O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti



Download 14,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/205
Sana28.07.2021
Hajmi14,42 Mb.
#130770
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   205
Bog'liq
Arxeologiya 1

«Bukchaytirilgan  skletlar»  -  murdalarni  yonboshlab,  oyoqlari  bukilgan  holatda 
ko‘milishi, odamning dunyoga kelishi, ibtido va intiho haqidagi tasavvurlarning inikosi sifatida, 
ona qornida va yer bag‘rida bir holatda bo‘lishini aks etirilishidir. 
Yevropada  bronza  davri  chorvador  qabilalari  o‘ziga  xos  katta  birliklarni  tashkil  etadi. 
Sopol buyumlarning shakli va naqshlari o‘z birliklarga xos bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qilgan. 
Masalan, Janubiy Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Pol‘sha, Chexiya, Frantsiya, Venetsiya, 
hududlarida, xatto MDH davlatlari territoriyalarida chilvir naqshli sopol buyumlar keng tarqalgan. 
Angliya,  Frantsiya,  Ispaniya,  G‘arbiy  Germaniya  hududlarida  esa,  oddiy,  o‘ziga  xos  shakldagi 
sopol buyumlar tarqalgan. 
Yer yuzining ko‘plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgor-liklari topilgan. Arxeologlar 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  maishiy  munosa-batlarni  yodgorliklardan  topilgan  moddiy  topilmalarni 
o‘rganish  orqali  tiklab,  bronza  davri  kishilari  hayoti  va  faoliyati  haqida  ma‘lumotlarga  ega 
bo‘ldilar.  Sharqiy  O‘rta  yer  dengizi  bo‘ylarida,  xususan  Falastinda  bronza  davrida  shahar  tipi 
markazlari paydo bo‘lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan 
ilk  bronza  davrida  kulolchilik  charxi  paydo  bo‘ladi.  Ushlagichli  cho‘zinchoq  ko‘zalar  va  turli 
shakldagi  idishlar  bronza  davrida  keng  tarqaladi.  Falastin  yodgorliklarida  bronza,  mis,  kumush 
metali  keng  ishlatilgan.  Hatto  milddan  avvalgi  III  ming  yillik  oxirlarida  kumush  idishlar  keng 
tarqalgan. Falastinda bronza davriga mansub kumush xazina topilgan. U 35 xil predmetdan iborat 
bo‘lib,  uning  tarkibida  turli  buyumlar,  idishlar,  bezaklar  bo‘lgan.  Bronza  davri  manzillari 
ko‘pincha mudofaa devorlari, bilan o‘ralgan, to‘g‘ri burchakli binolardan iborat bo‘lgan. Bu davr 
shahar  xarobalarining  o‘rni  2-4ga  etadi  va  buyumlarning  joylanishi,  qurilishi  shakli  o‘ziga  xos 
reja asosida bo‘lgan. 
Falastin  yodgorliklari  mudofaa  devorlari  bilan  o‘ralgan  bo‘lib,  bu  devorlarning  eni  4,5 
metrdan to 8 metrgacha bo‘lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar bilan o‘ralgan. Fara 
shahri  xarobasi  hisoblanadi.  Shahardan  ijtimoiy  xarakterdagi  binolarning  qoldiqlari  topilgan. 
Yuqori  tabaqa  uylari,  mahalliy  hukmdorlarning  saroylari  ham  mavjud  bo‘lgan.  Shahardan  unga 
uzoq bo‘lmagan joyda qabriston joylashgan.  Bu  erda  (Ochiq  Qabr) kollektiv qabrlar bo‘lib, har 
bir qabrda 50-90 murdaning qoldig‘i bo‘lgan. Hatto, bir qabrga 300 kishi ko‘milgan. Qabrlardan 
kulolchilik buyumlari (idishlar), zeb-ziynat va ayrimlaridan metal buyumlar topilgan. 
Miloddan  avvalgi  3-2  ming  yilliklarda  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  o‘zgaradi.  Bu 
davrga  oid  bo‘lgan  Iordan  vohasidagi  Xazor  xarobasi  50  gani  tashkil  etadi.  U  poytaxt,  ya‘ni 
markaz vazifasini o‘tagan. Xarobada ibodatxona qoldig‘i va zadagon kishilarning uylari qoldiqlari 
topilgan.  Ilk  sinfiy  munosabatlar  mavjud  bo‘lganligini  bildiruvchi  topilmalar  –  yuqori  tabaqa, 
oziq-ovqat omborlari o‘rganilgan. 
Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub bo‘lib, u miloddan avvalgi III 
ming yillik bilan belgilanadi. Qumtepa yodgorligi tosh arxitekturasining ajoyib namunasi bo‘lib, 
unda  uylar  poydevorigina  emas,  balki  xonalar  ham  toshdan  urilgan.  Kichik  Osiyoda  bronza 
davriga oid bo‘lgan Troya I, Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va o‘rganilgan. 
Miloddan  avvalgi  III  ming  yillik  oxirlarida  hunarmandchilikni  rivojlanishi  shaharlarning 
gullab-yashnashiga sabab bo‘lgan. Markaziy Osiyo shaharlari – Troya II, Polisxni V, Axlatenbel 
1-2  ga  maydonni  tashkil  etgan.  Beyjesulton  shahar  xarobasining  maydoni  24ga  teng  bo‘lib, 
yodgorlik  xarobalardan  shahar  xususiyatiga  xos  elementlar,  hukmdor  saroyi,  ijtimoiy  bino 
qoldiqlari topilgan va o‘rganilgan. 
Elamning bronza davri yodgorliklari – Eron hududida Suza kompleksi bo‘lib, u miloddan 
avvalgi  III  ming  yillikning  birinchi  yarmiga  oiddir.  Suza  kompleksidan  buqa,  echki,  baliq,  .  .  . 
suratlari solingan kulolchilik buyumlari, bronza qurollar – bolta, xanjar, qadimgi Elam yozuvi aks 
ettirilgan plastinkalar topilgan. 
MDH  davlatlari  hududida  ham  bronza  davri  yodgorliklari  o‘rganilgan.  Janubiy  Sibir‘ 
hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas‘ev madaniyati bo‘lib, u miloddan 
avvalgi III ming yillikka oid. Afanas‘ev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo‘yida joylashgan. 
Afanas‘ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o‘rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur 


 
 
65 
 
qabrlar bo‘lib, unga murdalar yonlab qo‘yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari 
qoldiqlari saqlangan. 
Miloddan avvalgi II ming yilliklarda G‘arbiy Sibir‘ xududida Andronov madaniyati keng 
tarqalgan.  Andronovo  madaniyati  tipi-  Janubiy  Sibir‘,  Janubiy  Ural,  Qozog‘iston  shimoliy 
hududiga mosdir. Andronovo madaniyati qabrlar va makonlardan iborat bo‘lgan. Qabrlar – to‘g‘ri 
burchakli  bo‘lib,  yog‘och  va  tosh  plitalar  bilan  yonlari  mustahkamlangan.  Andronovo 
madaniyatiga  oid  makonlarda  metallurgiya,  chorvachilik,  motiga  dehqonchiligi  rivojlangan. 
Ko‘plab jez qurollar, don qoldiqlari topilgan. 

Download 14,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish