Omonqo‟ton g‟or-makoni Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog‘ tizmasining g‘arbiy
yonbag‘rida joylashgan Omonqo‘ton qishlog‘i yaqinida joylashgan. G‘orning kengligi 1,5 m,
balandligi 0,9 m, chuqurligi 25 m. G‘or-makonning madaniy qatlamlaridan qirg‘ich, paykon,
plastinkalar, nukleuslar, qo‘l chopqilari, Osiyo mufloni (arxar), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ echkisi
suyagi, gulxan qoldiqlari topilgan. Bu yerda yashagan qadimgi odamlar asosan ovchilik va
termachilik bilan shug‘ullanishgan.
Obirahmat g‟or-makoni Toshkent shahridan 100 km shimili-sharqda, G‘arbiy Tyan-
Shan – Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilidi joylashgan. Qazuv ishlari jarayonida
21 ta madaniy qatlam mavjud ekanligi aniqlandi. Ko‘plab tosh qurollar, har xil hayvonlar
suyaklari, gulxan va kul qoldiqlari topilgan.
Olimlarning farazlariga ko‘ra, bu yodgorlikda odamlar bundan 120-40 ming yil
muqaddam istiqomat qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |