O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Testlar 
1. Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy afzalligini 
belgilang. 
a) mulk huquqini oʻtkazish va yangi aksiyalar paketini emissiya qilish 
yordamida qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning nisbatan osonligi; 
b) korporatsiyalarning tarqatib yuborilishi osonligi; 
c) korporatsiyalarning birlashishi, qoʻshib olinishi, ajralib chiqishiga xalqaro 
darajada yoʻl qoʻyilmasligi; 
d) korporativ qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish uchun har doim 
ham davlat organi ruxsati talab etilmasligi. 
2. Moliyaviy instrumentlar yordamida pul mablagʻlari oqimlarini 
investorlardan foydalanuvchilarga (qarz oluvchilarga) yoʻnaltirishga xizmat 
qiluvchi barcha bozor institutlari majmui oʻzida qaysi tuzilmani ifoadalaydi? 
a) moliya bozorini; 
b) tovar xomashyo bozorini; 
c) mehnat vositalari bozorini; 
d) sugʻurta bozorini. 
3. Moliya bozori amal qilishining ob’ektiv zarurligini qanday izohlash 
mumkin? 
a) xoʻjalik subyektlarining pul mablagʻlariga boʻlgan talab va bu talabni 
qoplash uchun manbalarning har doim ham mos t
o`sha
vermasligi; 
b) davlat tomonidan majburiy tartibda tashkil etilishi va bu orqali moliyaviy 
resurslar harakatining maqsadli yoʻnaltirilishi; 
c) uy xoʻjaligidagi jamgʻarmalarning doimiy aylanishda boʻlishini 
ta’minlash maqsadida vositachilikni tashkil etish;


235 
d) moliya bozorining amal qilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida ob’ektiv 
zarurat hisoblanmaydi. 
4. Moliya bozorining funksional vazifasi toʻgʻri keltirilgan javobni 
belgilang. 
a) pul mablagʻlarini egasidan (investordan) foydalanuvchiga tomon 
harakatlantirishda vositachi sifatida ishtirok etish; 
b) davlat byudjeti defitsitini inflyatsiyasiz yoʻllar bilan qoplashni tashkil 
etish; 
c) investorlarni bir joyga jamlash orqali pul mablagʻlari harakatini samarali 
tashkil etish; 
d) real sektor va moliyaviy sektorning oʻzaro bogʻliq faoliyatini samarali 
yoʻlga qoʻyish. 
5. Qaysi tushuncha aniq bir turdagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha ularga 
boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda mumkin boʻlgan yillik (oylik) savdo 
koʻlamini anglatadi? 
a) moliya bozori sigʻimi; 
b) moliya bozori koʻlami; 
c) moliya bozori rivojlanish darajasi; 
d) kredit sigʻimi. 
6. Moliya bozorining rivojlanishi uchun zarur boʻlgan omillarni toʻgʻri 
keltirilgan javobni belgilang. 
a) talab va taklifning doimiy ravishda oʻsib borishi; 
b) talabning doimiy ravishda oʻsib borishi; 
c) taklifning doimiy ravishda oʻsib borishi; 
d) davlat tomonidan zaruriy shart-sharoit yaratish. 
7. Korporativ qimmatli qogʻozlar bozori, davlat qarz majburiyatlari bozori, 
hosilaviy fond instrumentlari (hosilaviy qimmatli qogʻozlar yoki derivativlar) 
bozori va boshqalar ....... hisoblanadi.
a) moliya bozori mustaqil segmentlari
b) qimmatli qogʻozlarning alohida sohalari; 
c) qimmatli qogʻozlarning tasniflanishi; 
d) korporativ va davlat qimmatli qogʻozlarning oʻzaro farqli jihatlari. 
8. Amaliyotda investorlar tomonidan qimmatli qogʻozlarga talab quyidagi 
omillar ta’siri ostida shakllanadi: 
a) daromadlilik, risk darajasi va likvidlilik; 
b) qimmatli qogʻozlarning faoliyat doirasi, kompaniyaning xalqaro harakati; 
c) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, foyda soligʻi stavkasi; 
d) moliyaviy bozorining rivojlanish darajasi, qayta moliyalash stavkasi. 
9. Qimmatli qogʻoz boʻyicha bozor bahosining uning nominalidan keskin 


236 
darajada farq qilishi nimaga sabab boʻladi? 
a) soxta kapital yuzaga kelishiga; 
b) moliya bozori beqarorlashuviga; 
c) qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishiga; 
d) byudjet defitsitining qimmatli qogʻozlar orqali qoplanishiga. 
10. Obligatsiya va aksiyaning bir-biridan farqli jihati toʻgʻri koʻrsatilgan 
javobni belgilang. 
a) obligatsiya qarz munosabatini, aksiya ulush munosabatini anglatadi; 
b) obligatsiya ulush munosabatini, aksiya qarz munosabatini anglatadi; 
c) har ikkalasi ham ulush munosabatini anglatadi, faqat aksiya imtiyozli 
tartibda amal qiladi; 
d) har ikkalasi ham qarz munosabatini anglatadi, faqat obligatsiya boʻyicha 
majburiyat birinchi soʻndiriladi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish