O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Fan dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir



Download 2,78 Mb.
bet40/191
Sana15.01.2022
Hajmi2,78 Mb.
#369503
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191
Bog'liq
OTMFO'T FANI

Fan dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir:

fan dasturining titul varag‘i va uning sirt tarafidagi ma’lumotlar;

o‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’lim dasturidagi o‘rni;

o‘quv fanining maqsadi va vazifasi;

asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari);

amaliyot, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar;

mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar;

o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari;

asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari.

Fan dasturining titul varag‘ida vazirlik nomi, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)larning shifri va nomlari, xarakatdagi o‘quv rejaga muvofiq fanning to‘liq nomi, ro‘yxatga olingan va tasdiqlangan sanalari va belgilari ko‘rsatiladi.

Fan dasturi titul varag‘ining sirtki tarafida uni tasdiqlagan vazirlik buyrug‘i, ma’qullagan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning bayoni soni va sanalari, fan dasturini ishlab chiqgan oliy ta’lim muassasasi nomi, tuzuvchilar ismi, familiyasi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, taqrizchilar ismi, familiyasi, ish joyi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, fan dasturi ko‘rib chiqilgan oliy ta’lim muassasasi kengashi bayonining soni va sanasi keltiriladi.

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’lim dasturidagi o‘rni. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishida o‘quv fanining dolzarbligi va ahamiyati, kasbiy faoliyatdagi o‘rni va ishlatilishi, mutaxassis uchun muhimligi aniq va lo‘nda yoritiladi.

Fan o‘quv rejaning qaysi blokiga taalluqliligi, u nechanchi kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiqligi, uni o‘qitish uchun qaysi fanlar nazariy zamin bo‘lib xizmat qilishi hamda fanning o‘zi qaysi fanlar uchun nazariy (ilmiy) zamin bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatiladi. SHuningdek, fanni o‘zlashtirish uchun talaba qanday bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi hamda o‘quv fani tayyorlov yo‘nalishining boshqa qismlari bilan mantiqiy va mazmuniy bog‘liqligi qisqa bayon qilinadi. Ushbu qism hajmi 120 so‘zdan ortmasligi tavsiya etiladi.

O‘quv fanining maqsadi va vazifasi. O‘quv fanini o‘qitishdan maqsad va uning asosiy vazifalari tegishli yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash vazifalariga bog‘langan holda bayon etiladi. Maqsadlar ifodalanishida kutilayotgan natijalar ko‘rsatilishi lozim, bunda “shakllantiradi”, “zamin yaratadi” kabi iboralar ishlatilishi maqsadga muvofiq.

Belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan o‘quv fanining vazifalari ifodalanadi. Bular fanni o‘qitishda maqsadga erishish usullari va yodlarini bayon qilishi lozim, bunda “o‘zlashtirish”, “ko‘nikmalarga ega bo‘lish” kabi iboralar ishlatilishi o‘rinlidir.

SHuningdek, mazkur kismda ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasida ushbu fan bo‘yicha talabalar egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bayon qilinadi. Ushbu qism hajmi 120 ta so‘zdan ortmasligi tavsiya etiladi.

Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari). O‘quv fanining mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Asosiy nazariy qism modullar shaklida berilishi mumkin. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va qisqa ifodalar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar qamrab olinishi lozim. Fanning mazmun va mavzulari boshqa ta’lim turlaridagi hamda turdosh yo‘nalishlardagi fanlarning mazmun va mavzulari bilan takrorlanmasligini qat’iy nazorat qilish talab etiladi.

SHuningdek, mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, sohaga oid jahon tajribalari, fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari qat’iy e’tiborga olinishi zarur. Asosiy nazariy qism oddiy matn shaklida qisqa va aniq tarzda, mavzu va modullar nomlari qalinlashtirilgan shrift bilan ajratilgan ko‘rinishda, hajmi o‘quv rejada ajratilgan vaqt hajmiga mos ravishda berilishi tavsiya etiladi.

Amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. O‘quv fanining mohiyati va nazariy mavzulariga mos ravishda amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarining mavzulari keltiriladi. Ushbu mashg‘ulotlarni o‘tkazish shakllari, unda qo‘llanishi tavsiya etiladigan texnologiyalar, zarur hollarda muhokama etiladigan mavzular, masalalar variantlari, “keys”lar, faol va interfaol usullar ishlatilishi, laboratriya ishlarining mazmuni, maqsadi, ishlatiladigan jihozlar va ashyolar ro‘yxati hamda fan mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar yoritilishi lozim. Mazkur qism hajmi o‘quv faning mohiyati va unga kiritiladigan zaruriy ma’lumotlar hajmiga bog‘liqdir.

Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar. Mustaqil ta’lim -professor- o‘qituvchilar tomonidan auditoriyada talabalarga etkaziladigan mavzulardan tashqari o‘quv fanining mazmuniga kiruvchi va aloqador mavzular, masalalar, axborotlarni mustaqil o‘rganish va o‘zlashtirishga qaratilgan muhim ta’lim jarayonidir. Talaba mustaqil ta’limining asosiy maqsadi - auditoriya va auditoriyadan tashqari vaqtda o‘qituvchining rahbarligi hamda nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalami shakllantirish hamda rivojlantirishdan iboratdir.

Mazkur qismda mustaqil ta’limning shakli va mazmuni, mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar keltiriladi. Mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida talabalar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan yakuniy ishlar shakli (referat, esse, mustaql (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar) ko‘rsatiladi.

SHuningdek, talabalarning mustaqil ishlari turkumiga kiruvchi kurs loyihasi, kurs ishi, chizma-hisob, ijodiy va boshqa ishlarining mavzu va mazmuni, bajarish bo‘yicha qisqa uslubiy ko‘rsatmalar keltiriladi. Mazkur mustaqil ishlarning kengaytirilgan mavzulari va ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tegishli kafedralar tomonidan alohida uslubiy ko‘rsatma ko‘rinishida ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Mazkur qism hajmi o‘quv fanining mohiyati va unga kiritiladigan zaruriy ma’lumotlar hajmiga bog‘liqdir.

O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari. O‘quv rejada o‘quv fani bo‘yicha o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti ko‘zda tutilgan holda fan dasturining ushbu qismi yoritiladi. O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining maqsadi va mohiyati, shakli va mazmuni, amaliyot jarayonida talabalar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan yakuniy ishlar shakli yuzasidan qisqa uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Bunda o‘quv fanining mohiyati, kasbiy ta’lim dasturidagi o‘rni, tegishli yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlashning o‘ziga hos taraflari, tegishli yo‘nalishga oid jahondagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy texnika va texnologiyalar hisobga olinishi zarur.

O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha kengaytirilgan uslubiy ko‘rsatmalar tegishli kafedralar tomonidan alohida uslubiy ko‘llanma ko‘rinishida ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Mazkur qism hajmi o‘quv fanining mohiyati va unga kiritiladigan zaruriy ma’lumotlar hajmiga bog‘liq bo‘lib, 80 ta so‘zdan ortmasligi tavsiya etiladi.

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatini keltirishda zamonaviy xorijiy va mahalliy adabiyotlardan, Internet, turli axborot kommunikatsiya resurslaridan, himoya qilingan dissertatsiyalar, monografiya hamda boshqa o‘quv, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar manbalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.


Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish