4.3. TA’LIM JARAYONINI MAZMUNAN ISLOH QILISH
Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish printsiplari va mustaqillik
yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda
umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning
mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining
shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish
tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor
beriladi.Pedagog kadrlarning obro‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini
oshirish yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg‘or pedagogik
texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv, shu jumladan
differentsiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |