Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarning  chiqarilishini  davlat  roʻyxatidan



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarning  chiqarilishini  davlat  roʻyxatidan 
oʻtkazuvchi  tashkilot  amalga  oshiradi.  Emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarning 
chiqarilishini  davlat  roʻyxatidan  oʻtkazish  qimmatli  qogʻozlar  bozorini  tartibga 
solish  boʻyicha  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  emitentning  arizasi  asosida 
amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: 

emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror; 

qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi; 

blanka namunasi; 

roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlar. 
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi 
emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarning  chiqarilishini  roʻyxatdan  oʻtkazish  uchun 
taqdim  etilgan  hujjatlar  olingan  sanadan  eʼtiboran  oʻttiz  kun  ichida  davlat 
roʻyxatidan  oʻtkazishi  yoki  emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarning  chiqarilishini 
davlat  roʻyxatidan  oʻtkazishni  rad  etish  toʻgʻrisida  asoslantirilgan  qaror  qabul 
qilishi shart. 
Emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarning  chiqarilishi  davlat  roʻyxatidan 
oʻtkazilayotganida  emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarni  chiqarish  toʻgʻrisidagi 
qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat 
roʻyxatidan  oʻtkazilganligi  toʻgʻrisida  belgi  qoʻyiladi  va  emissiyaviy  qimmatli 
qogʻozlarning chiqarilishiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami koʻrsatiladi. 
Emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlar  chiqarilishini  davlat  roʻyxatidan  oʻtkazish 
uchun  taqdim  etiladigan  hujjatlarning  toʻgʻriligi  uchun  javobgarlik  emitent 
zimmasida boʻladi. 
Kliring  —  qimmatli  qogʻozlar  savdosining  tashkilotchilari  tomonidan 
roʻyxatdan  oʻtkazilgan  qimmatli  qogʻozlarga  doir  bitimlar  boʻyicha  oʻzaro 
majburiyatlarni  aniqlash,  aniqlashtirish  va  hisobga  olishdir.  Kliring  qimmatli 
qogʻozlar  savdosining  tashkilotchisi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunda  bitimlar 
natijalari  boʻyicha  qimmatli  qogʻozlardagi  va  pul  mablagʻlaridagi  hisob-kitoblar 
qimmatli  qogʻozlar  savdosi  tashkilotchisining  kliring  topshirigʻi  asosida  amalga 
oshiriladi.Kliringni amalga oshirish tartibi  qonun  hujjatlari va qimmatli qogʻozlar 
savdosini tashkil qilish qoidalari bilan belgilanadi. 


159 
 
Netting – mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga 
nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usulidir. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish