O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

 
1-keys stadi
BIZNES-holat 
Aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini to‘xtatish jarayoni 
Aksiyadorlar yig’ilish umumiy qonun 
bo`yicha
, agarda ijroiya organini 
shaklantirish direktorlar kengashi vazifasiga kirmasa, unda hohlagan hoatda bosh 
direktorning faoliyatini to`xtash haqida qaror qabul qilindi deylik.
“Foton” ochiq aksiyadorlik jamiyati 1 oktyabr kuni aksiyadorlarning 
umumiy yig’ilishida bosh direktor Isaev V.A.ning vakolatini to‘xtatshish haqida 
qaror qabul qildi va ushbu lavozimga K.M. Kudratovani tayinladi. 
5-oktyabr kuni ovoz berish va sanoq komissiyasi natijalariga asosan 
bayonnoma tuzildi va imzolandi. Shu kunning o‘zida K.M. Kudratovaga xizmat 
xonasi, texnik vositalar va o‘z vazifasini bajarish uchun kerakli dastgohlar berildi.
8-oktyabr kuni K.M. Kudratova bilan mehnat shartnomasi tuzildi va
10-oktyabr kuni uni bosh direktor lavozimiga biriktirish buyrug’i imzolandi. 
2-keys
 stadi

Muhim va juz’iy xarajatlar
Tariq Ltd kompaniyasi bir yil oldin yangi holatida 5000 funt sterlingga xarid 
qilingan dastgohga ega. Hozirda kompaniya ushbu dastgoh kelgusida unga kerak 
emas deb hisoblaydi. Ma’lumotlar bilan tanishib chiqqach, ushbu dastgohni joriy 
holatida 2000 funt sterlingga sotish yoki dastlab 500 funt sterlingga ta’mirlash, 
so‘ngra 3000 funt sterlingga sotish mumkinligini aniqladi. 
Kompaniya qanday yo‘l tutishi kerak: dastgohni ta’mirlangan yoki 
ta’mirlanmagan holatda sotishi kerakmi (kompaniyaning maqsadi – maksimal 
ehtimoliy pul mablag‘ini olishdan iboratligi hisobga olinganda)? 
3-keys
 stadi

X loyiha: loyihaga qo‘yish yoki sarflash? 


230 
Bir-biridan mustaqil bir necha aksiyadorlar mas’uliyati cheklangan shakldagi 
Industries Ltd kompaniyasiga egalik qiladilar. Ulardan uch nafari: miss Iger, 
mister Peshient va missis Stediga – kompaniya aksiyadorlik kapitalini tashkil 
etadigan 200 mingta oddiy aksiyaning 20 mingtadan oddiy aksiyalari tegishli. 
Hozirgi vaqtda Industries Ltd kompaniyasi faqat bitta aktivga, aynan esa, 100 000 
f. st. pul summasiga ega. Kompaniya menejmenti ushbu summani aksiyadorlarga 
dividendlar sifatida to‘lash (yuqorida qayd etilgan uch nafar aksiyadordan har 
biriga 10 000 f. st.dan, ya’ni 100 000 f. st.ning 10/1 qismini tashkil etadi) yoki 
pullarni X loyihasiga investitsiya qilish o‘rtasida ikkilanib turibdi. Ushbu 
investitsiya loyihasi dastlabki zudlik bilan butun 100 000 f. st. summa qo‘yilishini 
talab qiladi, yil mobaynida 120 000 f. st. daromad keltiradi, shundan so‘ng 
yopiladi. Loyiha amalga oshirilgan taqdirda, barcha ishlab topilgan summa keyingi 
yilda dividendlar sifatida to‘lanadi (miss Iger, mister Peshient va missis Stediga 12 
000 f. st.dan). Faraz qilaylik, ayni paytda investorlar uchun muqobil investitsiya 
loyihalari, shuningdek‚ boshqa kompaniyalar aksiyalarini xarid qilish variantlari 
mavjud emas. Bundan tashqari, pullarni qarzga olish yoki berish imkoniyati yo‘q. 
Aksiyadorlar o‘rtasida X loyihasi yuzasidan kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi 
mumkinligini taxmin qilib, kompaniya menejerlari ehtimoliy variantlarni e’lon 
qilish uchun aksiyadorlar yig‘ilishini chaqirishga qaror qildilar. Yig‘ilishda 
quyidagi uchta fikr-mulohaza bildirildi:
• Miss Iger fikricha, Industries Ltd kompaniyasi investitsiyalarni amalga 
oshirmasligi, biroq u zudlik bilan dividendlar to‘lashi kerak, chunki garchi miss 
Igerning pullarni shu zahoti sarflash niyati bo‘lmasada, biror-bir narsa xarid qilish 
zarur bo‘ladigan holatda kerakli summaga ega bo‘lishi unga yoqimli bo‘ladi. 
U qo‘shimcha 2000 f. st. dividendlar to‘lov muddati kechiktirilishi o‘rnini 
qoplaydi deb hisoblamaydi. 
• Mister Peshient so‘zlariga ko‘ra, X loyihasini amalga oshirish maqsadga 
muvofiq, chunki har qanday holatda ham uning keyingi yilgacha dividendlarni 
sarflash niyati yo‘q va 10 000 f. st. o‘rniga 12 000 f. st.ga ega bo‘lishni afzal 
biladi, shunda ularni sarflashga qaror qiladi. 
• Missis Stedi ta’kidlashicha, u – X loyihasi tarafdori, biroq zudlik bilan 
dividendlar to‘lanishi uchun ovoz berishni maqsad qilgan, chunki olti oydan keyin 
uyga yonma-yon kichik uy qurilishiga to‘lash uchun unga pullar kerak.
Kompaniyaning boshqa aksiyadorlari fikrlari ham shunga o‘xshash tarzda 
taqsimlanishi kutiladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish