O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi



Download 2,78 Mb.
bet25/191
Sana15.01.2022
Hajmi2,78 Mb.
#369503
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   191
Bog'liq
OTMFO'T FANI

O’qitishning puxtaligi tamoyili. Ta’lim berishning muhim vazifalaridan biri mustaqil bilim olishga, malaka va ko’nikmalar ta’sir qilishga erishishdan iboratdir.

Bilimlarni o’zlashtirishning puxtaligi quyidagi omillarga bog’liq:



  • tushuntirishning ilmiyligi va tizimlililigi,

  • tushunishning ongliligi,

  • bolalarning bilish faolligi,

  • o’qish sabablariga,

  • kitoblarning sifatiga,

  • o’qituvchining mahorati va h.k.zalarga.

Ta’limni alohidalashtirish tamoyili. Mashg’ulot olib borishda jamoa holda o’quv faoliyati tashkil qilinadi.Ayrim bolalar bunda tez o’zlashtirish qobiliyatiga, ayrimlari sekin o’zlashtirish qobiliyatiga egadir. Bolalarning yosh xususiyati ham o’zlashtirishga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. SHu sabablarga asoslanib ta’lim berishda darajalashtiriladi (differentsiyalashtirish) va alohidalashtiriladi (individuallashtirish). Yuqorida qayd etilgan tamoyillarning barchasi qamrovli tarzda qullanilmaydi. Ularning har biriga ijodiy tarzda yondashiladi.

YA.A. Kamenskiyning - hamma narsa uzluksiz ketma-ketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz kechagisini mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yo‘l ochib berishi kerak - degan nasihatini unutmaslik qoidasi. Mustahkamlik tamoyili. Bu tamoyilda barcha ilg‘or o'qituvchilar va pedagog olimlaming ko‘p yillik izlanishlari o‘z ifodasini topgan. Unda nazariy bilimlar bilan empirik bilimlar birlashib mustahkamlangan. Bilimlami mustahkam egallash jarayoni juda murakkab bo‘lib, keyingi yillardagi tadqiqotlar bu jarayonga o‘zgarishlar kiritdi. Bilimni mustahkam egallash jarayonini shu kundagi tushunilishi, bu jarayonga quyidagi yangi qoidalami kiritishni taqozo etdi.

1. Bugungi kungi ta’limda fikr yuritish eslab qolishdan ustunlik qilishi isbotlangan. Shuning uchun bolalar aqliy quwatini tejash maqsadida, ulardan keraksiz va kam e’tiborli narsalami eslab qolishiga kamroq e’tibor berib, uning hisobiga fikr yuritishiga ko‘proq kuch sarflashiga yordam berish.

2. Bolalar tushunib yetinagan yoki noto‘g‘ri tushunib qolgan narsalami eslab qolmasliklariga e’tibor berish lozim. Bola faqat yaxshi tushunib yetib, uning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgan narsasini xotirasida saqlash.

3. Bola xotirasini kam e’tiborli axborotlami eslab qolishdan holi qilish maqsadida, ularni turli lug1 at va ensiklopediyalardan foydalanishga o‘rgatish.

4. Eslab qolinadigan narsalami nihoyatda qisqa qilib, yod olishga oson bo‘lishi uchun, ravon, iloji bo'lsa she’r vazniga solib turib esda saqlashga bolalami o‘rgatish.

5. Esdan chiqarish bilimni egallab olgandan keyin tez kechishini hisobga olgan holda, ularni psixologiya fanining esda saqlash qoidasi asosida xotirada saqlashga yoshlami o‘rgatish.

6. Yod olishni uyga vazifa qilib bermay, uni shu narsaga qiziqtirib qo‘yish va vaqti-vaqti bilan bu qiziqishni yangi lab turish.

7. Takrorlash mashqlarini bola yangi bilimni egallagan paytdan boshlash. Chunki bu narsalar keyin esdan chiqib ketishi aniq.

8. Bola diqqatini susaytiruvchi ichki va tashqi omillar faoliyatiga y o i qo‘ymaslik, Dangasalik kasali bilan tinmay kurash olib borish, bilim olish sur’atini pasaytirmaslik.

9. Beriladigan bilimga qiziqish va ijobiy munosabatni shakllantirmasdan turib, yangi bilim berishni boshlamaslik. Zo‘rlab berilgan bilim bola xotirasida uzoq saqlanmasligini unutmaslik.

10. Bilimni egallash sur’ati pasaya boshlashi bilan uning sababini aniqlash va bartaraf etish. Odatda, bilim olish sur’atining pasayishi charchagandan keyin paydo bo‘ladi.

11. 0 ‘ quvchilar tomonidan mustaqil ravishda darsni qaytarish eslab qolishning muhim omili ekanini unutmaslik va o‘zini o‘zi tarbiyalashga katta e’tibor qaratish. 12. Qaytarish darslarini shunday tashkil qilish kerakki, u faqat bilimni xotirada tiklashga xizmat qilmay, fikr yuritishga ham foydasi boisin. Shuning uchun qaytarish darslarini asosiy dars tizimida o‘tmay, uning hajmini yo ko‘paytirish, yoki kamaytirish.

13. Berilgan bilim xotirada mustahkam saqlanishi uchun, uni qiziqarli qilib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanib turib berish.

14. Yangi beriladigan bilim xotirada mustahkam qolishi uchun, uni avvalgi bilim bilan bogiab berish.

15. Bilimni mantiqan bir butun qilib berishga o‘rganish.

16. Oson va bir turdagi topshiriq berishdan tiyilish, ular bolalarga qiziq bo‘lmay ularni toliqtiradi.

17. Mashqlar o‘tkazishdan oldin, ulaming bajarilish tartibi va natijasi to‘g‘risida ma’lumot berish.

18. Mashq davrida bolalami charchab qolishdan saqlash.

19. Hozirgi zamon nazorat usullaridan to‘g‘ri foydalanish.

20. Bolalami o‘z mehnatini nazorat qilish va baholashga o‘rgatish.

Tushunarlilik tamovili. Bu tamoyil bir tomondan, didaktikaning boshqa tamoyillarining talablaridan, ikkinchi tomondan, talabalar yosh xususiyatidan, uchinchi tomondan, ko‘p yillik pedagogik tajriba asosida yaratilgan. Bu tamoyil zaminida tezaurus qonuni yotadi. Bu qonun bo‘yicha - kishiga bilim faqat uning tezaurusiga mos kelganigina tushunarli bo‘ladi. Tazaurus lotinchada «xazina»ni bildiradi. Ma’nosi, kishining to‘plagan bilimi, ho‘nikma va fikrlash uslubi uning tezaurusini tashkil qiladi. Boshqa qonuniyatlami ham ko‘rsatishimiz mumkin: beriladigan bilimning tushunarliligi, uni egallayotgan bolaning yoshi individual xususiyatlariga bogiiq; tushunarlilik bilim berishni tashkil qilishga va unda qoilaniladigan bilim berish usul va uslublariga bogiiq; bilimning tushunarliligi o‘quvchining saviyasiga va bilim sifatiga bogiiqligi; bilimni tushunarliligi uni berilish sur’atiga bogiiqligi va hokazo. Ya. A. Komenskiy shakllantirgan quyidagi qoidalar mavjud: osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkabga. Shu zamonning pedagogik nazariya va amaliyoti tushunarlilik tamoyilini qo‘llanish qoidalarini kengaytirdi va boyitdi. Ular quyidagilar:

1. Bilimni bolaning yoshiga qarab berish.

2. Bola tafakkuri berilayotgan bilimga tayyorlangan bo‘lishi shart.

3.O‘qitayotganda bolaning tayyorgarlik va rivojlanganlik darajasiga qarab bilim berish.

4. Bolaning individual qobiliyatidan kelib chiqib bilim berish.

5. Bilim berish sur’ati o‘rtacha olib borilishi shart.

6. Bilim berishda, muayyan kuchlanishning hosil borilishini esda saqlash. Bu kuchlanish oshib ketsa, bolalar toliqib, kuchlanish pasayib ketsa, bolalar zerikib qolishini bilish.

7. Psixologiya va pedagogikaning yangi kashfiyotlaridan unumli foydalanish, kichik qadamlardan asta-sekin katta qadamlarga o‘tish yo'li bilan ta’lim jarayonini intensivlashtirish.

8. Yangi dars o‘tishda bilimi kuchli talabalardan va darsni mustahkamlayotganda bilimi o‘rta va kuchsiz talabalardan foydalanish.

9. Berilayotgan bilimlaming qarama-qarshi tomonlarini ham tushuntirib, talabalaming bilim olishini osonlashtirish.

10. Talabalarga eng qiyin singadigan bilimlar tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonimlaridir. Shuning uchun muayyan fanni o‘tayotganda ustalik bilan ularni qo‘shib tushuntirib ketish.

11. Sekinlik bilan shoshish! Ta’lim-tarbiya jarayonini asossiz tezlashtirmaslik va susaytirib yubormaslik.

12. Talabalamig oraliq-yakuniy fikrlarini «bildi»ga yo‘ymasdan, ulardan fikmi davom ettirish uchim foydalanish.

13. Tushunarlilik o‘qituvchining so‘zlarini yuqori hissiyot va har bir so‘zni asoslab berilganligi bilan ham belgilanganligi.

14. Uzoq maruzalardan qochish.

15. 0 ‘qitishning bosh qismida faqat asosiylarini aytib o‘tish bilan kifoyalanish.

16. «Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi bu haqiqatni topishni o‘quvchilarga o‘rgatadi» iborasini unutmaslik.

17. Tushunarli qilib dars o‘tish, butun bilimni talabalarga sodda tilda tushuntirib berish yoki bu bilimlami topishni tushunarli qilib aytib berishda emas, balki kalavaning uchini ushlatib qo‘yib, bilimni sekin-asta chiqib kelishini ko'rsatish, ulami rag‘batlantirib turish va hokazo tadbirlarga aytiladi.




Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish