Tijorat banklarida asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning hisobi
Banklarda asosiy vositalarga eskirish hisoblash, foydalanishga berilgan hisobot oyining 15-sanasigacha bo'lganda, oyning 1-sanasidan, agar 15-sanadan keyin bo'lsa, keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblanadi. Asosiy vositalarning
amortizatsiyalanadigan summasi ulaming foydali xizmat qilish muddati mobaynidagi oylar bo'yicha mutanosib ravishda bank xarajatlariga o'tkazilib boriladi. Asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati quyidagicha ikki sababga ko'ra chegaralanadi:
a) jismoniy eskirishi- asosiy vositalarning xizmat qilish muddati davomida bank xizmatlarini amalga oshirish jarayoniga o'z qiymatini asta-sekinlik bilan o'tkazib borish xususiyatidir;
b) ma’naviy eskirishi- asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ulaming
eskirib borisi yoki zamonaviy takomillashgan turlarining ishlab chiqilishi natijasida
mehnat unumdorligi pasayib borishi tushuniladi.
Ob’ektning foydali xizmat qilish muddati bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan
xizmatlar hajmida, yurish ko'rsatgichida (agar avtomobil nazarda tutilsa) o'lchanishi
mumkin. Aktivning foydali xizmat qilish muddatini aniqlanishi lozim.
Asosiy vositaning foydali xizmat qilish muddati, uning dastlabki
ko'rsatkichlarini yaxshi laydigan keyingi xarajatlar natijasida uzaytirilishi mumkin va aksincha, texnologik o'zgarishlar yoki xizmat ko'rsatish bozoridagi o'zgarishlar
aktivning foydali xizmat qilish muddatini qisqartirishi mumkin. Bunday hollarda
foydali xizmat qilish muddati va shundan kelib chiqib, amortizatsiya me’yori joriy va kelgusi davrlar uchun taqsimlanadi.
Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi uning boshlang'ich qiymatidan
tiklash qiymatini ayirish yo'li bilan aniqlanadi. Amaliyotda, aktivning tugatish qiymati ko'pincha juda kichik miqdomi tashkil etganligi sababli, amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlashda unchalik ahamiyatga ega emas.
Banklarda foydalanishda bo'lgan asosiy vositalarga amortizatsiya quyidagi
usullardan birini qo'llash yo'li bilan hisoblanadi:
1. To'g'ri chiziqli usul;
2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda teng taqsimlash usuli;
3. Tezlashtirilgan usul;
3.1. Yillar yig'indisi usuli (kumulyativ usul);
3.2. Kamayadigan qoldiq usuli.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash bo'yicha tanlangan usul hisob siyosatidan kelib chiqib belgilanishi va ketma-ket tartibda bir hisobot davridan keyingi hisobot davrigacha qo'llanilishi hamda tanlangan usul yil davomida o'zgarmasligi, amortizatsiya usulini tanlashda foydalanilayotgan ob’ektning nimaga
mo'ljallanganligidan va ushbu usulni mazkur ob’ektga nisbatan qo'llashning
maqsadga muvofiqligidan kelib chiqish lozim.
1. Bir tekisda (to'g'ri chiziqli) hisoblash usuli doimiy eskirish summasini asosiy vositalarning qiymatidan kelib chiqqan holda ulaming foydali xizmat qilish muddati davomida teng taqsimlashdan iborat. Bunda, quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Bunda,
Yes- yillik eskirish summasi, AQ- aktivning amortizatsiya qiymati, Em- eskirish me’yori, Axqm- aktivning xizmat qilish muddati, Oes- oylik eskirish summasidir.
2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutonasib ravishda teng taqsimlash usuli – asosiy vositalarning eskirish miqdorini hisoblash uchun ulaming butun foydali xizmat qilish muddati aniq yillar davomidagi ish hajmini aniqlashdir. Ish hajmi sifatida ishlangan soatlar miqdori va ish hajmi olinadi. Bunday amortizatsiya hisoblash jarayonida quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda, As- amortizatsiya summasi, AK- aktivning amortizatsiyalanadigan
qiymati, Dbs- Ushbu davr uchun birliklar soni (ish hajmi), Abs- aktivning butun
foydali xizmat qilish muddati uchun mo'ljallangan birliklar soni (ish hajsmi)dir.
3. Aktivlardan jadal ravishda foydalanilganda, shuningdek, ilmiy-texnika
taraqqiyotining ta’siri katta bo'lganda aktivlar eskirishini tezlashtirilgan eskirish
usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.
3.1. Yillar yig'indisi usuli - ob’ektning xizmat qilish muddati, hisoblangan yillar yig'indisidan iborat bo'lib, u hisoblash koeffitsientining maxrajida bo'ladi. Ushbu koeffitsientning suratida ob’ektning xizmat qilish muddati oxirigacha qoladigan yillar soni (teskari tartibda) hisoblanadi.
3.2. Kamayib boruvchi qoldiq usuli - aktivning foydali xizmat qilish muddati davomida hisoblanayotgan amortizatsiya summasini kamayib borishini nazarda tutadi. Bu usul ham yillar yig'indisi usulidagi kabi tamoyillarga asoslangan. Ushbu usulda to‘g‘ri chiziqli usuldagiga nisbatan ikki baravar oshirilgan amortizatsiya me'yori qo'llaniladi.
Banklarda asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalari bank xarajatlariga
o'tkaziladi va bu buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 56600 - “Eskirish xarajatlari” tegishli hisobvarag'i,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvarag'i.
Yuqorida bildirilgan fikrlar va ko'rib chiqilgan amaliy ma’lumotlarga asoslanib, shuni ta'kidlash joizki, banklarda foydalanishda bo'lgan asosiy vositalarga
amortizatsiya hisoblashda, aktivlaming foydalanish muddatidan kelib chiqib, ularga
eng samarali bo'lgan usullaming birini tanlashda, bankning moliyaviy natijalariga
ta’siri nuqtai nazardan yondoshishni talab qiladi. Chunki, ushbu samarali usul hisobot oyida ko'rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritilishiga qarab, ulaming ortishi yoki kamayishiga olib keladi.
Xulosa
Banklarda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini yritish - bu ulaming
harakatini birlamchi hujjatlarda to'g'ri rasmiylashtirish, baholash, shuningdek,
amortizatsiya hisoblashning qulay bo'lgan usullaridan foydalangan holda hisoblangan eskirish summalarini xarajatlaming ob’ektlariga ko'ra taqsimlanishi holatini buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aks ettirishni nazorat qilishdir.
Banklarda material zahiralar hisobini yiritish- ulaming tukumlanishini, baholash usullarini, dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirish, buxgalteriyada hisobga olish va hisobdan chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishdan iboratdir. Shuningdek, ulardan samarali foydalanishni buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |