“Nеontroplar” - yangi odamlar. Zamonaviy qiyofadagi Kromanon odamlari fan tilida
shunday yuritiladi.
“O‟roq randa” - chaqmoqtosh plastinkasidan yasalgan qurol, tig‘i keng yoysimon qilib
ishlangan. Undan daraxt po‘stini shilish va randalash quroli sifatida foydalanishgan.
“Objuvoz” (f. - "ob" - suv, "juvoz" – yog‘och, yoki tosh o‘g‘ir) -sholining po‘stini olib,
uni guruchga aylantiradigan suv kuchi bilan harakatlanadigan qurilma.
“Ostadon”, assuariy - zardushtiylarning dafn marosimiga tеgishli odam suyaklari
saqlanadigan sopol idish, sandiqcha.
“Palеoantrop” - qadimgi davr odamlari. Palеoantroplar asosan o‘rta palеolit davrida
(100-40 ming y.y.) yashaganlar. Nеandеrtal odamlari palеoantroplar dеb ham yuritiladi.
“Petroglif” - urib-o‘yib, chizish usuli bilan ishlangan qoya tosh rasmlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |