koʻrsatkichlarini Microsoft Excel dasturida hisoblay
olasizmi?
Testlar
1. Korxonani rivojlantirishning umumiy vazifalarida belgilangan investitsion
faoliyatning uzoq muddatli maqsadlari va investitsion yondashuvlari tizimi,
shuningdek, qoʻyilgan maqsadlarga erishishning yuqori darajada samarali
yoʻllarini tanlash nimani anglatadi?
a) investitsion strategiyani;
b) raqobat strategiyasini;
c) innovatsion strategiyani;
d) antimonopol strategiyani.
2. Korxonaning investitsion faoliyat yoʻnalishlari va shakllari, investitsion
resurslarni shakllantirish yoʻllari, investitsion maqsadlarni amalga oshirish
bosqichlarini oʻzida aks ettiruvchi strategiya qanday strategiya hisoblanadi?
a) investitsion strategiya;
b) iqtisodiy strategiya;
c) ijtimoiy strategiya;
d) tuzilmaviy strategiya.
3. Investitsion faoliyat ob’ektlari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.
a) yaxlit korxona, xoʻjalik yuritishning strategik zonalari, strategik
markazlar;
b) erkin iqtisodiy zona, erkin savdo zonasi;
c) offshor zonasi, xizmat koʻrsatish sohasi;
d) erkin iqtisodiy-industrial zona, bojxona ittifoqlari, transmilliy
kompaniyalar.
240
4. Investitsion strategiyada “invayronmentalizm” tushunchasi nimani
anglatadi?
a) investitsion munosabatlarning ochiqligi va faolligini;
b) korxonaning yopiq tarzda faoliyat yuritishini;
c) passiv tarzda investitsion faoliyat yuritishni;
d) investitsion imkoniyatlarning chegaralanganligini.
5. Quyidagilardan qaysilari investitsion strategiyani amalga oshirishni
ta’minlovchi operatsion faoliyat bazaviy strategiyalar hisoblanadi?
a) cheklangan oʻsish, jadallashgan oʻsish, qisqartirish (siqish), birlashtirish
(kombinatsiyalash) strategiyalari;
b) ajralgan holda oʻsish, birlashgan holda oʻsish, qisqartirish,
kombinatsiyalash strategiyalari;
c) jadallik bilan oʻsish, sekin oʻsish, siqish, qoʻshib olish strategiyalari;
d) operatsion oʻsish, moliyaviy oʻsish, tor koʻlamda rivojlanish, birlashuv
tarzida rivojlanish strategiyalari.
6. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash koʻrsatkichlari
keltirilgan javobni belgilang.
a) sof joriy qiymat, investitsiyalar rentabelligi, daromadlilikning ichki
me’yori, investitsiyalarni qoplash muddati, yillik foiz stavkasi;
b) aksiyalar daromadliligi, moliyaviy lizing muddati, investitsion
daromadlilik;
c) investitsion qaytim, kelgusi qiymat, joriy qiymat;
d) pul oqimlari prognozi, diskont me’yori, investitsiyani qoplash davri.
7. Sof joriy qiymat (
NPV
)ni aniqlangan holatlardan qaysi birida loyiha
amalga oshirish uchun qabul qilinadi?
a)
NPV ˃ 0
holatida;
b)
NPV ≥ 0
holatida;
c)
NPV ˂ 0
holatida;
d)
NPV ≤ 0
holatida.
8. Investitsiyalar samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan
koʻrsatkichlardan biri keltirilgan javobni belgilang.
a) daromadlilikning ichki me’yori;
b) bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan daromad miqdori;
c) qayta moliyalash stavkasi;
d) inflyatsiya darajasi;
9.
NPV
nolga teng boʻlganda investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining
sof joriy qiymatini aniqlashga xizmat qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari yoki
foiz stavkalarini anglatadigan koʻrsatkichni belgilang.
a)
IRR;
241
b)
fc;
c)
EPS;
d)
CIF.
10.
IRR
qanday holatda loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinadi?
a)
IRR ˃ r;
b)
IRR ˃ NPV;
c)
IRR˂r;
d)
IRR≠r.
Do'stlaringiz bilan baham: |