O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Yillik hisobotlar ma’lumotlari 
Qonun hujjatlari Buyuk Britaniya kompaniyalariga buxgalteriya hisobotlarini 
va o‘z faoliyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni har yilgi hisobotda e’lon qilish 
majburiyatini yuklaydi. Ko‘plab kompaniyalar ushbu imkoniyatdan hisobotga 
qo‘shimcha axborot, shu jumladan, biznes falsafasi va maqsadlari to‘g‘risida 
ma’lumotlar kiritish uchun foydalanadi. Ayrim kompaniyalar aksiyadorlar 
farovonligini maksimallashtirish bo‘lmasa, farovonligi oshirilishini maqsad 
sifatida aniq ajratib ko‘rsatadi. “British Sky Broadcasting Group plc” (‘BSkyB’) 
sputnik orqali namoyish etish kompaniyasi 2004 yil uchun o‘z hisobotida qayd 
etishicha, uning maqsadi “Buyuk Britaniya va Irlandiyada pullik raqamli televizion 
xizmatlar abonentlari sonini foydali oshirishga tayangan holda aksiyadorlar uchun 
qiymatlarni maksimallashtirish”dan iborat. “Balfour Beatty” plc qurilish 
kompaniyasining 2003 yil uchun hisobotida quyidagicha yozilgan: “Maqsadimiz – 
infratuzilma sifati, samaradorligi va ishonchliligi juda muhim ko‘rsatkichlar 
hisoblangan iste’molchilarga loyiha-konstruktorlik, qurilish va servis malakalarini 


27 
taqdim etish orqali aksiyadorlar uchun (shareholder value) uzoq muddatli 
qiymatlar (narxlar)ni yaratish. Biz xavfsiz ishlash va atrof-muhitga zarar 
yetkazmaslikka intilamiz”. Suv yetkazib berish va chiqindilarni utilizatsiya qilish 
bilan shug‘ullanuvchi “Severn Trent plc” kompaniyasi quyidagicha bayonot 
bergan: “Biz ekologik muammolarning majmui yechimini taklif qilgan hamda 
xususiy va davlat iqtisodiyot sektorlarida yangi qonun hujjatlari va yangi talablar 
bilan yaratiladigan imkoniyatlardan operativ foydalangan holda aksiyadorlar uchun 
qiymatlarni oshirishga intilamiz” (2004 yil uchun yillik hisobot). 
Dettol, Harpic va Vanish kabi maishiy kimyoviy mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi “Reckitt Benckiser plc” kompaniyasi quyidagicha e’lon qildi: “Asosiy 
maqsadimiz – aksiyadorlar uchun qiymatlarni yaratishdan iborat” (2003 yil uchun 
yillik hisobot). 
Ayrim kompaniyalarning aksiyadorlar uchun foydaga munosabati 21-betda 
qayd etilgan nuqtai nazarni tasdiqlaydi, unga asosan, aksiyadorlar uchun 
qiymatlarni maksimallashtirish oqilona boylik tamoyili bilan bog‘liq. “Prudential” 
plc sug‘urta kompaniyasi shunday e’lon qiladi: “Prudential”ga ega aksiyadorlar 
oldidagi majburiyatlarimiz vaqt o‘tishi bilan ular investitsiyalari qiymatlarini 
maksimallashtirishdan iborat. Biz bunga ajoyib mahsulotlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatish, taalluqli ravishda, yuqori moliyaviy daromad olish uchun 
uzoq muddatli asosda rivojlantirishga mablag‘lar sarflash hamda xodimlarimiz va 
faoliyatimiz yo‘nalishlaridagi eng yaxshi jihatlarni aniqlash orqali erishmoqdamiz” 
(2003 yil uchun yillik hisobot). “Prudential” quyidagicha davom ettiradi: 
“Maqsadimiz – qiymatga ega va pulga almashtirish xavfsizligini ta’minlaydigan 
mahsulotlar va xizmatlar tufayli mijozlarimiz va sug‘urta polislari egalari bilan 
uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish”. 
Ehtimol, aksariyat kompaniyalar o‘z faoliyati maqsadini aksiyadorlar 
farovonligini oshirish sifatida BSkyB, Balfour Beatty, Severn Trent va Prudential 
kabi aniq shakllantirmaydi. Shunga qaramay, ularning yillik hisobotlardagi 
bayonotlari ular aksiyadorlar farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishlarini 
tasdiqlaydi. Masalan, “Tesco plc” supermarketlar kompaniyasi o‘z maqsadini 


28 
quyidagicha ifodalaydi: “Iste’molchilar uchun ularning umrbod sodiqliklariga erishish 
imkonini beradigan qiymatlarni yaratish” (2004 yil uchun yillik hisobot). Bu yerda 
aksiyadorlar to‘g‘risida bir og‘iz so‘z ham yo‘q. Shunga qaramay, Tesco aksariyat 
kompaniyalar kabi o‘z direktorlariga juda katta mukofot pullari to‘lagan, ularning 
miqdori aksiyadorlar daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘lgan – bu direktorlar diqqat-
e’tibori aniq aksiyadorlar farovonligiga qaratilganligi alomati hisoblanadi. 
Ko‘pgina kompaniyalar “aksiyadorlarning umumiy daromadi” (
total shareholder 
return
) kabi ko‘rsatkichni e’lon qiladi. Bu aksiyadorlar tomonidan olingan foyda 
miqdori: dividendlar plyus muayyan davr mobaynida aksiyalar narxlari oshishi. Bir 
qator bunday kompaniyalar o‘z ko‘rsatkichlarini shunga o‘xshash kompaniyalar 
guruhi ko‘rsatkichlari bilan solishtiradi. Ayrim kompaniyalar, masalan, “Boots Group 
plc” dorixona tarmog‘i ushbu ko‘rsatkichdan menejerlarga mukofot pullari to‘lash 
uchun asos sifatida foydalanadi. 
Ko‘plab kompaniyalar, shu jumladan, deyarli barcha yirik kompaniyalar o‘z 
direktorlari va top-menejerlariga aksiyalar uchun opsionlar taqdim qiladi. Opsionlar 
kelgusida muayyan paytda aksiyalarni joriy bozor narxi bo‘yicha xarid qilish huquqini 
beradi. Bu direktorlar bevosita va hech qanday tavakkalchiliksiz kompaniya aksiyalari 
narxlarining har qanday oshirilishidan foyda olishlari mumkinligini anglatadi. Agar 
aksiyalar narxi oshirilsa, ular opsiondan foydalanadilar va shu zahoti aksiyalarni 
yanada yuqori narx bo‘yicha sotishlari mumkin bo‘ladi. Agar aksiyalar narxi 
oshirilmasa, direktorlar aksiyalarni sotib olishlari shart emas. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan ayrim kompaniyalar bayonotlari va qanday yo‘l 
tutayotganligi quyidagicha xulosalar chiqarishimiz mumkin. Aksariyat kompaniyalar 
aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishni o‘z maqsadi sifatida belgilamaydi, 
garchi ayrim kompaniyalar o‘z maqsadini aynan shunday belgilaydi. Buyuk 
Britaniyadagi deyarli barcha yirik kompaniyalar o‘z direktorlariga yirik mukofot 
pullari to‘laydi. Ushbu mukofot pullari deyarli har doim aksiyadorlar daromadlari 
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, aksariyat yirik kompaniyalar o‘z 
direktorlariga aksiyalar uchun opsionlar taqdim qiladi. Shunday qilib, direktorlar 
aksiyadorlarga foyda keltirishga jiddiy rag‘batlantiriladi. Aksiyalar uchun 


29 
opsionlardan mukofot pullari va foyda ko‘pgina direktorlarning asosiy oylik ish 
haqidan osonlik bilan yuqorilab ketishi mumkin. Shu tufayli, garchi aksariyat 
kompaniyalar aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishni o‘z maqsadi sifatida 
belgilamasada, ularning harakatlari, shu jumladan top-menejerlarni rag‘batlantirish 
choralari aksiyadorlarning iqtisodiy farovonligi juda muhim masala ekanligini 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish