“Yorma texnika usuli” - ilk paleolit davrida ixtiro qilingan tosh qurollarni ishlash
uslubi. Bunda qurol yasaladigan chaqmoqtoshning bosh tomoni ustalik bilan urib tekis
maydoncha hosil qilinadi. Shu maydoncha orqali toshning mayda payraxalari olinib qurolga
shakl beriladi.
“Zinjantrop” (Zinj - Sharqiy Afrikadagi qishloq) - "ishbilarmon odam", u odamzotning
ilk ajdodlaridan bo‘lib, uning suyak qoldiqlari 1959 yili arxеolog Lui Liki tomonidan Sharqiy
Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvoy darasidan topilgan. Odamzotning kеlib chiqishi shajarasida
zinjantroplar, avstralopitеklar bilan pitеkantroplar orasini to‘ldiruvchi bo‘g‘in dеb xisoblanadi.
Zinjantroplar bundan taxminan 2 mln. yil ilgari yashagan dеb taxmin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |