Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


insayder ma'lumotlaridan foydalanish



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

insayder ma'lumotlaridan foydalanish 
oshkor qilinmagan (tarqatilmagan) va qimmatli qog‘ozlar bozorining bitta 
ishtirokchisiga boshqalarnikidan ustunlik berishi mumkin bo‘lgan qimmatli 
qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish uchun foydalanishni o‘z ichiga oladi, chunki 
ushbu ma'lumotni oshkor qilish (tarqatish) qimmatli qog‘ozlar qiymatining 
o‘zgarishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin. 
Bitimlar amalga oshirilayotganda Birjada narxlarning o‘zgaruvchanligi uchun 
sharoit yaratilishiga qarshi turish uchun quyidagilar taqiqlanadi: 


278 

narxlar kotirovkasiga ta'sir ko‘rsatishni maqsad qilish uchun to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bir kishi yoki soxta shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va 
sotish bo‘yicha yirik bitimlar; 

bozor sharoitida sun'iy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on 
ma'lumotni tarqatish; 

birja savdosi ishtirokchilarining joriy birja narxlarini o‘zgartirish yoki 
belgilashga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday kelishilgan harakatlari. 
Narxlarning beqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining 
moliyaviy yo‘qotishlarini oldini olish maqsadida Birja Kengashi narxlarning 
maksimal chegaralarini belgilash huquqiga ega – spred. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida narxlarni manipulyasiya qilish deganda 
maqsadli ravishda turli xil ichki yolg‘on xabarlar tarqatish, bir tomon manfaatini 
ko‘zlaydigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish shuningdek qimmatli 
qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar narxi va unga bo‘lgan talabni o‘znining 
haqiqiy bahosidan ancha baland qilish yoki O‘sha darajada ushlab turishga 
qaratilgan harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. 
Birja manipulyatsiya va (yoki) insayder ma'lumotlaridan foydalanishni
 
birja 
savdolarida operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida aniqlaydi yoki birja savdosi 
natijalari bo‘yicha bu haqda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha 
vakolatli davlat organiga shubhali bitim ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab uch kun 
ichida xabar beradi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida insayder ma'lumotlarini manipulyatsiya qilish 
va ulardan foydalanish belgilari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha 
vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi insayder ma'lumotlarini manipulyatsiya qilish 
va ulardan foydalanish faktlari, shuningdek ushbu noqonuniy xatti-harakatlarga 
aloqador shaxslarning javobgarlik choralari sud tomonidan belgilanadi. 
Market-meyker tomonidan narxlar darajasini saqlab qolish uchun qimmatli 
qog‘ozlar bilan bitimlar tuzishi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga 


279 
muvofiq ayrim qimmatli qog‘ozlarga talab va taklif qimmatli qog‘ozlar bozorida 
manipulyatsiya hisoblanmaydi. 
Bosh makler, agar Birjada amalga oshirilgan bitimlarning to‘g‘riligiga shubha 
tug‘ilsa, Birja Boshqaruvi Raisiga yozma ravishda hisobot bilan murojaat qiladi, 
ushbu hisobotni “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq tuzilgan bo‘lib Birjaning Nazorat komissiyasiga taqdim etadi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish