21.2.Zaharlanganda birinchi yordam korsatish.
Tibbiy xodim yetib kelguncha is tekkan odamni iloji boricha sof havoga olib chiqish, novshadil spirti yoki archilgan piyoz hidlatish, kokragini uqalash, korpaga orash, atrofiga isitgich qoyish, achchiq, qaynoq choy yoki qahva, qatiq ichirish zarur.
Buning uchun ham har bir fuqaro ishlab chiqarishda bolgan va favqulodda holatlarda keng qollaniladigan shaxsiy, individual aptechka (AI- 2)ning tuzilishi va ishlatilish bilan yaqindan tanish bolmogi lozim.
Individual aptechka (AI-2)da radiofaol zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan shikastlanishning shaxsiy muhofazasi uchun mo‘ljallangan zarur tibbiy vositalar mavjuddir. U yetti xonali plastmassa qutichadan iborat. Shu xonalarda tibbiy vositalar solingan maxsus penallar bor.
№1 xona - og‘riqqa-qarshi vosita joylangan tyubik-shprits uchun;
№2 xona - fosfor organik zaharlovchi moddalarga qarshi qizil rangli 6 ta antidot (ziddizahar) uchun. Muhofaza maqsadida 2 tabletka ichiladi. Za-harlanishning dastlabki belgilari paydo bo‘lganida esa, yana bitta tabletka ichiladi.
№3 xona - cho‘zinchoq penalda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan ja’mi 15 ta tabletka bo‘ladi. Bular radiatsion nur ta’sir ettanidan so‘ng me’da-ichak faoliyati buzilgan paytda ichiladi; dastlab 7 ta tabletka, keyin 2 kecha-kunduz mobaynida har kuni 4 tabletkadan ichiladi.
Bakteriyalarga qaraga №2 xonadagi vosita yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ichiladi, chunki nur ta’siriga yo‘liqqan organizmning himoya xususiyati susayib, shunday kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
№4 xona - oq qopqoq bilan berkitilgan pushti rangli ikkita penalda radiatsiyadan himoya qiluvchi №2 vositadan 12 ta tabletka bo‘ladi. Radiatsion shikastlanishdan saqlanish maqsadida "Radiatsion xatar!" degan ogohlantiruvchi signalga muvofiq, nur ta’sir qila boshlashidan 30 - 60 daqiqa oldin yoki fuqaro muhofazasi xodimlari alohida tayinlagan vaqtda bir yo‘la bta tabletka ichiladi.
№5 xona - bo‘yalmagan ikkita panelda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan jami 10 ta tabletka bo‘ladi. Bakterial vositalarning yuqish xavfi tug‘ilganida yoki kasallik yuqib, odam jarohatlanib, kuyib qolganida shoshilinch muhofaza chorasi sifatida shu tabletkadan 6 tasini, oradan 6 soat o‘tgach, yana 6 tasini ichishi shart.
№6 xona - oq rangli panedda radiatsiyadan himoa qiluvchi №2 vositadan ja’mi 10 ta tabletka bo‘ladi. Radiofaol moddalardan zaharlangan joylarda o‘tlab yurgan sigirlarning sutidan foydalaniladigan bo‘lsa, 10 kun davomida har kuni bir donadan ichiladi.
№7 xona - oq rangli panealda jami 5 ta tabletka bolib, ular qusishga qarshi vositadir. Odamning boshi lat yegani, silkinganida yoki birlamchi nur reaksiyasi tasiri natijasida paydo bolgan qusishning oldini olish maqsadida shu tabletkadan bir donadan ichiladi.
Umuman olganda, mazkur shaxsiy dori qutichasidagi tibbiy vositalar 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va har safar katta yoshdagi kishilar dozasining 1 /4 qismi miqdorida, 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa, 1/2 qismi miqdorida beriladi. Radiatsiyadan himoya qiluvchi №2 vositalar bu hisobga kirmaydi, bu vositalar bolalarga toliq dozada beriladi.
Quticha qopqogining ichki tomonida qaysi xonada qanday tibbiy vositalar borligi korsatilgan, shuningdek, ularni qanday ishlatish zarurligi haqida eslatma ham boladi.
Fosforli zaharli moddalar bilan shikastlanganda solak oqishi, koz qorachigining torayishi, kozdan yosh oqishi, nafas olishshgag qiynalishi, mu-shaklarning tirishib tortishishi qayd etilganida, tibbiy xodim yetib kelgunicha 3- 4 tabletka besalol ichiriladi yoki darhol tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinadi. Bunday hollarda kimyoviy zararlanish ochogiga kirishdan oldin shaxsiy individual aptechka /AI 2/ dan muhofazaviy dozada 1 tabletka (antidot- ziddizahar) olib ichib, kimyoviy muhofaza kiyimi, rezina etik, qolqop va protivogaz (gazniqob) larni kiyib olish zarur.
Fosforli zaharli moddadan shikastlanish roy berganida gazniqob kiyib olingandan keyin darrov ogir shikastlangan odamga 2 doza, ortacha shikastlangan odamga esa, 1 doza miqdoridagi ziddizahar tyubik-shprits yordamida mushaklari orasi yoki terisi ostiga yuboriladi. Yengil darajada shikastlangan odamga gazniqob kiydirishdan oldin tilining tagiga tashlash uchun shaxsiy aptechkaning №2 xonasidagi qizil rangli pshaldan 2 tabletka ziddizahar olib ichiriladi yoki tyubik-shprits yordamida 1 doza ziddizahar yuboriladi. Songra badan terisining ochiq joylari kimyoviy moddaga qarshi shaxsiy, individual paket /IGSH/ dagi maxsus suyuqlik bilan qisman sanitariya ishlovidan otkaziladi. Bunday maqsadlarga IPP-8, IPP-9 va IPP-10 lardan ham keng foydalanish mumkin.
Gazniqob kiyib olingan bolsa, paketni ochib, tamponni suyuqlik bilan hollash va badan terisining ochiq joylari, boyin va qollarni, kiyim yoqasi va yeng uchlarining badanga tegib turgan joylari, shuningdek, gazniqobning yuz qismini ham artish zarur.
Gazniqob kiyilmagan bolsa, kozni mahkam yumib, yuz va boyin terisini maxsus suyuqlik bilan hollangan tampon yordamida artish joiz. Kozni ochmay turib, uning atrofydagi terini quruq tampon bilan artgach, gazniqob kiydi-riladi. Songra yana tamponi hollab, qol panjalari, kiyim yoqasi bilan yeng-larning badanga tegib turadigan sohalari artiladi. Bu suyuqlik bilan yuz te-risiga ishlov berilayotganida kozni nihoyatda ehtiyot qilish lozim.
Favqulodda vaziyatlar yuz berganda aholining muhofazasi uchun shaxsiy himoya vositalari mavjud. Shaxsiy himoya vositalari inson tanasi ichiga, te-risiga va kiyim-boshlariga turli zaharlovchi, radiofaol moddalar, bakterial vositalar tushmasligini taminlash uchun moljallangan. Bular avvalambor GP-5 va eng yangi rusumdagi GP-7 fuqarolar gazniqoblaridir. SH-7 nafas yollarini, koz va yuzni zaharli moddalardan ishonchli muhofaza qiladi.
Bir yarim yoshgacha bolgan bolalar uchun shaxsiy himoya vositasi sifatida KZD-3 maxsus bolalar himoya kamerasidan foydalanish mumkin. Uning korpu-siga ornatilgan korish oynasi bolaning nima bilan mashgul ekanligini kuzatish imkoniyatini beradi. Kamera qolda va yelkada kotarib yurishga moljallangan uni changi yoki bolalar aravachasining shassisiga ham ornatish mumkin Shuningdek, respiratorlar ham mavjud bolib, ular nafas yollarini radiofaol, ishlab chiqarishdagi va tabiiy changlardan himoyalanish uchun ishlatiladi. Ulardan bakterial vositalar bilan zaharlangan yerlar, aerozol korinishdagi havoga yoyilgan bakterial vositalarga qarshi himoyalanishda ham foydalanshi mumkin . 7 yoshdan 17 yoshgacha bolgan bolalar uchun kattalarnikidan olchami bilan farq qiladigan bolalar respiratorlari ham mavjud.
Bundan tashqari yuqorida takidlaganimizdek, shaxsiy boglam paketi (GSHI), kimyoviy moddalardan shaxsiy muhofaza paketi (IPP-8), shaxsiy dori qutichasi (IA-2) ham muhofaza vositalari turkumiga kiradi.
Gaznniqob va respiratorlardan tashqari nafas olish azolarini himoyalash maqsadida uy sharoitida oddiy vositalaridan ham foydalanish mumkin. Ularga paxta-doka yoki satin boglamlari, changga qarshi mato niqoblar kiradi.
Terini himoyalashning oddiy vositalariga esa, ishlab chiqarish jarayoniga moslangan (brezeyat yoki uning aralashmasidan tikilgan maxsus kapyushonli plashlar, rezina aralashmasi, xlorvinil bilan qoplangan matolardan tikilgan) kiyimlar kiradi.
Bunday murakkab sharoitlarda faqat zarurat tugilsagina, bunga tegishli shart-sharoitlar bolsagina, shikastlanganlarga suniy nafas oldirish usullari qollanadi va ular iloji boricha tezroq davolash muassasasiga jonatilishi shart. Zaharli moddalardan shikastlanishga yol qoymaslik yoki uning oqibatlarini susaytirish maqsadida shikastlanganlar sanitariya shilovidan otkazilishlari zarur. Bunda ularning kiyim-kechaklari, himoya vositalari, shuningdek, barcha anjomlari tegishli usullar bilan zararsizlantiriladi, yani degazaniya qilinadi. Bunday sanitariya ishlovi sharoit va zaruratga qarab, qisman yoki tollq bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |