19.2.Suyak sinishi va lat yeyishda birinchi yordam korsatish.
Bosh shikastlanganida kalla suyagi, bosh miya zararlanishi mumkin. Bunday holatda bosh miya lat yeyishi, chayqalishi (silkinishi) qayd etiladi. Bosh miya lat yegaynda odam es-hushini yoqotmay, boshi ogrib, kongli aynib, bazan, qusib, behuzur bolishi mumkin.
Bosh miya kattiq chayqalgaiida. silkinganida odamning hushdan ketshi, boshi aylanib, qattiq ogrib, kongli aynib, ketma-ket qusishi qayd etiladi. Bunday hollarda shikastlangan odamga korsatiladigan birinchi tibbiy yordam, eng avvalo uni tinch qoyish, boshiga sovuq narsa bosishdan iboratdir.
Kattiq zarb natijasida boshda umumiy kontuziya holati roy berishi mumkin. Bunda odam hushini yoqotishi, boshi aylanib gapira olmay qolishi, shuningdek, qulogi ogir bolib, koz oldi xiralashuvi, xotirasi yoqolishi yoki susayishi mumkin. Bunday ogir holatdagi shikastlanganni imkoni boricha tezroq tekis joyga yotqizish kerak.
Paylarning chozilishi ham odam nojoya sakragani, qadam bosgani, yiqilgani yoxud ogir yuklarni kotarganida roy berishi mumkin. Bunday xolatlarda payi chozilgan bogimda ogriq paydo bolib, shishadi, harakat cheklanadi. Birinchi tybbiy yordam shikastlangan bogimni bint bilan qattiq boglab, ustiga sovuq narsa bosish, shikastlangan jshni tinch qoyishdir.
Bazida bogim ichki yuzalarining ornidan siljishi, chiqishi, bogim xaltasi yirtilishi, paylar chozilishi ham qayd etiladi.
Kol-oyoqqa chiqishlarshing asosiy belgilari quyidagilardan iborat: bogimning ogrishi, bu holatda harakatning cheklanishi, bogim shaklining ozgarishi, qol yoki oyoqning kalta tortib, qayrilib, qandaydir holatda qimir-lamay qolishi va h.k.
Chiqishlar umurtqalararo bogimlarda ham roy berishi natijasida umurtqa pogonasi suyaklari ornidan nari-beri surilishi oqibatida orqa miya ezilib, bosilib, qol-oyoq ishlamay qolishi, chanoq qismidagi azolarning faoliyati buzilishi ham mumkin.
Kuchli zarb, ogizni katta ochib homuza tortash, esnash vaqtida ham bazan pastki jag chiqishi kop uchraydi. Bunday holatlarda pastki jagni mahkam ushlab turadigan boglam qoyiladi.
Chanoq-son tizza, yelka bogimlari, shuningdek, umurtqalararo bogimlardagi suyaklar ornidan chiqqani yoki siljiganida imkoni boricha shikastlangan odamni kengroq taxta yoki eshik ustiga yotqizib, taxtakachlab, ogriqsizlantiradigan dori yuborib, yaqinroqdagi tibbiy moassasaga eltish zarur.
Odam keskin harakatlar qilgani, zarb yegani, balandlikdan. sakrab yiqilganida suyaklari sinishi mumkin. Suyaklarniig sinishi ochiq yoki yopiq boladi. Yopiq suyak siniqlarida teri qoplamalarining yaxlitligi, butunligi buzilmaydi. Suyakning ochiq siniqlarida esa, aksincha, singan joyda teri shi-kastlanib, jarohat boladi, suyaklarning ochiq sinishi hayot uchun xavflidir, chunki jarohat orqali turli jonzotlar kirib, organizmni zaharlaydi, ahvolni mushkullashtiradi.
Suyak sinishlarnniig asosiy belgilari: suyak singan joyning ogrib, shishib ketshi, qontalash bolishi, uning gayritabiiy holatda besonaqay harakatlanishi, qol yoki oyoq faoliyatining buzilshpi. Suyak ochiq singan paytlarda jarohatda singan suyak bolaklari korinib turishi ham mumkin. Qol oyoq suyaklari singanida bu azolar odatdagidan kalta tortib, singan joyi qiyshayib qoladi. Kokrak qafasi shikastlanganda qovurgalarning sinishi oqibatida nafas olish qiyinlashadi, paypaslab korilganda singan- qovurga bolaklarining qirsillashi (krepitatsiya) eshitiladi. Chanoq suyaklari va umrtqa pogonasi singan paytlarda peshob kelishi qiyinlashadi, oyoq harakatlari buziladi. Bosh suyaklari singan vaqglarda esa, aksariyat quloqdan qon keladi. Suyaklarning sinishi ogir bolgan hollarda travmatik shok kuzatiladi. Bu ayniqsa, suyaklar ochiq sinib, qon ketishi bilan bogliq bolgan paytlarda uchraydi.
Suyak singanda korsatiladigan birinchi tibbiy yordam
Suyak singan paytda birinchi tibbiy yordam korsatishning eng asosiy sharti shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga doir amal-usullarni tezkorlik bilan bajarish; qon tomirlardan qon oqishini toxtatish; travmatik shokning oldini olish; jarohatga steril boglam qoyish va nihoyat, tabeldagi yoki qol ostida bolgan barcha vositalardan oqilona fsydalanib, singan suyakni taxtakachlash, yani immobilizatsiya qilishdir.
Immobidizaiiyadan kozlangan asosiy maqsad - singan joydagi suyaklarni ornidan siljitmaslik, qimirlamaydigan qilishdir. Bunday holatda ogriqlar kamayadi, tavmatik shokning oldi olinadi. Suyak singanda osha joy yaqnndagi ikkita bogim (singan joyning yuqori va pastidagi)ni maxsus shinalar yoki qol ostida bolgan vositalar yordamida taxtakachlab qoyish shart. Shundan keyingina shikastlangan odamni bexavotir bir joydan ikkinchi joyga siljitish, kochirish mumkin boladi.
Buni hayotda transplort immobilizatsiyasi deb ataladi.
Transport shinalarining asosiy turlari: shotisimon va torsimon qilib ishlangan metall shinalar; faneradan ishlangan shinalar, Diterexsning yogochdan tayyorlangan maxsus shinasi.
Shotisimon shinalardan foydalanganda ularning kerakli uzunlikdagi bir nechasi tanla olinadi va tananing qaysi qismiga qoyilishiga qarab shakli moslanadi(shikastlangan tomondan emas, tananing soglom tomonidan andaza olinadi) va nixoyat, kiyim-bosh ustidan qol yoki oyoqqa boglab qoyiladi. Faner shinalar yengil har xil katgalikda bolganidan ularga malum bir shakil berib bermaydi. Shunig uchun.ham ularning ostiga paxta qoyilib, qol yoki oyoqqa bint, deka bilan boglanadi.
Immobilizatsiya uchun fanera bolaklari, tayoqchalar, yupqa taxtalar, qattiq karton qogoz, shuningdek, turli uy-rozgor buyumlari, singan joyni qi-mirlatmaslikka yaraydigan boshqa narsalardan ham kemg foydalanish mumkin. Shunday qilish zarurki, biror jarohatga bogam qoyib, uni boglash va immo-bilizatsiya qilish jarayonida singan suyak bolaklarshing ornidan siljib qolishi xamda yopik xolatdagi sinikning ochik sinikka aylanishiga yol qoymasli kerak.
Qaysi suyak qay tarika singan bulmasin, ularni maxsus shinalar yoki qol ostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya qilish oqibatida tananing shikastlangan kismlari transportda tashish vaqtida fiziologik jihatdan kulay holatda bolsin va zarracha ozor chekmasin.
Kalla suyaklari singai paytlarda aksariyat bosh miya xam zararlanadi. odam behush boladi. Bunday holatlarda dastlab shikastlangan kishining butun azoi badani kozdan kechiriladi. Shundan song uni zambilga qornini pastga qilib yotqizish, boshi ostiga (yuziga) ortasi yumshoqroq toshama yoki paxta-dokadan tayyorlangan chambarak qoyish lozim .
Jag suyaklarining ustki va pastki sohalari shikastlangan paytlarda esa, sopqonsimon boglam qoyish, shikastlangan odamning tili tomogiga tiqilib, nafas yolini berkitib qoymasligi uchun boshini yon tomonga burib qoyish lozim.
Omrov suyagi singanda kiftga paxta-dokadan tayyorlaygan ikkita xalka solinib, ular orqadan tortib boglanadi. Keyin qol durracha bilan osib qoyi-ladi.
Qovurgalar singanda nafas chiqarilgan holatda kokrak qafasi bint bilan qatgiq boglanadi yoki kokrak qafasini sochiq bilan tortib, sochiqning uchlari tikib qoyiladi.
Qol va oyoq suyaklarining sinishi boshka suyaklarning sinishiga nisbatan kop uchraydi. Barmoq falangalari va panja suyaqlari ochiq singanda jarohatni steril boglam bilan boglash, barmoqlar yarim bukilgan holatda bolishini taminlash maqsadida qol kaftiga doka(bint) bilan oralgan qattiqroq paxta bolagi solinadi. Bilak, qol panjasi va barmoqlarga fashra, karton yoki shotisimon shina qoyib, qol durracha bilan osib qoyiladi.
Bilak suyaklari singanda kolni tirsak bolimidan tugri burchak ostida asta bukib, kaftini kokrak tomonga burish va shu holida shina yoki qol ostidagi mavjud vositalar yordamida qimirlamaydigan qilib boglash lozim.
Shina barmoqlarning ostidan to yelkaning yuqoridagi uchdan bir qismigacha yetkazib qoyiladi . Keyin qol durracha bilan boyinga osib qoyiladi.
Yelka bogimi shikastlangani, yelka suyagi singanda shotisimon shina yoki qolostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya qilinadi.
Bunday holatda avval shinani tirsak bogimidan bukilgav, shikastlagan qolga soglom kurakdan shikastlangan qolning kifti orqali yelka va bar-moqlarning asosiga qadar yetadigan qilib shinaning shakli, andozasi moslab olinadi. Keyin qol durracha bilan boyinga osib qoyiladi yoki qolni gavdaga bint bilan mahkam qilib boglab qoyish ham mumkin.
Oyok; panjasi suyaklari singanda yoki boldir-panja bogimi shikastlanganda shotisimon shina yoki qol ostidagi mavjud vosita, imkoniyatlar ishga solinadi. Shinani avval oyoqning tagi va boldirnyang orqa yuzasidan uning yuqoridagi uchdan bir qismi qadar yetkazib qoyish uchun moslab bukiladi. Keyin tovon suyagi joylashadigan chuqurchaga paxta solinadi. Shundan song shinani oyoqqa qoyiladigan va bintni boldirning pastdagi uchdan bir qismi bilan oyoq panjasidan sakkizsimon oramlar shaklida yurgizib, boldirning yuqoridagi uchdan bir qismigacha gir aylantirib oraladi, shina mustahkamlanadi. Ammo oyeq panjasi boldirga nisbatan togri burchak syutida turadigan qilib boglanishi zarur. Qol va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib mahkam boglash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan joylarni boglashda qulay va uni ogriqsizligini taminlashda yulpka taxta, tayoqcha va karton qogozlardan foydalaniladi va ularni boglash bint, qayish, ip va boshqalar bilan amalga oshiriladi (20.6.-rasm). Jarohatlangan joylarni taxtakachlashda taxta va shunga oxshashlardan shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni boglashdan oldin qon oqishini toxtatish kerak.
9.6.-rаsm. Оyoqlаr singаndа jаrоhаtlаngаn kishigа birinchi yordаm ko’rsаtish.
Fashra yoki yog‘och bo‘lakchalari bilan immobilizatsiya qilishda bu yordamchi vositalarni boldirning yuqoridagi uchdan bir qismidan oyoq panjasining ostigacha yetadigan qilib ikki yon tomondan, yani biri tashqi, ikkinchisi esa, ichki tomondan qoyiladi, songra oyoq panjasi bint bilan mahkam qilib boglanadi. Bunday holatda ham yuqoridagi kabi yogoch bodakchalari suyakning zararlamasligi uchun uning dombaymalariga paxta yostiqchalar qoyiladi.
Boldir suyaklari singanda xuddi boldir panja suyaklari shikastlangani holatidagidek ikki bogim, yani boldir-panja va tizza bogimlari qi-mirlamaydigan qilib mustahkamlanadi. Shina yoki qol ostidagi mavjud vositalar oyoq panjasidan sonning yuqorydagi uchdai bir qismigacha yetadigan bolishi zarur. Maboda, immobilizatsiya qilish uchun shu atrofda biror yaroqlk vosita topilmasa, shikastlangan oyoqni soglom oyoqqa mahkam taqab, boglab qoyish ham mumkyn.
Son suyagining sinishi, ayniqsa ochiq sinishi, terining shikastlanib, jarohatlanishi oqibatida kop qon ketishi, shok holatiga tushish bilan kecha-digan ogir jarayondir. Bunday vaziyatlarda immobilizatsiya uchun moljallangan maxsus moslama, Diterexs shinalaridan foydalanish qulaydir.
Son suyagi singanda qollanadigan maxsus transport (Diterexs) shinasi suriladigan uzun-qisqa ikkita ichki va tashqi planka, tovonga taqalib turadigan fashra va burama tayoqchadan iborat.
Tashqi planka ichkisidan uzunroq bolib, uni kerakli uzunlikkacha surib, qoltiq szsti chuqurchasiga taqab qoyiladi. Ichki planka shikastlangan odamning boglab qoyilgan singan joyi va tanasi ustiga qoyib, mustahkamlanadi. Buning uchun plankalar oyokdan 3 sm uzunroq bolishi lozim. Oyoq osti, tovonga qoyiladigan fanera bint bilan oralib, oyoq panjasiga boglanadi. Ikkala plankaning uchlari oyoq.tagiga taqalib turadigan faneraning sim tutqichiga kiritiladi va tashqi plankaning pastki uchi ichkisi bilan tutashtiriladigan kondalang planka teshigiga kiritiladi. Shina plankalari oyoq va tanaga bint bilan boglanadi. Songra burama solib oyoq tortib qoyiladi.
Singan son suyagini immobilizatsiya qilish uchun qul ostidagi mavjud vositalardan foydalanilganida ular sonning ichki va tashqi yuzalari boylab, serbar bint, kamar, sochiq, choyshab bilan ikkinchi soglom oyoq va badanga mahkam qilib boglanadi. Bunday shikastlanishda nafaqat son suyagi, balki son-chanoq bogimi, son-tizza bogimi, hatto boldir-panja bogimi, tovon suyaklarini ham birgalikda immobilizatsiya qilish, mustahkamlash zarur. Shuningdek,'yuqorida nomlari tilga olingan sohalardagi suyaklarning dombaymalari, qoltiq osti chuqurchasi va. chov atrofiga ham paxta bolaklari solish lozim.
Chanoq suyaklari singanda umurtqa pogonayei shikastlanganda shikastlangan odamning ahvoli nihoyatda mushkul boladi. Chunki uning nafaqat chanok suyaklari, balki shu sohadagi ichki azolari, xususan yogon va ingichka ichaklari, siydik puffagi, jinsiy azolari va boshqalar ham shikastlanishi, qol va oyoqlari ishlamasligi mumkin. Shikastlangan odam ehtiyotkorlik bilan biror qattiqroq narsa (favgr, taxta, eshshs) ustiga tizza bogimlari bukilgan va kerilgan (qurbaqaga oxshash) holatda chalqancha yotqizilishi, oyoqlari ikki tomonga tizzalari ostiga biror kiyim-bosh yoki adyod ko‘rpacha dumaloqlab qo‘yilishi shart. Aks holda shikastlangan odamning ahvoli yanada og‘irlashishi mumkin.
Umo’rtqаdа sinish ro’y byergаndа jаrоhаtlаngаn оdаmni tаg qismigа pаnyer yoki tеnis yog’оch ko’yish lоzim (9.7.-rаsm).
9.7.-rаsm umo’rtqаsi singаn kishigа birinchi yordаm ko’rsаtish.
Bundа jаrоhаtlаngаn kishini gаvdаsini egilmаsligini ta’minlash kerak. Jаrоhаtlаngаn kishining qоvurg’аsi singаn (nаfаs оlishdа оg’riq bo’lsа) nаfаs chiqаrishdа ko’krаkni bint bilаn yoki sоchiq bilаn qisib o’rаsh kerak bo’lаdi. Оrgаnizmdа suyaklаr chiqqаndа ulаrgа fаqаt tibbiy yordаm ko’rsаtishgа ruхsаt beriladi.
Jаrоhаtlаngаndа lаt еgаn shishgаn jоylаr mаhkаm bоg’lаnаdi vа lаt еgаn jоy sоvutuvchi nаrsа bоsilаdi. Qоrin аtrоfidа lаt еyishi judа хаvflidir. Bundаy hоldа jаrоhаtlаngаn kishini tеzlik bilаn kаsаlхоnаgа еtkаzish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |