18-Mavzu:Bахtsiz hоdisаlаrdа birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtish
Rеjа:
18.1. Bахtsiz hоdisаlаrdа shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi.
18.2. Birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtishda kerakli asbob va ashyolar.
18.1.Bахtsiz hоdisаlаrdа shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi.
Bахtsiz hodisalarda shikastlangan fuqarolarga korsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar korish bilan ular-ning hayotini saqlab qolish, azob-uqubatlarini imkoniyat darajasida kamaytirish, roy berishi mumkin bolgan turli asoratlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini yengillashtirishdan iboratdir.
Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi sodir bolgan joyda shi-kastlanganlariing oz-ozlari va bir-birlariga ozaro yordamlari hamda sanitar drujinachilar tomonidan korsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam tur-kumiga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha toxtatish; badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril boglam qoyish; suniy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish; turli zahri qotillarga qarshi emdori, antidot (ziddizahar)lar yuborish, antibiotiklar berish, ogriq qoldiradigan tinchlantiradigan dorilar yuborish (ayniqsa, shok vaqtida); yonib turgan kiyimni ochirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga kochirish uchun shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib boglash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat tasiridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik bilan otkazish va h.k.
Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda korsatish kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday otishi, oqibati nima bilan tugashi, bazan asa, shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Kop miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan shikastlangan suvga chokkan paytda yurak faoliyati toxtab, nafasi chiqmay qolgan va yana boshqa shundan ogir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam korsatilishi zarur. Basharti, koplab odamlar bir yola birinchi tibbiy yordam korsatishga muhtoj bolishsa, bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi. Ayniqsa, bolalarga va shu fursatda kechiktirib bolmas tez tibbiy yordam korsatilmasa hayotdan koz yumish ehtimoli bor bolgan shikastlanganlarga birinchi navbatda tibbiy yordam korsatiladi.
Ayni paytda bir yola har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam korsatish uchun ayrim usullar tartibini ham belgilab olish lozim. Bunda avval shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy etibor berila-di. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birin-chi navbatda hayot uchun xatarli bolgan qon ketishini toxtatish, keyii jarohatga toza, steril boglam qoyish va shuidan song oyoqni qimirlamaydigan qilib boglash (immobilizatsiya qilish)ga kirishiladi. Singan suyakning oz joyidan siljimasligi uchun maxsus shina taxtakach yoki osha sharoitda kozga tashlanib, qolga iyaingan yana boshqa barcha imkoniyatlar, tabiiy, qayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |