235
d) moliya bozorining amal qilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida ob’ektiv
zarurat hisoblanmaydi.
4. Moliya bozorining funksional vazifasi toʻgʻri keltirilgan javobni
belgilang.
a) pul mablagʻlarini egasidan (investordan) foydalanuvchiga tomon
harakatlantirishda vositachi sifatida ishtirok etish;
b) davlat byudjeti defitsitini inflyatsiyasiz yoʻllar
bilan qoplashni tashkil
etish;
c) investorlarni bir joyga jamlash orqali pul mablagʻlari harakatini samarali
tashkil etish;
d) real sektor va moliyaviy sektorning oʻzaro bogʻliq faoliyatini samarali
yoʻlga qoʻyish.
5. Qaysi tushuncha aniq bir turdagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha ularga
boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda mumkin boʻlgan yillik (oylik) savdo
koʻlamini anglatadi?
a) moliya bozori sigʻimi;
b) moliya bozori koʻlami;
c) moliya bozori rivojlanish darajasi;
d) kredit sigʻimi.
6. Moliya bozorining rivojlanishi uchun zarur boʻlgan omillarni toʻgʻri
keltirilgan javobni belgilang.
a) talab va taklifning doimiy ravishda oʻsib borishi;
b) talabning doimiy ravishda oʻsib borishi;
c) taklifning doimiy ravishda oʻsib borishi;
d) davlat tomonidan zaruriy shart-sharoit yaratish.
7. Korporativ qimmatli qogʻozlar bozori, davlat qarz majburiyatlari bozori,
hosilaviy fond instrumentlari (hosilaviy qimmatli qogʻozlar yoki derivativlar)
bozori va boshqalar ....... hisoblanadi.
a) moliya
bozori mustaqil segmentlari;
b) qimmatli qogʻozlarning alohida sohalari;
c) qimmatli qogʻozlarning tasniflanishi;
d) korporativ va davlat qimmatli qogʻozlarning oʻzaro farqli jihatlari.
8. Amaliyotda investorlar tomonidan qimmatli qogʻozlarga talab quyidagi
omillar ta’siri ostida shakllanadi:
a) daromadlilik, risk darajasi va likvidlilik;
b) qimmatli qogʻozlarning faoliyat doirasi, kompaniyaning xalqaro harakati;
c) davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi, foyda soligʻi stavkasi;
d) moliyaviy bozorining rivojlanish darajasi, qayta moliyalash stavkasi.
9. Qimmatli qogʻoz boʻyicha bozor bahosining uning nominalidan keskin
236
darajada farq qilishi nimaga sabab boʻladi?
a) soxta kapital yuzaga kelishiga;
b) moliya bozori beqarorlashuviga;
c) qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishiga;
d) byudjet defitsitining qimmatli qogʻozlar orqali qoplanishiga.
10. Obligatsiya va aksiyaning bir-biridan farqli jihati toʻgʻri koʻrsatilgan
javobni belgilang.
a)
obligatsiya qarz munosabatini, aksiya ulush munosabatini anglatadi;
b) obligatsiya ulush munosabatini, aksiya qarz munosabatini anglatadi;
c) har ikkalasi ham
ulush munosabatini anglatadi, faqat aksiya imtiyozli
tartibda amal qiladi;
d) har ikkalasi ham qarz munosabatini anglatadi, faqat obligatsiya boʻyicha
majburiyat birinchi soʻndiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: