1. Mehnat Kodeksi haqida umumiy malumotlar.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 21 dekabrda 161-1 raqamli Ozbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqladi. Mehnat Kodeksi 16 bob va 294 ta moddadan iborat. Respublikamizda mehnatni muhofaza qilishning xuquqiy asoslari Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Ozbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish togrisidagi qonunida mustahkamlangan. Ushbu qonun ishlab chiqarish usullaridan, mulk shaklidan qatiy nazar korxonalarda mehnatni
muhofaza qilish ishlarini tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi, hamda fuqarolarning sogligi va mehnatining muhofaza qilinishni taminlashga qaratilgan. Ushbu qonun mulk va xojalik yuritish shakli turlicha bolgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar, ishlab chiqarish amaliyotini otayotgan Oliy oquv yurtlari talabalari, kasb xunar kollejlari va umumiy orta talim maktablarining oquvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan xarbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni otayotgan fuqarolar; sud xukmi bilan jazoni otayotgan shaxslar , axloq tuzatish mehnat muassasalari korxonalarida yoki xukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini kozlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi. Ozbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish togrisidagi qonunining 1-7 moddalarida umumiy koidalar keltirilgan. Mehnatni muhofaza qilinishini taminlash 8-15 moddalarda berilgan, 16-21 moddalarda ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir xuquqlarini royobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy xujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati 22-29 moddalarda berilgan. Mehnat shartnomalari shartnomasining mazmuni, shakli, muddati73-76 moddalarda, ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati 77-87 moddalarda, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi 97-113 moddalarida oz aksini topgan. Mehnat nizolari, mehnat nizolarini korib chiqadigan organlar 260 moddada, xalq sudlari 267-269 moddalarda, mehnat nizosini xal qilishni sorab murojaat etish muddatlari 270 moddada, mehnat shartnomasini gayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni gayriqonuniy ravishda boshqa ishga otkazishda aybdor bolgan mansabdor shaxs zimmasiga moddiy javobgarlik yuklash 274 moddada oz aksini topgan. Davlat ijtimoiy sugurtasi masalalari XVI bobning 282-288 moddalarida keltirilgan, davlat ijtimoiy sugurtasining barcha xodimlarga tatbiq etilishi 282 modda, davlat ijtimoiy sugurtasi hisobidan beriladigan taminot turlari 284 modda, xomiladorlik va togish nafaqasi 286 moddada, dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa 288 modda, qarilik boyicha nafaqa 289 modda, nogironlik nafaqasi 290 modda, boquvchisini yoqotganlik nafaqasi 291 moddada korsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |