“Nasta'liq xati” - XIV asrda shakllangan arab mumtoz xati uslublaridan biri bo‘lib, XV
asrda O‘rta Osiyo hududlariga ham kеng tarqaladi. Nasx va ta'liq xatlari asosida yaratilganligi
uchun shunday nomlangan. Nasta'liq xatida yozilgan yozuvlarning 5/6 qismi egri, 1/6 qismi esa,
to‘g‘ri chiziqlar asosida yoziladi.
“Nishopur” - Mashhaddan g‘arbda, shimoliy-sharqiy Eronning yirik shaharlaridan biri.
Tohiriylar davlatining (821-873) poytaxti, shuningdеk IX-XIII asrning birinchi choragida
Xurosonning markaziy shahri. Uch marta 1153 yili ko‘chmanchi o‘g‘uzlar, 1221 yili mo‘g‘ullar
talofati va 1250 yilgi qattiq zilzila oqibatida tamoman vayron bo‘lgan. Yangi Nishopur eski
Nishopurning g‘arbiy tarafida barpo qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |