Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Mualliflar 
jamoasi
S.Elmirzayev,  N.Tursunova,  N.Sherqoʻziyeva, 
D.Abdikarimova, M.Zokirjonov, Sh.Elmurodov 
 
 
 
 



 
I bob. MOLIYA BOZORINING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Moliya  bozorining  iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari, tarkibiy 
qismlari  
Biznes  samaradorligi  (rentabelligi)ni  oshirish  masalasi  bugungi  iqtisodiy 
sharoitda eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Biznes samaradorligining oshib 
borishi oʻz navbatida davlat moliyaviy barqaroligi taʼminlanishi bilan birga keskin 
raqobat  sharoitida  jahon  bozorida  mustahkam  oʻrin  egallashda  ham  muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda arzon kapital jalb qilish va boshqa tomondan kapitalni 
samarali  joylashtirish  muhim  omillardan  biridir.  Qoʻyilgan  har  ikkala  vazifani 
ijobiy  hal  qilishda  moliya  bozorining  amal  qilish  mexanizmi  yordamga  keladi. 
Aynan moliya bozori iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sifatida amal 
qilishi  zarar  koʻrib  ishlayotgan  korxonalarning  bozordan  chiqib  ketishiga  sabab 
boʻladi,  kapital  isteʼmolchisining  oʻz  faoliyatini  toʻgʻri  tashkil  etishga  majbur 
qiladi,  iqtisodiy  taraqqiyotni  jadallashtirish  imkonini  beruvchi  texnologik 
innovatsiyalarni  doimiy  qoʻllab-quvvatlaydi,  investitsiya  loyihalaridan  eng 
samaralisini tanlashni shart qilib qoʻyadi. 
Moliya  bozorida  pul,  kredit,  qimmatli  qogʻozlar,  valyutalar,  sugʻurta 
polislari,  pensiya  jamgʻarmalari,  qimmatbaho  metallar,  hosilaviy  moliyaviy 
instrumentlar va boshqalar maxsus tovar sifatida muomalada boʻladi. Bunda tijorat 
banklari,  birjalar,  jamgʻarma  institutlari,  jamoaviy  investitsiyalash  kompaniyalari 
va  boshqalar  asosiy  vositachilar  sifatida  koʻzga  tashlanadi.  Moliya  bozorida 
kapitalga boʻlgan talab  va taklif asosida  vositachilar  yordamida kapitalni kreditor 
va qarz oluvchi oʻrtasida qayta taqsimlash  mexanizmi amal qiladi. Shundan kelib 
chiqqan holda amaliyotda pul mablagʻlari oqimini haqiqiy egasidan qarz oluvchiga 
va aksincha yoʻnaltiruvchi moliya-kredit institutlari faoliyati tashkil etiladi. Moliya 
bozorining asosiy funksiyasi boʻsh pul mablagʻlarini ssuda kapitaliga aylantirishda 
ham  namoyon  boʻladi.  Tashkiliy  nuqtai  nazardan  moliya  bozoriga  moliyaviy 
instrumentlar  emissiyasi,  xaridi  va  savdosini  amalga  oshiruvchi  iqtisodiy 
subyektlar,  moliya  institutlari  jamlanmasi  sifatida  ham  qaralishi  mumkin.  Har  bir 
moliya  instituti  moliyaviy  instrumentlarning  aniq  bir  toʻplami  bilan  u  yoki  bu 
operatsiyani  amalga  oshirish  boʻyicha  aniq  vakolatga  egaligini  alohida  taʼkidlash 
lozim. 
Moliya  bozorining  asosiy  vazifasi  sifatida  moliyaviy  resurslarning  yakuniy 
isteʼmolchilari  oʻrtasida  jamgʻarmani  samarali  taqsimlashni  taʼminlash  masalasi 
qoʻyiladi.  Bu  masalani  hal  qilish  ham  obyektiv,  ham  subyektiv  sabablarga  koʻra 
murakkablik kasb etadi. Chunki moliya bozori ishtirokchilari manfaatlari bir-biriga 
qarama-qarshiligi,  moliyaviy  majburiyatlarni  bajarish  boʻyicha  risklarning 
yuqoriligi  va  boshqa  holatlar  vazifaning  toʻliq  bajarilishiga  imkon  bermaydi. 
Moliya  bozori  aholi  jamgʻarmalarini  investitsiyalarga  aylantirishning  asosiy 
mexanizmi  hisoblanadi,  u  investor  va  jamgʻaruvchi  manfaatlarining  oʻzaro 
muvofiqligini  taʼminlaydi.  Yuqoridagilar  asosida  moliya  bozori  mohiyatiga 
toʻxtalib oʻtamiz. 



 
Gʻarb  iqtisodiy  adabiyotlarida  moliya  bozorlari  pul  mablagʻlari  oqimini 
jamgʻaruvchidan  qarz  oluvchiga  yoʻnaltiruvchi  bozor  institutlari  jamlanmasi 
sifatida  keltiriladi
1
.  Frederik  Mishkin  ortiqcha  mablagʻlarga  ega  odamlardagi  pul 
mablagʻlarini  pul  mablagʻlari  yetishmayotganlariga  oʻtkazib  berishga  xizmat 
qiluvchi  bozorlarni  moliya  bozorlari  deb  ataydi
2
.  Keltirilayotgan  taʼriflar  asosida 
taʼkidlash  mumkinki,  moliya  bozori  –  moliyaviy  instrumentlardan  foydananish 
asosida  moliyaviy  vositachilar  orqali  vaqtincha  boʻsh  pul  mablagʻlarini  qayta 
taqsimlash yuza beradigan bozordir. 
Moliya  bozorisiz  yirik  kapitalni  jalb  qilish  va  yirik  loyihalarga 
investitsiyalash  murakkab  masaladir.  Sotuvchi  va  xaridorlar  sonining  koʻpligi 
natijasida  shakllangan  raqobat  mexanizmi  orqali  bozorda  moliyaviy  aktivga 
nisbatan  yagona  bozor  bahosi  shakllanadi  va  axborot  shaffofligiga  erishiladi. 
Bugungi  yuqori  texnologik  imkoniyatlar  sharoitida  maxsus  vositachilik 
tuzilmalaridagi koʻp sonli operatsiyalar hisobiga pul va boshqa aktivlar muomalasi 
xarajatlari  pasaytirilishi,  risklar  sugʻurtalanishi,  sotiladigan  aktivlar  turlari 
kengayishi yuz bermoqda.  
Moliya  bozorining  rolini  chuqurroq  anglash  uchun  uning  funksiyalarini 
bilish  talab  etiladi.  1997  yil  iqtisodiyot  boʻyicha  Nobel  mukofoti  laureati  Robert 
Merton moliya bozorining quyidagi funksiyalarini ajratib koʻrsatadi: 
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash; 
- kapital jamlash va korxonalarga ulush kiritish; 
- toʻlov-hisob-kitob; 
- risklarni boshqarish; 
- axborot; 
- axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish. 
Moliya bozorining ishtirokchilari sifatida kapital jalb qiluvchilar, investorlar, 
vositachilarni  ajratib  koʻrsatish  mumkin.  Bunda  oʻz-oʻzidan  ayonki  kapital  jalb 
qiluvchilar mohiyatan qarz oluvchilar sifatida namoyon boʻladi. Investorlar esa oʻz 
kapitallarini vositachilar orqali joylashtiradilar (1.1-rasm). 
 
1.1-rasm. Moliya bozori ishtirokchilari 
Tijorat  banklari,  birjalar,  jamgʻarma  institutlari,  kollektiv  investitsiyalash 
institutlari  va  boshqalar  moliya  bozorida  asosiy  vositachilar  hisoblanishadi. 
                                                
1
Долан Э.Дж., Кэмпбелл К.Д. Деньги, банковское дело и денежно-кредитная политика. М. ;  СПб., 1993.  С. 
15.  
2
 Frederick S. Mishkin, Kent Matthews and Massimo Giuliodori. The economics of money, banking and financial 
markets. – UK. Pearson, 2013 - P. 3.; Frederic S. Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 
USA. Prentice Hall, 2012. – P2. 
Капитал жалб 
қилувчилар 
(қарз олувчилар) 
Капитал жалб 
қиладилар 
Инвесторлар 
Капитал 
жойлаштиради 
Воситачилар 
Молиявий 
хизматлар 
тақдим этади 



 
Ularning barchasi alohida operatsiyalarni bajarish orqali kapital egasi va kapitalga 
ehtiyojmand shaxslarning oʻzaro birlashishiga koʻmaklashadi (1.2-rasm). 
 
1.2-rasm. Moliya bozorida vositachilar tiplari 
 
Moliya  bozoriga  moliyaviy  instumentlar  bozori  sifatida  yondashiladi. 
Moliyaviy  instrument  –  qarz  majburiyati  yoki  ulush  munosabatini  yuzaga 
keltiruvchi  moliyaviy  aktivdir.  Moliyaviy  instrumentlar  bozor  ishtirokchilari 
oʻrtasidagi  bitim  natijasida  shakllangan.  Bunda  bitimning  bir  ishtirokchisi 
moliyaviy  aktivni  qoʻlga  kiritganda  ikkinchi  tomonda  moliyaviy  majburiyat 
yuzaga  keladi.  Shunday  qilib,  moliyaviy  aktiv  moliyaviy  majburiyatlar  boʻyicha 
toʻlovlarni  talab qilish  huquqini beradi, tashkilot yoki  fuqarolarga tegishli  mulkiy 
huquqlarni oʻzida jamlaydi.  
Har  qanday  bozor  oʻz  segmentlariga  ega  boʻlgani  kabi  moliya  bozori 
maʼlum  bir  xususiyatlariga  koʻra  tarkibiy  qismlarga  ega.  Moliya  bozori  tarkibi 
odatda unda muomalada boʻladigan aktivlarga koʻra ajratiladi (1.3-rasm). 
 
1.3-rasm. Moliya bozori tarkibi 
 
Moliya  bozori  tarkibida  keltirilgan  har  bir  bozor  boʻyicha  keyingi 
mavzularda alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz. 
• Тижорат банклари 
• Махсус жамғарма муассасалари 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish