O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Mutaxassislik fanlarni o’qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar



Download 2,78 Mb.
bet59/191
Sana15.01.2022
Hajmi2,78 Mb.
#369503
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191
Bog'liq
OTMFO'T FANI

2.Mutaxassislik fanlarni o’qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar.

Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.



Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. Shuningdek maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun tayyorlangan o‘quv fanlarining mazmuni milliy asosda ko‘rildi. Shunga asosan maktabgacha ta’limda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlarining mazmunidagi malumotlarni milliy xususiyatlar asosida aks ettirishda davr talabi bo‘lib qoldi. Bu esa o‘z navbatida mazkur fanni o‘qitishni milliy asosda qurishni taqozo qiladi.

Zamonaviy va milliylik ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi zamonaviy texnik qurilmalar, vositalar, o‘quv adabiyotlaridan o‘rinli maxsulli foydalanish taqdirdagina yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat va yuqori malakali insonlar bo‘lishini anglatadi.

Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda ota-onalarga o’xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba’zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi basti va boshkalar) ega bulgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliytaraqqiy etmog’i uchun aqliy faoliyat sharoitidayashamog’i kerak. Ana o’shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo’ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining ko’rsatishicha insonbolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki birorxil qobiliyatni ro’yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potentsial imkoniyatlar, ya’nishaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilantug’iladi. Tug’ma layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, go’yo u «mudroq»holatda bo’lib, uning uyg’onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o’z layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo’lmasa yo’q bo’lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogika layoqatning namoyon bo’lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to’la-to’kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog’liq deb biladi.Inson kamolotiga ta’sir etadigan omillardan biri muhit deganda kishiga stixiyali ta’sir etadigan tashqi voqealar kompleksi tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) kiradi.Tabiiy (geografik) muhit (iqlim, tabiiy sharoiti va boyligi) so’zsiz insonning hayot tarziga, xarakteriga va mehnat faoliyatiga ta’sir etadi. Oilaning hayot tarzi, undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolatida muhim ahamiyat kasb etadi.Bola kamolatida ijtimoiy muhit muhimdir. CHunki bu yerda ishlab chiqarish munosabatlari vaularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonunqoidalar kishiga alohida ta’sir qiladi. Ijtimoiy aloqasiz, odamlar bilan aloqa qilmasdan odaminson bo’la olmaydi. Bu xil munosabat natijasidaodam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, keraklitajriba va bilimlarni egallaydi.Inson kamolatiga ijtimoiy muhitning ta’siri turli tarixiy davrda (formatsiyalarda) turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga ham turlichata’sir etadi. SHunday ekan, hozirgi zamon pedagogika fani muhitga, uning inson rivojlanishidagi ta’sirining rol iga alohida e’tibor beradi. Muhit tushunchasiga kiradigan ijtimoiy hayotvoqealarining shaxsga ta’siri g’oyat muhim ekanligini ko’rsatadi va ijtimoiy muhit abadiy emas,o’zgaruvchan deb qaraydi. Shuning uchun muhit insontaqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanilmaydi. Tarbiya muhit kabi inson kamolatiga ta’siretuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Uning farqli tomoni va xususiyati shundaki, tarbiya aniq maqsadni ko’zlab, yeistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida tarbiyachining rahbarligida amalga oshirib boriladi.
Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.Inson kamolati irsiyat yo’li bilan orttirilgan va tabiiy layoqatlar bilan belgilanib qolmay
balki, butun hayoti davrida uni qurshab olgan voqelik ta’sirida orttirgan xususiyat va sifatlarbilan ham belgilanadi. Shubhasiz tarbiya odamning ko’zi, sochi, terisining rangiga, uning badanituzilishiga ta’sir etaolmaydi. Lekin shu bilan birga tarbiya jismoniytaraqqiyotga ta’sir etishi mumkin. Chunki maxsustashkil etilgan jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtiriladi. Ma’lumki, insonning tabiiy qobiliyati faqat tarbiya orqali, uni ma’lum bir faoliyat turigajalb qilish orqali rivojlanishi mumkin. Ma’lumki, bola layoqatini rivojlantirish uniqobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda ustirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlar faqat tarbiya natijasida orttiriladiganfazilatlardir. Garchand inson kamolatiga ta’siretadigan omillar bir qancha bo’lsa ham lekin, maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi. Chunki, birinchidan, tarbiyata’sirida muhit ta’siri bera olmagan fazilatlaro’zlashtiriladi va narsalar o’rganiladi, ya’ni bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil bo’ladi.Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga yetkazishmumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib,sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish yoki bartaraf qilish mumkin.To’rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli, u shaxsningkamolga yetishini tezlashtiruvchi rolь o’ynaydi.Insonni kamol topishida maktabning ahamiyatikatta. Bolalar maktabga qadam qo’yar ekan, ular o’quvmehnati bilan band bo’ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarni egallab olishi bilan birga ulardasekin-asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi.O’qituvchi-tarbiyachilarning rahbarligida insonga xos bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Reja asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etib, bolanitarbiyalashda oilaga har vaqt yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchisining oila sharoitidan xabardor bo’lishi, pedagogik maslahatlarga, yordamgamuhtoj bo’lgan oilalarga yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo’sh vaqtini kimlar bilan va nimalar bilan mashg’ul bo’lib o’tkazayotgani ahamiyatsiz emas. Chunki o’z holiga tashlab qo’yilgan bola ko’chaning salbiy ta’siriga berilib ketishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, inson faqat faoliyatda rivojlanadi, faoliyatdan tashqarida rivojlanish yo’q. Bola juda yoshligidan boshlaboq kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xilaloqada bo’ladi. Maktab yoshida bu aloqalar o’qish vashu bilan bog’liq bo’lgan boshqa faoliyat bilan bog’lanadi va bular rivojlanish uchun manba sanaladi.
Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har kanday faoliyat shaxsning aqliy va irodaviy rivojlanishiga ta’sir etadi. Demak, bola ulg’aya borgansari uning faoliyati ham shakli va mazmuni bilano’zgarib boraverar ekan.
Masalan, bog’cha yoshida bolalarning asosiy faoliyat turi o’yin bo’lsa, maktab o’quvchisi uchun o’qish,mehnat qilish asosiy faoliyat bo’lib qoladi. Demak, bola hayotida faoliyat turlarining o’zaro munosabati ham o’zgaradi va buning ta’siri ostidabola kamolati ham yangi, yuqoriroq bosqichga kutariladi.
Umuman, pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Rahbarlik qilinmaganfaoliyat esa biryoqlama yoki salbiy ta’sir etishimumkin. SHunday qilib, inson taraqqiyotining ilmiy kontseptsiyasi inson kamolatiga ta’sir etadigan omillarni tahlil etib, insoy kamolati va uning shaxsini shakllantirishni yagona va bir butun narsa ekanligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda insonningo’z faolligiga katta o’rin beriladi. U o’z faolligibilan o’z shaxsini shakllantira oladi. Tarbiyachitomonidan qo’yiladigan maqsad aniq bo’lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoydil harakat qilsakutilgan natijaga erishiladi.


Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish