Pedagogik kuzatish uslubi.
Uni qo‘llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o‘quv-
tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat
aniqlanadi, tajriba-avvali va yakunida qo'lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq
to'g'risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi, Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga
oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik
kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, bola shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa.
mazkur uslubning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatogayo‘1 qo‘ymaslik muhimdir. Buning
uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1)
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2)
kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo‘yish;
3)
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4)
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o'rganish;
5)
xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat uslubi.
Bu uslub pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan
ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini
topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari
subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat
maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi.
Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to'kis namoyon bilishga
erishish muhimdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga
muvofiq:
1)
maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savol- laming
mazmunini aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
2)
suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3)
suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;
4)
suhbatdosh to‘g‘risida awaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5)
suhbatdosh bilan samimiy munbsabatda bo‘lish;
6)
suhbatdoshning o‘z fikrlarini prkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
91
7)
savollarning aniq, qisqa va rav^han berilishiga erishish;
8)
olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.
Intervyu uslubi
respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu
jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirili- shini ta’minlaydi. Intervyu
respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu
jamyonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bilqirilishi
uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish uslubi.
Pedagogik hodisa va dalillarni
tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi
ma’lumotlami tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur uslub O‘zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to'g‘risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish,
bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yoT qo‘yilgan kamchiliklarni
aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va maktabgacha taTim muassasasi
pedagogik tajnbasini oshirish maqsadida qoTlaniladi.
TaTim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi huj-jatlar quyida- gilardan iborat:
o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh jurnallari, bolalaming shaxsiy
varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yigTlishi bayonnomalari yozilgan daftar,
Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy
ishlar rejasi, o‘quv- tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, taTim
muassasasi jihozlari (o'quv partalari, stol-stullar, yumshoq mebellar va hokazolar)
qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur uslub muayyan yo‘nalishlarda o‘quv-tarbiya ishlari samara- dorligi
darajasi, bolalarda hosil boTgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi. ilg‘or pedagogik
tajribalar mazmunini oTganishda muhim aha- miyatga ega.
Bolalar ijodini o‘rganish uslubi.
Mazkur uslub bolalaming muayyan
yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qoTlaniladi. Uni qoTlashda
bolalaming ijodiy ishlari - rasmlar, kons- truksiya ishlari, qo‘1 mehnati asosida
yaratilgan buyumlar muhim vosita bo Tib xizmat qiladi. Uslubning afzalligi shundaki,
u ma’lum bolaga xos boTgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik tajriba
(eksperiment - lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish”)
uslubi.
Pedagogik tajriba uslubidan muammo echimini topish imkoniyatlarini
o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi,
ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega boTa olishi hamda
samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo uechimini
topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba maTum doirada, soni aniq belgilangan
respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur uslubdan foydalanish tadqiqotchi
tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning sama- radorligini aniqlashi
92
hamda unga baho bera olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |