O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-bosqich :  Ma’lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

4-bosqich

Ma’lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish
. Mazkur 
bosqichda muhim ma’lumotlardan belgilangan maqsadlarga erishish uchun eng 
yaxshi harakat yo‘nalishi ajratib olinadigan tarzda mavjud imkoniyatlar 
solishtiriladi. Ushbu kitobning katta qismi moliyaviy qarorlarni qabul qilishga 
tegishli ma’lumotlarni baholash usullariga bag‘ishlanadi. 
5-bosqich

Qabul qilingan qarorni amalga oshirish
. Agar qabul qilingan 
qarorning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha harakat qilinmasa, samarali 
qaror qabul qilish uchun vaqt sarflash va qiyinchiliklarni yengib o‘tishning foydasi 
yo‘q. Bunday harakatlar qabul qilingan qarorni qonuniy kuchga kiritish bo‘yicha 
kerakli choralar bilan cheklanmaydi, balki uning butun hayot tsikli mobaynida ular 
ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilgan choralar amalga oshirilishini 
kafolatlaydigan yoki kafolatlashga yo‘naltiriladigan harakatlar qo‘llanilishi kerak. 
6-bosqich
:
Qarorlar qabul qilish natijalari monitoringi
. Samarali qaror 
qabul qilish oldingi qarorlar natijalari puxta monitoring qilinishini talab etadi. 
Bu keng ma’noda quyidagi ikkita sabab bilan izohlanadi: 
• Qarorlar qabul qilinishiga asos bo‘lgan prognozlar ishonchliligini baholash 
foydalidir. Agar prognoz o‘ngidan kelmasa, qaror qabul qilayotgan shaxslar turli 


19 
usullar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanilgan holda uning ishonchliligini 
oshirish imkoniyati to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishlari kerak. Albatta, qabul qilingan va 
amalga oshirilgan qarorni yaxshilash kech bo‘ladi, biroq bunday amaliyot 
kelgusida qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirish imkonini beradi. 
• Agar qaror amaliyotda u yoxud bu sababga ko‘ra, shu jumladan bozor 
muhitining ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlari tufayli samarasiz bo‘lib chiqsa, 
monitoring buni ko‘rsatishi kerak; buning natijasida amaldagi ahvol 
yaxshilanishini ta’minlay oladigan o‘zgarishlar ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu 
dastlabki qaror bekor qilinishini anglatmaydi. Afsuski, biz o‘tmishni o‘zgartira 
olmaymiz, biroq ko‘pincha samarasiz qaror qabul qilish salbiy ta’sirini 
cheklaydigan choralar ko‘rishimiz mumkin. Masalan, faraz qilaylik, muayyan 
kompaniya plastmassali dekorativ o‘rdakchalar ishlab chiqarish uchun uskuna 
sotib olishga qaror qildi, chunki kompaniyaga ushbu bozor yana besh yil 
mobaynida jozibali bo‘ladigandek tuyulardi. Uskuna sotib olingandan va mahsulot 
bozorga chiqarilgandan so‘ng bir yil o‘tgach, plastik o‘rdakchalarga talab deyarli 
mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Firma rahbariyati bu to‘g‘risida xabardor bo‘lsa-
da, bir yil oldin qabul qilingan mazkur loyihada ishtirok etish to‘g‘risidagi qarorni 
o‘zgartirolmaydi, biroq mablag‘larning keraksiz sarflanishini to‘xtatish uchun 
ushbu mahsulot ishlab chiqarilishini zudlik bilan rad qilishi mumkin va maqsadga 
muvofiq deb hisoblaydi. 
Amaliyotda moliyaviy qarorlarni monitoring qilish jarayonining katta qismi 
buxgalteriya hisobi tizimi shu jumladan byyudjet nazoratining kundalik tartibotlari 
orqali amalga oshiriladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish