Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Moliyaviy kompaniyalar 
Individual  investorlarga  kreditlar  taqdim 
etadi; 
Sugʻurta kompaniyalar 
Oʻz likvidliligini yoʻqotmaslik uchun pul 
bozoriga investitsiya kiritadi; 
Pensiya fondlari 
Risklilik  darajasi  past  boʻlganligi  uchun 
pul 
bozori 
instrumentlariga 
oʻz 
mablagʻini investitsiya qiladi; 
Individual investorlar 
Oʻz  mablagʻlarini  pul  bozori  investitsiya 
fondiga yoʻnaltiradi; 
Pul 
bozorining 
investitsiya 
fondlari 
Kichik  investorlarga  oʻz  mablagʻlarini 
yirik  miqdorda  sotiladigan  pul  bozori 
instrumentlarini 
sotib 
olish 
uchun 
investitsiya qilish imkonini beradi 
Pul  bozori  ishtirokchilarini  qimmatli  qogʻozlarni  sotuvchilar  va  sotib 
oluvchilar  kabi  ishtirokchilarga  boʻlishning  iloji  yoʻq.  Sababi  ishtirokchilarning 
asosiy  qismi  ikkala  vazifani  ham  bajaradi.  Misol  uchun,  banklar  yirik  miqdorda 
depozit  sertifikatlarini  emissiya  qilish  orqali  mablagʻlarni  jalb  qilishi  hamda 
korxonalarga qisqa muddatli kreditlarni ham berishi mumkin.  
                                                
5
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall, 2012.– P. 259  
 


16 
 
Pul  bozori  ishtirokchilari  va  ularning  pul  bozoridagi  oʻrniga  atroflicha 
toʻxtalib oʻtamiz.  
Xalqaro  amaliyotga  koʻra,  Moliya  vazirliklarining  asosiy  vazifalaridan  biri 
Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyosatini barqarorlashtirish 
hamda  byudjet  defitsitini  qoplash  hisoblanadi.  Bu  vazifani  amalga  oshirish  uchun 
ular qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar (xazina majburiyatlari)ni emissiya qiladi va 
joylashtirilgan  qimmatli  qogʻozlar  hisobiga  jalb  qilingan  mablagʻlar  tegishli 
maqsadlarda ishlatiladi. Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish vaqti kelganida esa davlat 
byudjeti mablagʻlari hisobidan ular qoplanadi.  
Tijorat  banklari  hukumat  tomonidan  emissiya  qilingan  qimmatli 
qogʻozlarning  eng  asosiy  sotib  oluvchilaridan  biri  hisoblanadi.  Buning  asosiy 
sabablaridan  biri  banklarga  investitsion  faoliyat  uchun  qoʻyilgan  cheklovlar 
hisoblanadi.  Aniqroq  aytadigan  boʻlsak,  koʻplab  mamlkatlarda  banklarga  risklilik 
darajasi  yuqori  boʻlgan  aksiyalar  hamda  korporativ  obligatsiyalarni  sotib  olish 
taʼqiqlangan.  Risklilik  darajasi  pastligi  hamda  likvidlilik  darajasi  yuqori 
boʻlganligi  sababli  davlat  qimmatli  qogʻozlarini  sotib  olish  boʻyicha  cheklovlar 
mavjud emas.   
Koʻplab korxonalar pul bozorida faol tarzda ishtirok etishadi, yaʼni ular oʻz 
qimmatli  qogʻozlarini  emissiya  qilib,  pul  bozoriga  joylashtirish  orqali  sotishi, 
shuningdek  qoʻshimcha  pul  mablagʻlarini  foyda  koʻrish  maqsadida  pul  bozori 
instrumentlariga  investitsiya  qilishlari  ham  mumkin.  Ammo,  pul  bozori 
instrumentlariga  investitsiya  kiritishdan  asosiy  koʻzlangan  maqsad  bu  foyda 
koʻrish  emas,  oʻz  mablagʻlarini  qiymatini  hamda  likvidliligini  ushlab  turish 
hisoblanadi.  
Investitsiya kompaniyalari  pul bozorining  likvidlilik darajasini taʼminlovchi 
vositachilar  hisoblanishadi.  Chunki,  ular  asosan  individual  investorlarning 
mablagʻlaridan  investitsion  fondni  shakllantiradi  va  kompaniya  menejeri 
tomonidan  maʼqul  koʻrilgan  qimmatli  qogʻozlarga  investitsiya  kiritiladi.  Agarda 
biror  bir  individual  investor  oʻz  mablagʻlarini  qaytarib  olmoqchi  boʻlsa, 
investitsiya  fondi  ushbu  investorga oʻz  mablagʻlarini qaytarib  beradi. Shu sababli 
pul bozori instrumentlari uchun ikkilamchi bozor talab etilmaydi. Bundan tashqari 
investitsiya  kompaniyalari  yuqori  daromadli  investitsion  loyihaning  uchrab  qolish 
ehtimolini  inobatga  olgan  holda,  aksariyat  mablagʻlarini  pul  bozori 
instrumentlarini sotib olishga yoʻnaltiradi.  
Xorijiy amaliyotga koʻra moliyaviy kompaniyalar tijorat qogʻozlarini sotish 
orqali  dastlab  mablagʻni  shakllantirib  oladi,  soʻngra  esa  ushbu  mablagʻni 
mijozlarga  qisqa  muddatli  kreditlar  sifatida  taqdim  etadi  va  pul  bozorida  oʻz 
faolligi bilan ajralib turadi.  
Asosan  mol-mulkni  hamda  tabiiy  ofatlarga  qarshi  sugʻurtalovchi  sugʻurta 
kompaniyalari pul bozorining faol ishtirokchilaridan hisoblanadi. Sababi bu turdagi 
sugʻurta  kompaniyalarida  kutilmagan  vaziyatda  katta  miqdordagi  mablagʻga 
zarurat  tugʻilishi  mumkin.  Shu  sababdan  ular  oʻzlarining  likvidliligini 
yoʻqotmaslik  uchun  oʻz  mablagʻlarining  asosiy  qismini  pul  bozoriga  yoʻnaltiradi. 
Misol  uchun,  2004  yilda  AQSHning  Florida  shtatida  yuz  bergan  kuchli  toʻfon 


17 
 
tufayli  sugʻurta  kompaniyalari  qariyb  1  milliard  AQSH  dollariga  teng  boʻlgan 
miqdordagi mablagʻni ushbu toʻfondan tafolat koʻrganlarga sugʻurta badali sifatida 
toʻlagan.  Ushbu  majburiyatni  bajarish  uchun  sugʻurta  kompaniyalari  oʻzlaridagi 
pul bozori instrumentlarining bir qismini sotgan.  
Pensiya  fondlari  oʻz  mablagʻlarining  bir  qismini  aksiya  va  obligatsiya 
bozorida  foydaliroq  investitsion  imkoniyatlar  yuzaga  kelgan  vaqtda  undan 
foydalanish  maqsadida  yetarli  mablagʻga  ega  boʻlish  uchun  pul  bozoriga 
investitsiya  kiritadi.  Sugʻurta  kompaniyalari  singari  pensiya  fondlari  ham  yuqori 
likvidlilikga ega boʻlishi lozim. Sugʻurta kompaniyalaridan  farqli oʻlaroq  pensiya 
fondlarining  majburiyatlari  miqdori  va  ularni  bajarish  vaqtlarini  oldindan  tahlil 
qilish unchalik qiyin hisoblanmaydi.  

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish