O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

 
 


281 
Nazorat savollari 
1.
Birlashish va qoʻshib olishlar (“Mergers and Acquisitions”, M&A)ning 
iqtisodiy mohiyatini qanday izohlaysiz? 
2.
Korporativ birlashish va qoʻshib olishlarning tasniflanishini izohlang. 
3.
Gorizontal birlashish va qoʻshib olishning ahamiyatini koʻrsatib bering. 
4.
Vertikal qoʻshib olishning xususiyatlarini sanab oʻting. 
5.
Konglomerat qoʻshib olishning oʻziga xos xususiyatlarini bilasizmi? 
6.
Milliy birlashishlarning iqtisodiyotdagi afzalliklari va kamchiliklarini 
izohlab bering. 
7.
Transmilliy birlashishlarning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyatini qanday 
tavsiflash mumkin? 
8.
Korporativ birlashish va qoʻshib olishlarga sabab boʻluvchi holatlarni 
tavsiflab bera olasizmi?
9.
Korporativ birlashishlarning moliya bozorida ustunlikka ega boʻlishdagi 
oʻrnini izohlang.
10.
Korporativ birlashishning oʻzaro raqobatni chetlab oʻtish va monopoliya 
oʻrnatish imkoniyatini berishining afzalliklari va kamchiliklarini tavsiflab bering.
11.
Qoʻshib olinishdan himoyalanish imkoniyatini qanday izohlab bera 
olasiz?
12.
Korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlarning yuridik shakllarini 
tavsiflab bering.
13.
Kredit hisobiga aksiyalar nazorat paketini sotib olish (LBO – leveraged 
buyout) deganda nimani tushunasiz? 
14.
Menejerlar tomonidan aksiyalar nazorat paketini sotib olish (MBO – 
management buyouts) deganda nimani tushunasiz? 
15.
Birlashish va qoʻshib olishni buxgalteriya hisobida aks ettirishni 
bilasizmi? 
 
Testlar 
 
1.
Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat oʻrnatsa va oʻzini 
ushbu kompaniyaning yangi xoʻjayini deb e’lon qilsa, bunday moliyaviy 
operatsiya nima deb ataladi? 
a) qoʻshib olish; 
b) ajralib chiqish; 
c) qoʻshib yuborish; 
d) boʻlinish. 
2.
Ikki yoki undan ortiq kompaniyalar asosida yangi kompaniya vujudga 
kelishi nima deb ataladi? 
a) korporativ birlashish; 
b) korporativ boʻlinish; 
c) konglomerat qoʻshilish; 
d) xoldinglar. 
3. 
Bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi 


282 
yoki qoʻshib olinish holatlari qanday birlashish hisoblanadi? 
a) gorizontal birlashish; 
b) milliy birlashish; 
c) xalqaro birlashuv; 
d) vertikal birlashuv. 
4.
Aviakompaniyalarning turizm agentliklarini oʻziga qoʻshib olishini 
birlashish va qoʻshib olishlarning qanday shakliga kiritish mumkin? 
a) vertikal birlashish yoki qoʻshib olish; 
b) gorizontal birlashish yoki qoʻshib olish; 
c) aviakompaniyalarning turizm agentliklarini oʻziga qoʻshib olishi 
ta’qiqlangan; 
d) konglomerat qoʻshib olish yoki birlashish. 
5.
Konglomerat qoʻshib olish amaliyoti oʻzida nimani nazarda tutadi? 
a) faoliyat yoʻnalishlari oʻzaro bogʻliq boʻlmagan kompaniyalarning biri 
tomonidan ikkinchisining qoʻshib olinishi; 
b) bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi 
yoki qoʻshib olinish holatlari; 
c) oʻzaro bogʻliq tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli 
bosqichlaridagi kompaniyalarni oʻziga jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishi; 
d) korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlar amaliyotida bunday tushuncha 
amal qilmaydi. 
6.
Oʻzaro birlashayotgan yoki qoʻshib olinayotgan kompaniyalarning 
mamlakatlarga mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qoʻshib olishlarni 
qanday turlarga ajratish mumkin? 
a) milliy va transmilliy birlashishlar; 
b) gorizontal va vertikal birlashishlar; 
c) transchegaraviy birlashishlar; 
d) oʻzaro himoyaviy birlashishlar va qoʻshib olishlar. 
7.
Korporativ birlashishning ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini 
oshirishdagi ahamiyatini qanday izohlash mumkin? 
a) xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar hajmini oshirish hisobiga 
qoʻshimcha chegirmalar olish yoki ta’minotchi korxonani oʻzgartirishi 
mumkinligini bildirgan holda ta’minotchini xavotirga solish yoʻli bilan qoʻshimcha 
imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin; 
b) ta’minotchini oʻzgartirish imkoniyati paydo boʻladi va bu oʻz navbatida 
narx boʻyicha chegirmalar olishga xizmat qiladi; 
c) xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar hajmini kamaytirish orqali 
xarajatlarni boshqarish imkoniyati yuzaga keladi; 
d) ta’minotchini xavotirga solish yoʻli bilan kreditorlik qarzlarini 
kechiktirish imkoniyati yuzaga keladi. 


283 
8.
Bir xil tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalar oʻzaro 
birlashishining raqobat muhitiga ta’sirini qanday baholash mumkin? 
a) oshkora yoki yashirin tarzda raqobatni chetlab oʻtish va monopoliyaga 
erishish imkoniyatini yaratadi; 
b) raqobat muhitiga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi; 
c) sogʻlom raqobat muhitida oʻzaro birlashishlarga yoʻl qoʻyilmaydi; 
d) bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ birlashishlarning raqobat va 
monopoliyaga hech qanday daxli yoʻq. 
9.
Oʻzbekiston amaliyotiga koʻra, tovar bozorida faoliyat koʻrsatuvchi 
yuridik shaxslarning oʻzaro birlashuviga qanday holatlarda monopoliyaga qarshi 
organ roziligi talab etiladi? 
a) qoʻshib olinadigan yildan oldingi oxirgi kalendar yilda tovarlarni 
sotishdan olgan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari 
miqdoridan ortiq boʻlsa; 
b) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 450 million 
AQSh dollaridan ortiq boʻlsa; 
c) ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati eng kam oylik ish 
haqining ellik ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa; 
d) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million 
AQSh dollaridan ortiq boʻlsa. 
10.
Oʻzbekiston amaliyotiga koʻra, tijorat banklarining oʻzaro birlashuviga 
qanday holatlarda monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etiladi? 
a) oʻzaro birlashayotgan banklar aktivlarining jami balans qiymati 450 
million AQSh dollaridan ortiq boʻlsa; 
b) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million 
AQSh dollaridan ortiq boʻlsa; 
c) bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqYIni egallab 
turgan boʻlmasa; 
d) Oʻzbekiston amaliyotiga koʻra, tijorat banklarining oʻzaro birlashuviga 
yoʻl qoʻyilmaydi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish