O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/212
Sana07.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#327145
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   212
Bog'liq
maktabgacha pedagogika

 
 
8-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA  MAKTABGACHA TA’LIMNING 
VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI
 
 
Reja : 
1.
 
O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etilishi. 
2.
 
Maktabgacha ta’limni taraqqiyoti.  
3.
 
Maktabgacha ta’lim taraqqiyotida  boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari.  
4.
 
Maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsad va vazifalari. 
 
Tayanch  tushunchalar:
  maktabgacha  ta’lim,  boshqaruv,  taraqqiyot,  “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, davlat talablari.
 
 
 
1.
 
O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etilishi 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida yo’z berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - 
ma’rifiy  o‘zgarishlar  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni  o‘tmishdan  qolgan 
mafko’raviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar 
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash  hamda  ta’lim  -  tarbiya  jarayonini  takomillashtirish  orqali  samaradorlikni 
oshirishni taqozo etmoqda. 
Ta’lim  tizimi  oldidagi  davlat  buyurtmasi  0‘zbekiston  Respublikasi  “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ning  asosiy  g‘oyalarida  o‘z 
aksini topgan. 
“Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  o’zluksiz 
ta’lim  tizimida  bolalarni  o‘quv  fanlari  bo‘yicha  muayyan  bilimlarni  egallashlari 
barobarida,  ularning  bilim  olishga  bo‘lgan  ehtiyoji,  mustaqil  va  ijodiy  fikrlash, 
tashkllotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy 
va  umuminsoniy  qadriyatlarga    asoslangan  ma’naviy-axloqiy  fazilatlarni,  atrof-muhitga 
ongli  munosabatai  tarkib  toptirishi  lozimligi  qayd  etilgan.  Shuningdek  bolalarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’lim-tarbiyaishlarining samarali shakllari va usullarini 
ishlab  chiqish,  ularni  amaliyotga  joriy  etish  ko‘rsatilgan.  Bu  vazifalami  amalga  oshirish 
o’zluksiz  ta’lim  tizimida  pedagogik  faoliyat  ko‘rsatadigan  tarbiyachilar  zimmasiga 
yuklanadi. 
“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  yuksak  umumiy  madaniyatga  va  kasb-hunar 
madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy  faollikka,  siyosiy  hamda  ijtimoiy    hayotda  to‘g‘ri  yo‘l 
topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 
kadrlaming  yangi  avlodini  shakllantirish,  shuningdek  har  tomonlama  kamol  topgan, 
jamiyatda, dav- lat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni 
nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi. 


 
 
82 
Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga: 
-
 
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, 
rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; 
-
 
kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va 
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 
-ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashning  samarali  shak-  llari  va 
uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. 
“Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonunning  30-moddasi  orqali  farzandlar  tarbiyasi  va  ta’lim 
olishlari,  ularning  qonuniy  huquqlari  va  manfaatlari  himoyasi  borasida  ota-onalaming 
o‘rni va javobgarligi oshirildi. 
0‘zbekiston  Respublikasida  “Maktabgacha  ta’lim  to'g'risida"gi  Nizomga  muvofiq 
bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi. 
Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  ta’lim-tarbiyani  tarbiyachi  peda-  goglar  amalga 
oshiradi.Har  bir  ota-ona  o'z  farzandining  bilimdon,  yuksak  mahoratli,  odobli  pedagog-
tarbiyachi qo'lida ta’lim-tarbiya olishini xohlaydi. 
Jamiyat  talabi  darajasidagi  tarbiyachi-pedagoglarni  yetishtirish  pedagogika  oliy 
ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi zimmasigatushadi. 
Maktabgacha  ta’lim  o‘zluksiz  ta’lim  tizimining  boshlang‘ich  bo‘g‘ini  sifatida 
O‘zbekiston 
Respublikasining

Ta’lim 
to‘g‘risida

gi 
Qonuni 
va 

Kadrlar 
tayyorlashmilliy dasturi

 talablari asosida tashkil etiladi. 
Maktabgacha  ta’lim  sog‘lom,  har  tomonlama  etuk  bolalarnitarbiyalash  uchun  zarur 
tashkiliy,  uslubiy,  psixologikpedagogik  shart-sharoitlar  yaratadi,  bolalarnimaktabda 
muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashdaota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha 
ta’lim  bola  6  -7yoshga  etguncha  oilada  hamda  davlat  va  nodavlat  maktabgachata’lim 
muassasalarida amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu - davlat tomonidantashkil etiladigan muassasa bo‘lib, 
unda maktabgachata’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi. 
Maktabgacha  ta’lim  bola  shaxsini  maktabgacha  yoshdagibolalar  ta’lim-tarbiyasiga 
qo’llanadigan  davlat  talablariga  muvofiq,  jismoniy,  ma’naviy  va  intelluktual  jihatdan 
maktabda o’qishga tayyorlashni nazarda tutadi.
 
Maktabgacha ta’lim o‘zluksiz ta’limning barcha buginlari bilan mustaxkam aloqa va 
o‘zviy bog’liqliqia olibboriladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  63-moddasida 

Oila  jamiyatning 
asosiy  buginidir  hamda  jamiyat  va  davlat  muxofazasida  bo‘lish  huquqiga  ega
” 
degan 
qoida  mustaxkamlab    qo‘yilgan,  45-moddasida  voyaga  etmaganlar  davlat  ximoyasida 
ekani64-moddasida esa 

Onalik va bolalik davlat tomonidan muxofaza kilinadi
” 
deb qayd 
etilgan. 
Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  ana  shu  huquqiy  asoslargatayangan  xolda  oila  va 
jamiyatning  bolalarga  gamxurlik  qilish,  milliy  va  mintatsaviy  xususiyatlarnie’tiborga 
olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar 
etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi. 
Ijtimoiy  maktabgacha  ta’lim  bu  —  davlat  tomonidan  tashkil  etiladigan  muassasa 
bo‘lib, unda maktabgacha ta’limyoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
 
 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish