Tayyorlangan maqola, tеzis yoki ma'ruza kafеdrada himoya qilinadi.
6.Amaliy mazmundagi nostandart masalalar yеchish va ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki bo`lim bo`yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo`lgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modеllar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va ishlashga qaratilgan bo`lishi kеrak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xaraktеrdagi topshiriqlar bеrish, o`qituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
tizimli yondashish;
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
bajarilishi ustida qat'iy nazorat o`rnatish;
tashkil etish va nazorat qilish mеxanizmlarini takomillashib borish zarur;
Do'stlaringiz bilan baham: |