Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
Nazorat savollari 
1.
Birjalar, ularning yuzaga kelishi va rivojlanishi 
2.
Birjalar tashkillashgan bozor shakli sifatida 
3.
Birja faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari 
4.
Birjalarning funksiyalari 
5.
Birjalarning tasnifi va tavsifi 
6.
O‘zbekistonda birjalar faoliyatining huquqiy asoslari 
7.
Birjalarning tamoyillari 
8.
Birjalarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi roli 
 
 
 
 


23 
2-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA TOVAR-XOM AShYo 
BIRJASINING FAOLIYaTI, SAVDO PLATFORMALARI VA A'ZOLARI 
2.1. O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi faoliyatining 
umumiy tavsifi va uning savdo platformalari
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati 1994 
yili aprel' oyida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hozirgi kunda 
Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo maydonchasi, hamda MDH mamlakatlari 
ichida izchil rivojlanayotgan xom ashyo birjasi hisoblanadi. 
Birja faoliyati maqsadi va predmeti o‘rnatilgan qoidalar asosida oldindan 
ma'lum bo‘lgan joyda va vaqtda, ochiq savdolarni tashkil qilish va o‘tkazish yo‘li 
bilan birja tovarlari bilan savdo qilishga zaruriy sharoitlarni yaratishdir. Birja 
savdolarini tashkil qilish va aniqlangan haqiqiy talab va taklif nisbati asosida birja 
tovarlari narxlarini shakllantirish yo‘li bilan birja tovarlar bozorini yaratishdir. 
O‘zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi ( keyingi o‘rinlarda 
O‘zRTXB) dushanbadan juma kunigacha soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Kun 
davomida ikkita birja savdo sessiyalari o‘tkaziladi: ertalabki va kechki. Qolgan 
savdo platformalari haftada 7 kun 24 soat mobaynida ish yuritadi. 
Yuqori organ – O‘zRTXB aksiyadorlarining Umumiy majlisi, Boshqaruv 
organi – “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” (keyingi o‘rinlarda 
O‘zRTXB), AJ Kuzatuv kengashi, Ijrochi organ – “O‘zRTXB” AJ Boshqarmasi. 
“O‘zRTXB” AJ birja savdolari ochiq-oydinlik, oshkoralik va mijozlarga teng 
raqobat sharoitlarni yaratib berish tamoyillari asoslarida olib boriladi. Birja savdosi 
qoidalariga binoan barcha savdo ishtirokchilari ularning maqomi - respublika 
rezidenti yoki norezidentligidan qat'iy nazar teng haq-huquqlarga egadirlar. 
“O‘zRTXB” AJ milliy va xorijiy kompaniyalarni respublikada ishlab 
chiqariladigan yuqori likvidli tovar aktivlari, shu jumladan qora va rangli metallar, 
neft' mahsulotlari, paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, shakar, bug‘doy uni, don va 
boshqalar bilan teng huquqlilik asosida ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. 
Birja O‘zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida joylashgan. 
Birja ko‘p tarmoqli savdo infratuzilmasiga ega. Uning tarkibiy tuzilmasiga 


24 
respublikamizning barcha viloyatlarining markazlarida joylashgan 13 filiallari 
kiradi. Shuningdek, hozirgi kunda mijozlarga 200dan ziyod savdo maydonchalari va 
800 brokerlik idoralari birja xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. 
Birjada 5 savdo platformalari faoliyat yuritadi:
1. Birja elektron savdo tizimi (avtomatlashtirilgan savdo-sotiqqa tegishli 
talablarni yig‘ish va ularga javob berish elektron savdo tizimi); 
2. Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning elektron savdo tizimi; 
3. Avtoraqamlarni sotish bo‘yicha elektron savdo tizimi. 
4. Elektron davlat xaridlari 
5. Mobilraqamlarni sotish bo‘yicha savdo tizimi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish