O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul tizimi amal qilishining muhim tarkibiy qismi



Download 4,51 Mb.
bet3/15
Sana24.07.2021
Hajmi4,51 Mb.
#127103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5440638689652771214

Muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul tizimi amal qilishining muhim tarkibiy qismi.

Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul 
muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy 
formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo’lini tahlil 
qilayotib, K. Marks pul muoma-lasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan 
muomala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori 
aniqlanadi..  
Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, 
pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj 
kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga  oqib o’tishi kuzatilgan  va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab  turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning  metallar (oltin  yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori  bo’lishini inkor etadi.  
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar 
(xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga 
asosan amalga oshadi.  Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning nazariy  miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz  bermaydi. Yuqorida ko’rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi,  shuningdek, pul muomalasi mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o’z  kuchiga ega.   Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi  va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga  asosan muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini qo’yidagi formula bilan ifodalash  mumkin: 
  Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish 
rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu 
tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga  to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p  pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning  aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda  pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam  talab qilinadi va aksincha. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim 
omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.   Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi  choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga  qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi; 
−  naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;  
−  pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.  
Yoar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish 
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur  yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar  bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga  (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.  
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va 
qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni: xo’jalikning pulga bo’lgan 
ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. 
Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo’lganidan 
ko’proq pulning bo’lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligining 
xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi. 

Pul massasining turli xil ko’rsatkichlarini ishlatish pul muomalasi holatini 


tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi.  
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o’zgarishi  muomaladagi pul 
massasining  o’zgarishi natijasi va pulning aylanish tezlashganligi natijasi bo’lishi 
mumkin.  
Pulning aylanish tezligi - pul muomala vositasi va to’lov vositasi sifatida amal 
qilgandagi uning harakat  ko’rsatkichidir. Uni miqdorini hisoblash qiyin, shuning 
uchun uni hisob-kitob qilishda bilvosita ma’lumotlardan foydalaniladi. 
 Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tezligi o’sishining 
ikki ko’rsatkichi hisoblanadi: - daromadlar aylanma oborotida pulning muomalada bo’lish tezligi  ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning  pul massasiga, aniqrog’i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu  ko’rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o’zaro  aloqadorlikni ko’rsatadi; 
- to’lov oborotida pulning aylanuvchanlik ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich joriy 
bank schyotlari bo’yicha o’tkazilgan mablag’lar yig’indisining pul massasi o’rtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.  
Pulning aylanish tezligining o’zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyotning tsiklik rivojlanishi, iqtisodiy o’sish, narxlar su’ratlari), to’la monetar (to’lov oboroti tarkibi,  kredit operatsiyalari va o’zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida foiz stavkalarning darajasi va h.k. lar) omillariga bog’liq.  
Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pullar bilan 
almashtirishishi, o’zaro hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi, banklar ishiga EYoM  ning kiritilishi, pullik hisob-kitoblarda elektron vositalarining ishlatilishi yordam beradi.  
  Pul qadrsizlangan hollarda iste’molchilar pullarining to’lov qobiliyatini saqlab qolish uchun tovarlar ko’proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi.  Boshqa ko’rsatkichlar o’zgarmas bo’lganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi  oshishini bildiradi. 

Davlatning pul aylanishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo‘yicha belgilanadi:

1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo‘ladi;

2) ushbu pul aylanishi xizmat ko‘rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu erda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul-moliya aylanishi ajratib ko‘rsatiladi;

3) pul mablag‘larining harakati yuz beradigan subyektlarga qarab. Ushbu tasnif bo‘yicha quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi: pul mablag‘larining yuridik shaxslar o‘rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag‘larining faqat jismoniy shaxslar o‘rtasidagi aylanishi.

SHunga tegishlicha, iqtisodiyotda qo‘llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta’sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o‘zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko‘rsatadigan ushbu omillar orqali ta’sir qilish mumkin.

Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.

Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag‘lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o‘zgarishiga olib keladi.




Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish