O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljal



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljal 
Biroq, ba’zan menejerlarni biznes ishlarini xolisona boshqarishga undash uchun 
yutilib ketish tahdidlari yetarli bo‘lmaydi. 


31 
Xususan, menejer o‘z harakatlarida qisqa muddatli istiqbolga asoslanganda 
yutilib ketish tahdidi samarasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Aksiyadorlar manfaatlari 
uzoq muddatli daromadlilikka mo‘ljallanganda eng yaxshi tarzda ta’minlanadigan bir 
vaqtda, menejerlar manfaatlariga qisqa muddatli istiqbol (short termism)ga asoslanish 
orqali erishilishi mumkin. Bunday holat, menejerlar fikricha, ularning martabalari 
ushbu biznes bilan faqat ikki-uch yil mobaynida bog‘liq bo‘lgan, so‘ngra esa ular 
boshqa ishga o‘tib ketadigan vaziyatda yuz beradi. Shu tufayli ularning obro‘-e’tibori 
o‘z harakatlarining yakuniy natijasiga emas, balki ular hozircha ishlab turgan 
kompaniyada nima yuz berayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa, ehtimol, yanada 
muhim sababi boshqaruv xodimlariga haq to‘lash tizimi qo‘llanishidan iborat bo‘lib, 
bunda ish haqi miqdori joriy foyda hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu har ikki sabab 
qisqa muddatli istiqbol uchun mo‘ljalga moyillikni yuzaga keltirishi mumkin.
Menejmentni qisqa muddatli istiqbolga asoslanishga undashi mumkin bo‘lgan 
boshqa omil, menejerlar fikricha, investorlar uchun mazkur biznesga faqat qisqa 
muddatli mablag‘lar sarflanishi qiziqarli bo‘ladigan vaziyatdan iborat. Agar bunday 
nuqtai nazar to‘g‘ri bo‘lsa, bu menejerlari zudlik bilan foyda olishga yo‘naltirilgan 
qarorlar qabul qilmaydigan kompaniyalar aksiyalari narxi pasayishini anglatadi. 
Shunday qilib, menejerlar quyidagi ikki sababga ko‘ra qisqa muddatli istiqbolda 
foyda olishga ko‘maklashishlari mumkin: 
• Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, menejerlar ish haqi ko‘pincha kompaniyalar 
aksiyalari narxiga bog‘liq bo‘ladi: narx qanchalik yuqori bo‘lsa, mukofot puli 
shunchalik kattaroq bo‘ladi;
• Aksiyalarning past narxi biznesning yutilib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Demirag (Demirag 1998) shunday misollar keltiradiki, kompaniya menejerlari 
fikricha, investorlarning o‘zlari qisqa muddatli foyda olishga moslashadilar. Bu ushbu 
muallifning oldingi ishlarida ham tasdiqlanadi. Aksincha, Marston va Kreyven 
(Marston and Craven 1998) investorlarning uzoq muddatli foyda o‘rniga qisqa 
muddatli foyda olishga amalda moyilliklarining ishonchli dalil-isbotlari yo‘qligi 
to‘g‘risida xulosa chiqaradilar. Mazkur mualliflar shuni ham aniqlashganki, shunga 
qaramay, menejerlar haqiqatan ham investorlarga nisbatan shunday nuqtai nazarga 


32 
egalar. Ushbu xulosalarni e’tiborga olib taxmin qilish mumkinki, menejerlar 
aksiyadorlar buning tarafdori deya xato o‘ylab qisqa muddatli investitsiyalarga 
ustunlik berishga moyil bo‘ladilar. Shunga qaramay, ushbu farazni tasdiqlaydigan 
jiddiy dalil-isbotlar yo‘q. 
Kitobning keyingi boblarida biznesning asosiy moliyaviy maqsadi – aksiyadorlar 
farovonligini maksimallashtirish ekanligiga asoslanamiz. Biroq shuni doimo yodda 
tutishimiz kerakki, amaliyotda ushbu maqsad asosida qabul qilinadigan qarorlar 
kompaniyaning moliyadan tashqari vazifalariga zid kelishi mumkin. Agar shunday 
bo‘lsa, yakuniy qaror kelishtiruvchi qaror bo‘lishi mumkin. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish