O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Indikatorlar tushunchasi va turlari



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/71
Sana18.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#820963
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

4.1. Indikatorlar tushunchasi va turlari.
Global barqaror rivojlanish 
indikatorlari 
BMTning Barkaror rivojlanish konsepsiyasi uning universal tipdagi yagona 
xalqaro tashkilot bo‗lganligi uchun ham asosan shaxs - jamiyat - davlat - 
hamjamiyatning global miqyosdagi boshqaruviga tegishli masalalarni ko‗tarib 
chiqadi va ushbu rivojlanish potensiali umumlashtirilgan tarzda muayyan iqtisodiy, 
ijtimoiy, ekologik, institutsional ko‗rsatkichlari asosida baholanadi. Baholash 
ko‗rsatkichlarini fanda «indikator»lar deb yuritiladi. «Indikator» atamasi lotin tilida 
«indico», ya‘ni ko‘rsatkich degan ma‘noni anglatadi. U xolat, vaziyat, sharoit va 
jarayonlarni idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi qurilmalar orqali baholash 
uchun aniqlanadigan ko‗rsatkichdir. Indikatorlar vizual (kurish), akustik (eshitish), 
taktil (sezish, iskash) kabi xillardan iborat. Kishi axborotlarning 90 foizini ko‗rib 
idrok qilgani uchun ham indekslarning vizual xili amalda ko‗p ishlatiladi.
Ko‗rsatkichlar bo‗yicha baholash bizlarga nafaqat ma‘lumotlarni olish, balki 
uni boshqarish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun barqaror rivojlanishning 
indikatorlarini aniqlash orqali global, perional va lokal miqyosda jamiyatini 
boshqarish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro miqyosda indikatorlar quyidagi 
maqsadlarda tasniflandi:


63 
• harakat kuchiga qarab, ya‘ni atrof-muhitga jamiyati faoliyatini salbiy ta‘sir 
kuchini aniqlash; 
• bosim kuchiga qarab, ya‘ni atrof-muhitga antropogen ta‘sirni aniqlash;
holatiga qarab, ya‘ni atrof-muhitning avvalgi holatiga nisbatan o‗zgarishini 
aniqlash; 
• ta‘sir kuchiga karab, ya‘ni organizmlarga atrof-muhit holati o‗zgarishini 
aniqlash;
• reaksiyasiga qarab, ya‘ni atrof-muhit masalasiga jamoatchilikning fikrini 
aniqlash.
Indikatorlar nima uchun kerak:
1. Indikatorlar ko‗p yillik katta hajmdagi iqtisodiy ma‘lumotlarni umulashtirish 
va baholash orqali qabul qilingan qarorlarni asoslashda foydalaniladi. 
2. Indikatorlar iqtisodiy o‗zgarishlarni tahlil qilishga yordam beradi. 
3. Indikatorlarni qo‗llash iqtisodiyotda yuzaga keladigan kamchiliklarni 
aniqlashga yordam beradi. 
4. Indikatorlar har xil toifadagi foydalanuvchilarga ma‘lumotlardan unumli 
foydalana olish imkoniyatini yaratib beradi. 
Indikatorlar doimo global, mintakaviy. milliy va lokal darajalarda juda 
ishonarli va tasdiqlangan ma‘lumotlarga asoslanishi lozim. Birinchi uchta daraja 
umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‗lib, lokal daraja birorta hudud uchun 
taalluqlidir. 
Indikatorning 
asosiy 
vazifasi 

axborot 
berishdan 
iborat. 
Foydalanuvchiga ma‘lumotlarni yetkazib berishda oddiylik va soddalik kerak bo‗ladi. 
Indikatorlar murakkab ma‘lumotlarni soddalashtiradi. Indikator ma‘lumotlarni 
monitoring qilish jarayonida to‗plash, tahlil qilish, qayta ishlash natijasida 
shakllangan mahsulot hisoblanadi. Qayta ishlanmagan, tahlil qilinmagan statistik 
ma‘lumotlar indikator vazifasini bajara olmaydi. Indikatorlar quyidagilar uchun 
mo‗ljallangan: 
• hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari uchun;
• vazirlik va idoralar uchun;
• hokimiyatning maxalliy va mintaqaviy organlari uchun;


64 
• ilmiy va o‗quv muassasalari uchun; 
• tijorat tuzilmalari uchun; 
• jamoat va nodavlat tashkilotlari uchun. 
Indikatorlar bilan bir qatorda amalda «indeks»lar ishlab chiqiladi va 
qo‗llaniladi. «Indeks» atamasi lotin tilida «index» ko‗rasatkich, ro‗yxat degan 
ma‘noni anglatadi. Ya‘ni ma‘lum bir holat yoki kuzatilayotgan jarayonni bir qator 
ro‗yhatga olingan (belgilovchi) indikatorlar asosidagi ro‗yhatga olingan va harflar 
yoki raqamlar orqali ifodalanadigan ko‗rsatkichi. Indeks indikatorlardan farqli aniq 
bir miqdor ko‗rsatkichiga ega bo‗lmasligi ham mumkin. Indeks avvalgi bazaviy 
ma‘lumot indeksi bilan solishtirish orqali tahlil qilinadi. Iqtisodda «Dou Djons 
indeksi» Nyu-York fond birjasida aksiyalar narxini belgilab beruvchi raqamli indeks 
bo‗lib, u kelajakda brokerlarning bozor rivojlanish tendensiyasini aniqlovchi 
ma‘lumotlarning ro‗yxatlangan ko‗rsatkichidir. Pekin ushbu indikator va indekslar 
kelajakni aniq qilib belgilab beradi deyish qiyin. Tug‗rirog‗i, prognozlashtirilgan va 
optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni tavsiya 
etishga yordam berishi muqarrar.
Yer kurrasida global miqyosda barqaror rivojlanishni ta‘minlash o‗z-o‗zidan 
lokal va regional miqyosda, aniqroq qilib aytganda, mahalliy, milliy va mintaqaviy 
miqyosda barqaror rivojlanishdan kelib chiqadi va aynan shu tarzda tizimlashadi.
Barqaror rivojlanish indikatorlari ilk bor BMTining «Rio 92» konferensiyasida 
qabul qilingan «XXI asr kun tartibida» alohida bir bob sifatida yoritib berilgan. 
Mazkur indikatorlar 4 ta guruh birlashtirilgan - ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar, barkaror 
rivojlanish 
maqsadlarida 
resurslardan 
oqilona 
foydalanish, 
aholi 
asosiy 
qatlamlarining rolini oshirish, qarorlarni amalga joriy etish. Ushbu xujjat 40-bobining 
«Qarorlar qabul qilish uchun ma‘lumotlar» bo‗limida «Qarorlarni qabul qilish 
jarayonida ishonchli asoslarni yaratish hamda uzviy bog‗langan ekotizimlarni o‗zini 
o‗zi tartibga solish imkoniyatiga ko‗maklashish va tizimli o‗sish uchun barqaror 
rivojlanish indikatorlarinn ishlab chiqish lozim» deb ko‗rsatilgan. Turli miqyosda 
Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga tegishli bo‗lgan oqilona boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish,
shubhasiz, barqaror rivojlanishning eng birlamchi talablaridan biri bo‗lib 


65 
hisoblanadi. Barqaror rivojlanish indikatorlarini ishlab chiqish bo‗yicha xalqaro 
miqyosdagi turli tashkilotlar - BMT, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
Yevropa komissiyasi, Atrof-muhit muammolari bo‗yicha ilmiy komitet kabi xalqaro 
idoralar shug‗ullanmokdalar. U turli nom va yo‗nalishdagi anjumanlarning 
muhokama bobsiga aylanib qolmoqda. Masalan:
• 132 ta indikatorlardan iborat bo‗lgan BMTning Barqaror rivojlanish bo‗yicha 
komissiyasi loyixasi;
• milliy statistikada ekologik va iktisodiy omillarni hisobga olishga 
yo‗naltirilgan BMTning Statistik bo‗limi tomonidan ishlab chiqilgan «Tiznmli 
integrallashgan ekologik va iqtisodiy milliy hisob» (System for integrated 
environmental and economic accounting);
• Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan va hisobi yuritiladigan «haqqoniy 
jamg‗arma» (genuine savings);
• iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Yevropa komissiyasining ekologik va 
iqtisodiy indikatorlar dasturi va h k.
Barqaror 
rivojlanish 
indikatorlarini 
ishlab 
chiqish 
juda 
serharajat, 
ma‘lumotlarni yig‗ish hamda ularni yagona bir indeksga olib kelishga yo‗naltirilgan 
va majmuali yondashuvni talab etadigan jarayon. Indikatorlar soni qanchalik 
ko‗paysa, ularni yagona bir umummahrajga olib kelish shunchalik qiyinlashib 
boraveradi. Bu o‗rinda mahsus zamonaviy axborot texnologik dasturlarini yaratish 
lozim buladi. 
BMT komissiyasi tomonidan barqaror rivojlanish bo‗yicha ishlab chiqilgan 
global indikatorlar tizimi 1995 yilda uning III sessiyasida ishtirokchi davlatlar 
tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, ma‘lumotlar va axborotlar asosida davlatlarning 
barqaror rivojlanish holati, bu borada erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash 
maqsadida dastlabki indikatorlar tizimi qabul qilindi va mazkur tizimni 
takomillashtirish uchun ekologik va iqtisodiy taraqqiyotga oid ma‘lumotlar bazasini 
mustahkamlash zarurligi qayd etildi.


66 
4.1-jadval 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish