2-Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari
Reja:
2.1.Mehnat muhofazasi qonunlari va ularning buzilganligi uchun javobgarlik turlari.
2.2.O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
2.3.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag bilan taminlash.
2.4.Yoriqnomalar otkazish va bilimlarni tekshirish.
2.5.Jaroxat va kasbiy kasalliklar.
2.1.Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi IX bobining bir qancha moddalarida Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, 43-52 moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan. Mehnatni muhofaza qilish togrisidagi qonunning (1993 yil 6-may) 1-7 moddalarida umumiy qoidalar, 8-15 moddalarida mehnatni muhofaza qilishni taminlash, 16-21 moddalarida ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini royobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan, 22-29 moddalarida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati oz aksini topgan. Ozbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda Ozbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqladi. Kodeksning VI-bobida mehnat shartnomasining mazmuni, shakli, muddati (73-76 moddalar), ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati (77-87 moddalar), mehnat shartnomalarining bekor qilinishi (97-113 moddalar) masalalari yoritilgan.
217 moddada xodimlarni sut, davolash-profilaktika, oziq-ovqat, gazli suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taminlash oz aksini topgan.
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qatiy javobgarlik belgilaydi.
Javobgarlik turlari 3 ga bolinadi:
Mamuriy javobgarlik-uyaltirish, xayfsan elon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga otkazish, imtiyozlarni cheklash.
2. Jinoiy javobgarlik-Ozbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:
-qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima yoki ishdan boshatish choralari qollanadi;
-korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima tolanadi.
3. Moddiy javobgarlik-Qonunsiz ravishda ishdan boshatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga tolanadigan xaqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki toliq undirib olish.
2.2. Mehnat muhofazasi boyicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. Ozbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. Sanoatkontexnazorat agentligi.
3. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yongindan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. Ozbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi boyicha meyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq oz texnik inspektoriga ega.
Sanoatkontexnazorat agentligi bug qozonlarining togri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk kotarish mashinalari (kotarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yoqotish, sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yongin nazorati yonginga qarshi tadbirlarni, ot ochirish vositalarining holatini, yongin haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
Ozbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pogonali nazorat amalga oshiriladi.
I pogona-har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini koradilar.
II pogona-har hafta sex boshligi katta jamoatchignazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini koradi.
III pogona-oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat boyicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
2.3.Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona mamuriyati mahalliy kasaba uyushmasi qomitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki kop yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yollari boyicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona sexlari, bolimlari, bolinmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablagni va moddiy taminotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qomitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablaglar ishlatib bolinganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qomitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablaglar hisobiga taminlanadi:
-davlat va markazlashtirilmagan kapital mablaglar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamgarmasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamgarmasi hamda korxona jamgarmasi;
-agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bolsa-amortizatsiya jamgarmasi;
-agar xarajatlar kapital xarajatlar bolsa-asosiy faoliyat, sex va umumxarajat mablaglari;
-yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar.
Ota zararli ishlab chiqarishda band bolgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish kozda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bunday maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va mehnatkashlar sogligini mustahkamlashdan iborat boladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning ornini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi.
2.4.Mehnat muhofazasiga o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo‘yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, birlashma, assotsiatsiya, korporatsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qatiy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari boyicha yoriqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ruxsat beriladi. Bug va issiqlik qozonlari, yuk kotarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus oquv kurslarini bitirganlari haqida hujjatlari bolsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga oqitish va ularni togri tashkil qilish boyicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bolimlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga orgatish shu sex hamda bolim rahbarlariga, shuningdek, oz vaqtida va sifatli oqitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bolimlari zimmasiga yuklatiladi.
Ishchilar bilan yoriqnoma otkazish. Yoriqnomalar ikki xil boladi: kirish va ish joyida otkaziladigan yoriqnoma. Oz navbatida ish joyida otkaziladigan yoriqnoma 3 xil boladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
Kirish yoriqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jonatilganlar (ish malakasi va stajidan qatiy nazar) amaliyot otayotganlar va shogirdlar kirish yoriqnomasini otadilar. Uni korxonaning mehnat muhofazasi boyicha masul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim otkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita sexlarda amalga oshirilsa, kirish yoriqnomasini shu sexning boshligi otkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam korsatish, yongin xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar boyicha yoriqnomalarni tegishli mutaxassislar olib boradilar.
Kirish yoriqnomasi maxsus adabiyot, korgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda otkaziladi. Kirish yoriqnomasi guruh bilan va yakka tartibda otkazilishi mumkin. Guruh bilan otkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
Kirish yoriqnomasi otkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qoliga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qoyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |