21-mavzu. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari XYuSlarning moliyaviy resurslari va kapitali. XYuSlarning moliyaviy
resurslari ular resurslarining bir qismi. Tijoriy XYuSlar moliyaviy resurslarining
dastlabki (birlamchi holda) shakllantirilishi va ularning shakllari. Tushum va uning
tarkibiy qismlari. Yalpi daromad. Amortizatsiya ajratmalari. Foyda. Foyda massasi
va normasi. Amal (harakat)dagi tijoriy XYuSlar moliyaviy resurslarining
shakllanish manbalariga ko’ra turlari.
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi. Uni hisoblash
formulasi. Pul (P) go’yo to’g’ridan-to’g’ri puldan (P) qilinganda moliyaviy
samaradorlikni aniqlash formulasi. Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga
oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibi. XYuSning iqtisodiy
rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko’rsatkichi va uni aniqlash tartibi. XYuS
moliyaviy
resurslaridan
foydalanish
samaradorligini
tahlil
qilishda
foydalaniladigan ko’rsatkichlar.
22-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy aspekt (jihat)lari Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va
samaradorligi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapitalning
namoyon bo’lish shakllari. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi va unga tegishli
bo’lgan qiymatning uch funktsional shakllari. Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra
asosiy fondlarning tarkibi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari. Asosiy ishlab chiqarish
fondlarining tarkibiy tuzilmasi. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning asosiy
metodlari va ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari. Asosiy fondlarni
shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag’larining manbalari.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy
resurslardan
foydalanishning
samaradorligi.
Asosiy
kapitaldan
samarali
foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib
beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar. Ishlab chiqarishning umumiy
rentabelligi ko’rsatkichi. Fond qaytimi va fond sig’imi ko’rsatkichlari.
Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi.
Aylanma kapitalning bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinishi. Aylanma
kapitalning funktsiyalari va ularni amalga oshirish shakllari. Aylanma kapitalning
tarkibiy
tuzilmasi.
Aylanma
kapitalning
foydalanish
samaradorligini
xarakterlovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. Sof aylanma kapital. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligiga ta’sir
etuvchi omillar.