201
qo’yilgan me’yoridir, ya’ni davlatning ob’ektdagi ulushi, qissasidir.
Soliq og’irlig’i – to’lovchining qamma soliqlar va yig’imlar yig’indisini
byudjetga to’lashidir. Soliq og’irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi.
Soliq stavkalarining turlari. O’zbekiston soliq qonunchiligi bo’yicha
soliqlarning proporsional, progressiv va nolli stavkalariga amal qilinmoqda.
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va maqalliy soliqlarga bo’linishi
ququmat idoralarining respublika qukumati va maqalliy ququmatlarga bo’linishi
asosida kelib chiqadi.
Ayni paytda bizda xam soliq to’lovlarini elektron tarzda topshirish amaliyoti
ommalashib bormoqda. Soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini yuksaltirishda
soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlarni yig’ish va qayta ishlashda tezkorlik va
samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham chiqimlarni kamaytirib, soliq
jarayoning yanada oshkora bo’lishini ta’minlamoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil
3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq orginlari ma’lumotlarni ishlash yagona
kompyuter tizimini yaratish to’g’risida”gi qarori bilan
soliq xizmati orginlarini
kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo’lsa, 1995 yil 14 sentyabrdagi
“O’zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarori bilan Davlat soliq ko’mitasi tasarufida “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot
markazi” tashqil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu soliq xizmati
organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ma’lumotlarga ishlov
beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan iboratdir.
Ayni paytda mazkur
markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi moliyaviy ko’magi asosida “Soliq
to’lovchilarning soliq hisob-kitoblarini qabul qilish va qayta ishlash hamda davlat
soliq xizmati muassalarida statistika hisobotlarini shakllantirish” majmuaviy dasturi
hayyotga tatbiq etilmoqda. Dasturning pilot loyihasi 2006 yilning ikkinchi
chorag’idan yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 16000 dan ortiq yuridik shaxs
mazkur loyihaning foydalanuvchilari hisoblanadi. Ya’ni, ular mamlakatimizda
birinchilardan bo’lib soliq ma’lumotlarini ish joylarining o’zidan elektron tarzda
topshirmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishni soddalashtirish
hamda ushbu jarayonga sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish imkonini
bermoqda.
Mamlakatimizda asosiy e’tibor bozor islohotlarini chukurlantirish,
iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk xuquqini himoya qilishni mustahkamlash, kichik
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasi ko’lamini kengaytirish
202
va sifat darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda respublika Davlat soliq
xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda soliq ob’ektlari
va soliq to’lovchi sub’ektlarni to’liq ro’yxatga olish, barcha turdagi soliqlar va
yig’imlar hisob-kitobining haqqoniy ma’lumotlar asosida yuritilishini ta’minlash,
soliq to’lovi jarayonlarini soddalashtirish soliq qonunchiligi buzulishining oldini
olish, soliq va tushumlarning yig’uvchanligini oshirish
dolzarb masalalardan
hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
samarali foydalanish va ularni boshqarishni to’g’ri tashkil etish, shu asosda soliq
yukini aniqlashning ilmiy asoslangan va har tomonlama samarali bo’lgan usullarini
ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari tomonidan o’rnatilgan nazorat ishlarini
imkon qadar mukammallashtirishni talab qiladi.
Soliq xizmati organlarida keyingi o’n yillik davrda soliq to’lovchi jismoniy va
yurik shaxslarni soliq idoralarida ro’yxatga olish, hisobini yuritish va ma’lumotlarga
avtomat ishlov beradigan yagona axborot – hisobga olish tizimi yaratildi.
Soliq idoralarida har bir soliq to’lovchi uchun
elektron hisob varaqalari
ochilgan va unda soliq to’lovchilar to’g’risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida
ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi “Tadbirkorlik
sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni
noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida”gi Vazirlar
Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish
sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlarining qabul
qilinishi davlat soliq xizmati organlari faoliyatida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo’l
ochib berdi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq ko’mitasi
rahbariyati tomonidan birinchi navbatda soliq to’lovchi su’bektlar uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, jumladan, moliya va soliq hisobotlarini elektron raqamli imzodan
foydalangan holda internet tarmog’i orqali uzatish va o’zlari haqida kerakli
ma’lumotlarni olish kabi bir qator amaliy ishlar bajariladi.
Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchi yuridik shaxslardan
moliyaviy va soliq hisobotlarni internet tarmog’i orqali qabul qilish tizimi ishga
tushirilgan. Tizimning ishlash tamoyili sodda bo’lib, hisobotlarni elektron shaklda
topshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi.
Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarga
qo’yilgan elektron raqamli imzoning maxsus dasturiy ta’minot
yordamida
haqqoniyligi tekshirib ko’riladi va tasdig’ini topgandan so’ng ma’lumotlar
sub’ektlarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul
qilinmaydi va korxonaga bu haqda ma’lumot yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: