Axborot agentligi – maxsus axborot tashkiloti boʻlib, ommaviy axborot
vositalarini fond birjasi savdolari va faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berib boradi.
Uning asosiy vazifasi – fond birja faoliyatida yuz berayotgan muhim voqealar,
misol uchun, aksiyalarning yangi emissiyasi, IPO jarayoni, aksiyalar kotirovkasi,
qarz qimmatli qogʻozlar emissiyasi, savdosi, qoplanishi, daromadliligi va
boshqalar haqida axborotlar yigʻish, ularni tahlil qilish, ommaviy axborot
vositalariga uzatish kabilarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |